April 5, 2025

"Soyalar ichidagi malika"

Yomg‘ir shahar ko‘chalarini yuvib, tunni yanada g‘amgin qilardi. Yn tor ko‘chada qochib borar, yuragi gupillardi. O‘n sakkiz yil davomida u yetimlik, tahqir va yolg‘izlikka chidagan edi, ammo bugun uning oldida yangi yo‘l ochilayotgan edi—xavfli, qorong‘u va sirli yo‘l.

Yn bolaligidan yetimxonada ulg‘aygan, hech qachon ota-onasining kimligini bilmagan. Faqat bitta narsa aniq edi—ular tasodifan o‘lmagan. Kimdir ularning hayotini barbod qilgan va Yn esa bu sirni ochishga ahd qilgan edi.

Bir kuni u o‘zining otasi haqida ma’lumotga duch keldi. U oddiy odam emas—shaharni boshqargan eng qudratli mafiya boshlig‘i bo‘lgan. Ammo u xoinlik qurboni bo‘lib, sirli ravishda yo‘q qilingan edi. Yn esa bilmagan holda mafiyaning yangi o‘yiniga aralashib qolgan edi

(Tasavur uchun Yn)

Yn hech qachon o‘z hayotida bunday qo‘rqqan emasdi. Ammo qo‘rquvini yutib, otasi haqida o‘rganishda davom etdi. U kim bo‘lgan? Kim uni o‘ldirgan? Nega yetimxonada tashlab ketilgan? Bu savollar uni tinch qo‘ymayotgandi.

U qidiruv jarayonida bir ismdan xabardor bo‘ldi—"Qora Burgut". Bu shahar mafiya guruhining eng xavfli yetakchilaridan biri edi. Otasining eski dushmani ham aynan u bo‘lishi mumkin edi.

Yn kechasi qorong‘u xiyobonda uchrashuvga bordi. Unga kimdir noma’lum raqamdan xabar yuborib, “Agar haqiqatni bilmoqchi bo‘lsang, o‘sha yerga kel” degan edi. Yuragi qattiq urar, lekin ortga yo‘l yo‘q edi.

Burchakda qora kiyimli odam turgan edi. Uning nigohi o‘tkir, harakati esa o‘ta ehtiyotkor edi. Yn yaqinlashgach, erkak past ovozda so‘radi:

— Sen Jamesning qizisanmi?

Yn seskanib ketdi. James—bu otasining ismi edi. Odam uni qanday bilardi?

— Ha, — dedi qiz shubhaga to‘la ohangda.

Erkak yengil kulib qo‘ydi.

— Kechikding. Endi sen uchun ortga yo‘l yo‘q.

U bir imo qildi, shu zahoti atrofdan qora avtomobillar paydo bo‘ldi. Yn qochmoqchi bo‘ldi, ammo kech edi. Uning atrofini sovuq ko‘zli odamlar o‘rab olishgan edi

(oldida odamla bor db oylela unaqa rasm topomadm)

Ynini mashinaga tiqishdi. Yuragi gupillardi, lekin u qo‘rqmaslikka harakat qildi. Orqa o‘rindiqda o‘tirarkan, derazadan ko‘chalarni kuzatdi. U endi qochish haqida emas, qanday yo‘l bilan omon qolish haqida o‘ylardi.

Mashina shaharning chekkasidagi ulkan saroy oldida to‘xtadi. Bu oddiy bino emasdi—mafiyaning bosh qarorgohi edi. Uni ichkariga olib kirishdi. Tashqi tomondan ko‘rinishidan hashamatli bo‘lsa-da, ichkarida havoda og‘ir, tahlikali kayfiyat sezilardi.

Ynni baland shiftli xonaga olib borishdi. Stol ortida bir kishi o‘tirardi—yoshi ellikdan oshgan, ammo ko‘zlari sovuq va o‘tkir edi. Bu odam "Qora Burgut" edi.

— Demak, sen Jamesning qizisan, — dedi u xotirjamlik bilan.

Yn unga tik boqdi.

— Otamni kim o‘ldirdi?

Qora Burgut kulib yubordi.

— To‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rayapsan-a? Lekin sen hali hech narsani bilmaysan. Sen kimligingni, asl kelib chiqishingni tushunmayapsan…

— Agar sen o‘ldirgan bo‘lsang, bilishim shart emas! — Yn shartta gap qaytardi.

Qora Burgut yana kuldi. Bu safar uning kulgusi g‘azabga o‘xshar edi.

— Meni o‘ldirmoqchimisan? Sen o‘ylaganingdek oddiy qiz emassan, Yn. Sen Jamesning qonidan tug‘ilgansan va senga xuddi otang kabi yashash taqdir qilib qo‘yilgan.

Yn hech narsa tushunmadi.

— Nima demoqchisiz?

Qora Burgut qo‘lini silkidi. Xonaga boshqa bir kishi kirdi—bu yoshi ellikdan oshgan erkak edi. Uning ko‘zlari yaltirab turardi.

— Bu odamni taniysanmi? — so‘radi Qora Burgut.

Yn erkakka qaradi. Unga juda tanishdek edi… Lekin qayerdan? Birdan yuragi qattiq urdi.

— Men seni bolaligingdan bilaman, qizim… — dedi erkak xotirjamlik bilan.

Yn qotib qoldi. Bu nima edi?

— Mening haqiqiy otam… sen emasmisan?

Xonada jimlik hukm surdi. Ynning butun hayoti ag‘dar-to‘ntar bo‘ldi. U bu yerga qasos olish uchun kelgandi, lekin endi o‘zi ham mafiyaning bir qismi ekanligini tushunib yetdi...

Davomi uchun 100 ta reak 100ta kament