LANATLANGAN VORIS
Har bir qirollikning o‘z siri mavjud. Marvora ham bundan mustasno emas edi. Aslida, bu sir deb atashga arzimasa-da, o‘zgacha bir haqiqat edi.
Marvora qirolligi — sehr va joduga asoslangan yurtdi. Biroq, qirollikdagi har bir inson bu san’atni egallash qobiliyatiga ega emasdi. Faqatgina tanlanganlar haqiqiy sehrgar bo‘la olar, qolganlar esa oddiy odamlar edi. Shu sababdan ham Marvora o‘z nomiga munosib qirollik deb tan olinmagan.
Qirollik taxtining uch vorisi bor edi: ikki malika va yagona shahzoda.
Malikalarning har ikkisi go‘zal edi, biroq ularning orasidagi yosh tafovuti besh yilni tashkil etardi. Xuddi shunday, shahzoda bilan ham shuncha farq bor edi. Isolde va Darius esa egizaklar edi, ammo bir-birlariga mutlaqo o‘xshamasdilar. Ularning har ikkalasi ham jozibali bo‘lsa-da, fe’l-atvori, xatti-harakati bo‘yicha butunlay boshqa olam vakillari edi.
Seraphena esa... tanholarning tanhosi edi. U Isolde hamda Dariusga umuman o‘xshamas, go‘yo butunlay boshqa olamdan tushgandek tuyulardi.
Bir kuni u bilan hayratomuz bir hodisa sodir bo‘ldi. Mana endi hikoyamiz boshlanadi...
Yarim tun. Saroy ichra jimlik hukm surardi, hamma allaqachon o‘z xonalariga chekingan edi. Shu payt, saroy darvozasiga kimdir taqillata boshladi. Xizmatkor Elline darvozaga yaqinlashib, uni ochdi. Qarshisida qirol turardi.
— Xush kelibsiz, oliy hazratlari, nimadir istaysizmi? — ehtiyotkorlik bilan so‘radi Elline.
— Ha, albatta, qirolim. Marhamat, sizni olib boraman.
Ular yo‘lda ketar ekan, qirol yana so‘radi:
— Elline, u yaxshimi? Bugun xonasidan chiqmadimi?
— Yo‘q, qirolim, iloji boricha uni xonasidan chiqarmaslikka harakat qildik. Malikam ham bunga allaqachon ko‘nikib qolgan bo‘lsalar kerak…
Elline xonaga yetib borib, eshikni ochdi. Shu onning o‘zida uning nafasi ichiga tushib ketdi.
Qizning go‘zalligi olamni yoritgudek edi. U xuddi farishtadek ko‘rinar, biroq ko‘zlarida nimadir g‘alati, sirli narsa yashiringandek tuyulardi. Qirol uni ilk bor ko‘rganda, og‘zidan beixtiyor quyidagi so‘zlar chiqib ketdi:
— Ichida iblis yashayotgan farishta… Nahotki bu mening vorisim? Ishonish qiyin, ammo…
Seraphena sovuqqonlik bilan unga qaradi.
— Xush kelibsiz, ota. Menda qandaydir ishingiz bormidi?
Qirol uni diqqat bilan kuzatdi va mayin ohangda so‘zladi:
— Seni ko‘rishni istadim. Nega tabassum qilmayapsan? Senga tabassum juda yarashadi…
Uning so‘zini eshik ochilishi va ichkariga shoshilinch qadamlar bilan qadam bosgan qirolicha bo‘ldi. Ammo u kirgani zahoti afsuslandi.
Qirolicha qizining ahvolini ko‘rib, ko‘zlari yoshga to‘ldi. U ichidan o‘rtanar, yuragining har bir zarbida qahr va alam bor edi. Xizmatkorlar uni tinchlantirishga urinsalar ham, befoyda edi.
— Qirolicha, iltimos, o‘zingizni qo‘lga oling! Siz hozir o‘zingizda emassiz!
— Seraphena, orqamdan yur, — shivirladi qirolicha, ko‘zlaridan tinmay yosh quyilib. — Biz bir joyga boramiz.
