LANATLANGAN VORIS
Har bir qirollikning o'z siri mavjud shuning dek Marvoraning ham O'z siri mavjud aslida sir ham deb bo'lmaydi lekin bu o'zgacha edi.
Marvora qirolligi u qirollikda aslida hamma sehr jodu bilan shug'ullanar lekin ko'pchilik buni uddalay olmas edi nomiga loyiq qirollik qatoriga kirmagan va oziga hos odamlar faqat sehr jodu qilisha olar edi.
Qirollikda 3ta voris bo'lib ikki malika va yagona shaxzoda mavjud
Malikalar bir biridan chiroyli va go'zal lekin katta malika va kichik malika o'rtasidagi yosh chegarasi 5 yilni farq qilar shaxzoda bilan ham shuncha edi. Sababi Isolde va Dariusning yoshi teng ular egizak edi ammo bir biriga umuman o'xshamas ikkis bir biridan chiroy bo'yicha o'tar lekin hatti hatakat bo'yicha ikkisi ikki hil dunyo
Seraphena esa tanholarning tanhosi lekin u boshqacha edi. Darius va Isoldega umuman o'xshamas o'zga olamdan tushgandek go'yo
Bir kuni u bilan bir ish sodir bo'ladi. Mana endi hikoyamiz boshlandi sizlarga manzur kelishiga umid qilgan holsa ilk qisimni yozishni davom ettiraman.
Yarim tun hamma uhlashga yotayotgan bir onda saroy darvozasi taqilladi hizmatkor Elline borib eshikni ochdi qarasaki Qirol turgan edi .
— Hush kelibsiz Qirol nimadir istaysizmi?
— Seraphena joyidami?
— Ha albatta Qirolim marhamad yuring sizni olib boraman
— Elline U yaxshimi bugun honasidan chiqmadimi?
— Yoq iloji boricha chiqarmaslikka harakat qildik menimcha Qirolim malikamni o zlari ham bunga ko'nikib qoldiralar. .. Marhamad kiring / Eshikni ochar ekan u yer yoriahishni boshladi sababi Seraphena shunchalar go'zal qiz ediki uning go'zaligi olamni yoritar edi u huddigi farishtaning o'zi.
Qirol ilk bor ko'rishi bilan og'zidan shu gaplar uchib chiqdi
— Ichida Iblis bor farishta naxotki bu mening vorisim ishonish qiyin ammo.....
— Hush kelibsiz Ota menda ishingiz bormidi?
— Seni ko'rishni istagan edim. Nega tabassum qilmayabsan senga juda yarashar edi?
— Shunchaki...... / shu onda Qirol va Malikaning suxbati bo'lindi sababi honaning eshigi ochilib u yerdan Qirolicha kirib kelgan edi. Amma kirganiga afsuslandi chunki vorisining axvolidan ho'rligi kelar ko'zlari qonga to'lib yeg'lay boshladi Hizmatkorlar uni ovutishga harakat qilishdi ammo bu juda qiyin ish edi.
— Qirolicha iltimos o'zingizni qo'lga oling o'tinaman iltimos Qirolicham dam olib oling hozir hushingizda emassiz Qirolicham ...... Qirolicham
— Seraphena o'rtimdan tashqariga chiq sen bilan bir joyga boramiz
— Xoxishing inobatga olinmaydi chunki.....
— Nima chunki Nega Onam yeg'layabdi Ota tog'risini ayting sizning vorisingiz emasmanmi? Men to'ydim. Yoshligimdan menga shunday mujosabatta bo'lsangiz har kuni kelib onam yeg'lasalar siz esa har kuni honamga qamasangiz katta bo'lganimda qirollikda bosh ko'tarolmay qolasiz undan ko'ra meni jo'natib ..... yuboring?!
— Seraphena axr seni ne ne umidlar bilan kutganman iltimos unday dema sen ham mejing vorisimsan ammo...
— Ammo deb gapni cho'zmang Alvon qizni bilasizmi?
— Sen uni qayerdan eshitting qanday u hikoya haqida bilding?
— Alvon qiz qirollikdagi eng qo'rqinchli afsonalardan biri buni hamma biladi og'izdan ogizga aytilib yurgan afsona. U qiz o'z xoxishlariga qarshi butun qirollikni o'ldirgan oxirida esa Qirolva Qirolichani ammo vorislarni emas!!
— Buni gapirishni bas qil buni bilishingni istamayman!
— Bundan ko'p afsonalarni bilaman Opam va Akamni ezozlang.
— OTA MEN HAMMASINI BILAMAN MENDAN BERKITISH SHART EMAS NIMA SHUNCHALAR CHUNMAYABSIZMI? AFSONAEAGI QIZ AXR MENMAN MEN SIZNING QIZINGIZ YAQINDA ALVON QIZ BO'LADI CHUNKI U IBLIS !!! / seraphena shunchalar yeg'lagab gapirganidan honasiga kirib eshikni quliflab oldi!! Kechasi bilan yeg'lab yeg'lab uhlab qolgan qiz har kungidek tush ko'rar.
Tushida uning o'rtidan g'alati halq yugurar edi va hammasining og'zida shu so'z bo'lar edi. " Alvon qizni o'ldiringlar!! "
Har doim Seraphena esa bor ovoz bilan " Men alvon qiz emasman " deb yegurar edi. Oxiri yerga qoqilib yeqildi shunda halt uni oldiga kelib endi tegainaman deganida....
O'rnidan yeg'lab ko'zlarini ochdi! Va ahunday dedi
— Nega tinchlinin uhlay olmayman raxmat senga hayot menga shunday onlarni berganing uchun.
Deb yana yotib oldi bexosdan ko'zi ketgan qiz shu tushning davomini ko'ra boshladi ya'nikim yqilganida unga halt tegayotgan bir onda qayerdandiz bir odam keldi ammo uni odam deb bo'lmas edi.
Seraphena uni ko'rishi bilan og'zidan shu soz chiqdi
Qizning oldiga kelib qo'ngan Iblis qizga qarab shunday dedi.
— Nega qo'rqayabsan axr sen meni rafiqamsan
— Senimi ha taniyman sen Iblissan
— Ha iblis nima farishtamisan? