November 20, 2018

Qishga tayyormisiz?

Noyabr oyi ham tugay deb qoldi. Ob-havo ancha buzilib, ko'chalar sovuganidan keyin, isitish quvurlari xonalarni uncha isitmayotgani ma'lum bo'ldi. Xonadonga qo'shimcha qanaqa isitish tizimini o'rnatsa bo'lar ekan deb bozorga chiqqanimizda, ko'zimiz o'zimizda ishlab chiqarilgan Royal ikki konturli isitish qozoniga tushdi. Biz elektr suv isitgichi va isitish qozoniga pul sarflamasdan, ikkalasini o'rnini bosuvchi ikki konturli qozonni sotib olishga, uni ishlatib, so'ng tadqiqotlarimiz natijasini sizga aytib berishga qaror qildik.

Ikki konturli isitish qozonlarini oddiy isitish qozonlaridan farqi shundaki, ushbu qozonlar ham uyni isitadi, ham issiq suv bilan ta'minlaydi. Biz xarid qilgan Royal qozoni yengil, devorga osongina osildi va ko'p joy egallamadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning aytishi bo'yicha, ushbu qozonlar mutlaqo xavfsiz. Ishlatish yo'riqnomasida ko'pdan-ko'p turli xil xafvsizlik datchiklarini ko'rib, biz ularning gapiga ishondik.

Qozon bilan bir komplektda 40 metrgacha ishlovchi boshqaruv pulti, hamda koaksil dudburoni mavjud. Aytishlaricha, ushbu pult bilan hatto yerto'lada joylashgan qozonni ham boshqarsa bo'lar ekan, ammo bunisini biz hali tekshirib ko'rganizimiz yo'q. Hozirda aytisihimiz mumkinki, xonadonda pultning ishlashi a'lo.

Xulosa

Ustunligi: Oson o'rnatiladi, ko'p joy egallamaydi, suv isitish qozonini o'rnini bemalol bosa oladi.

Kamchiligi: Suv isishini besh daqiqacha kutish zarur.

Narxi: Royal 15 - 34500000, Royal 18 - 3500000, Royal, Royal 24 - 3600000