— Xohishing inobatga olinmaydi, chunki…
— Nima, chunki? Nega onam yig‘layapti, ota? Menga haqiqatni ayting! Men sizning vorisingiz emasmanmi? Men to‘ydim! Yoshligimdan menga shunday munosabatda bo‘lasiz, har kuni onam yig‘laydi, siz esa meni xonamga qamaysiz! Agar bu davom etsa, men qirollikda bosh ko‘tara olmay qolaman! Undan ko‘ra, meni bu yerdan jo‘natib yuboring!
— Seraphena, men seni qancha kutganimni bilasanmi? Iltimos, bunday dema…
— Ammo? — qiz uning gapini bo‘ldi. — Gapni cho‘zmang. “Alvon qiz” haqidagi afsonani bilasizmi?
— Sen… bu haqda qayerdan eshitding?
— Bu afsona qirollikdagi eng qo‘rqinchli rivoyatlardan biri. U og‘izdan-og‘izga ko‘chib yuradi. Alvon qiz o‘z istaklariga qarshi borib, butun qirollikni qirib tashlagan. Oxirida esa qirol va qirolichani o‘ldirgan… Ammo vorislarni emas.
— Buni gapirishni bas qil! Buni bilishingni istamayman!
— Bundan ham dahshatli afsonalarni bilaman. Opam va akamni e’zozlang.
— OTA, MEN HAMMASINI BILAMAN! MENDAN BERKITISHNING HECH NAFI YO‘Q! NAHOTKI TUSHUNMAYSIZ?! AFSONADAGI QIZ AXIR MENMAN! MEN SIZNING QIZINGIZMAN! YAQINDA “ALVON QIZ”GA AYLANA-MAN! CHUNKI IBLISMAN !
Seraphena yig‘lab, xonasiga chopib ketdi va eshikni qulflab oldi. Kechasi bilan yig‘lab, oxiri charchab uxlab qoldi…
Ammo yana tush ko‘ra boshladi.
Tushida, u oldidan bir halq yugurib o‘tardi va atrofdagi hamma baralla baqirar edi:
Seraphena bor ovozi bilan qichqirdi:
Lekin u qoqilib yiqildi. Shu zahoti, halqa unga yaqinlashdi va tegay deb turganida…
Qiz birdan ko‘zlarini ochdi. Yuragi shiddat bilan urar, nafasi bo‘g‘ilar edi.
— Nega tinch uxlay olmayman? Rahmat senga, hayot… menga shunday onlarni berganing uchun…
— Yana ko'zimni yumganimni bilaman boya ko'rayotgan tushimni davomini ko'riah I boshladim. Yana va yana.
Mahluqlar meni ortimdan yugurgan on oldimga bir odam keldi. Odamga oxshamas chunki orqasidan ikki qora katta qanoti hor edi ko'zlari qizil o'zi esa huddi o'lgan odamning rangidek oppqqina edi. Men uni ko'rishim bilan og'zimdan otilib chiqaan so'z bu " IBLIS " degan so'z bo'ldi.
— Men iblismanmi? / U menga savol berdi va men darrov javob qaytardim
— Farishtalarda bunday Katta va Qora qanot bo'lmaydi hatto alvon ko'zlar ham. O'zingizni farishta deb o'ylayabsizmi? / dedim u shunda menga qarab
— Ular… oddiy odamlar emas, to‘g‘rimi? Ular… monsterlar!
— Ajoyib! Juda to‘g‘ri taxmin!
— Bu savolga javob berish shart emas, — dedi Iblis va birdan Seraphenaning bo‘ynidan ushlab, o‘ziga tortdi.
— Sendan shunchalar shirin ifor kelayaptiki, o‘zimni bosolmayapman…
Seraphena o‘zini tortmoqchi bo‘ldi, ammo Iblis uning peshonasiga lab bosdi. Shu on qiz yashin tezligida tubsiz dengiz qa’riga qulab ketdi.
Seraphena beixtiyor ko‘zlarini ochdi. U suv ichida edi. Atrof qorong‘i, lekin bir nuqtada yorug‘lik chaqnayotgandi.
— Qanday qilib… Men bu yerdaman? Nega u meni dengizga tashladi? U yerdan… yorug‘lik ko‘rinayapti…
U shu yo‘nalishga suza boshladi va nihoyat suv yuzasiga chiqdi. Atrofga qaradi. U qandaydir qishloqda edi…
Seraphena atrofga alangladi. U qaysidir noma’lum joyda, o‘tmishda edi.
— Bu yer qayer?.. Men qayerdaman?..
Ko‘zlari bolalarga tushdi. Ular shodon kulib o‘ynashardi.
Birdan ortidan tanish ovoz eshitildi
— Alvon qiz haqidagi afsonada sen yo‘qsan. U sen emassan. Hozir senga buni isbotlayman…
Iblis qayerga borsa, Seraphena ham o‘sha yoqqa ketardi. Ular bir joyga yetib kelishdi. Seraphena to‘xtab qoldi. Uning ko‘z o‘ngida otasiga juda o‘xshash bir kishi va notanish qiz suhbatlashib o‘tirishardi.
Qiz g‘oyatda go‘zal edi. Uning uzun, tillarang sochlari quyosh nurlarida tovlanib, unga yanada betakror joziba baxsh etardi.
Seraphena beixtiyor pichirladi
— Ota?.. U bu yerda nima qilyapti?..
Iblis sovuqqonlik bilan javob berdi
— U sening otang emas. Shunchaki kuzat.
Seraphena hayrat ila kuzatishda davom etdi. Uning oldida o‘tirgan erkak va qiz bir-biriga mehr bilan tikilar, ko‘zlarida baxt jilvalanardi. Bir muddat o‘tib, ular bir-birlarini bag‘riga bosishdi va so‘ng ajralishdi.
Shu onda Seraphena yana boshqa joyda – qorong‘u xonada paydo bo‘ldi. Bu boyagi qizning xonasi edi. Qiz karavotda uxlardi. Seraphena unga yaqinlashdi. Birdan qiz ko‘zlarini ochib, past ovozda shivirladi
— Qirolni o‘ldirish… / dedi va o'rnidan turib qirollik qasri tomon keta bishladi!!! U yerga borishi bilan ilk qilgan ishi......
— YO'Q ASLO UNDAY QILMA O'RNINGGA YOT JOYLASH U YERGA BORMA / Seraphena qizni shunchalar o'rniga qaytarishni hohladi lekin eplay olmayotgani sabab taqdirga tan berdi. Sababi uni ushlayman deganida huddiki sharpa singari undan o'tib ketgandi.
— Borma iltimos Axr nimadir qilsangchi?
— Men hech narsa qilmayman sababi bu ishlar avval bo'lgan men senga faqatgina Alvon qiz sen emasligingni isbotlash maqsadida bu yerlaega olib keldim.
Gaplashib bo'lishgandan so'ng qizni ortidan borishdi. U saroyga yaqinlashgan edi. Askarlar hayron qarashar. Biri esa borib uni so'roq qilaman deganida Qiz uning qilichini olib askar tomon harakatlantirdi va bir deganda jonini oldi.
Qolgan askarlar ham yeg'ilib kelishganda qiz battar go'zg'ar uni hech kim toxtata olmas go'yo.
— Seni o'liming./ Shunda Qirolning ig'zidan chiqqan gapdan so'ng hamma qizga tashlana boshladi
— U alvon qiz hammamizni ol'diriahni reja qilyabdi uni tutinglar. Deb buyruq bergan Qirol Soxchilarni jang qilishini kuzatib turdi.
U hammani birin ketin yer tishlatar edi hech kim qolmas edi bu yerda esa Seraphena va Iblis uni kuzatib turgan edi Seraphne sharpa singari holda bo'lsada qollari qonga burkangan edi. U yerga o'tirib oldi. Qollari bilan Yerga urar edi.
Sababi esa Alvon qiz Isadora Qirolga Hanjar sanchishga ulgurgan edi. U hammani yer tishlatti yuzlari ko'zlaei qollari qonga tolgan edi hattoki qilichini toza joyi qolmagan .
Swraphena shunchalar yerga urganidan undan asta sekin qora yog'dular chiqa boshladi. Buni Ko'rgan Iblis hursand bo'lar edi.
— Nega menga bunday qilayabsan Nega shunchalar qargi'shga qolgan qizmanmi. Nima uchun men / deya yerga urib yeg'lar edi. Uni oxiri qora yog'dular orab olgani sababli ko'rinmay ketti shundan keyin esa.......
Maroqli mutola tilagan holda hikoyaning ilk qismini tugaman yoqdi degn umiddaman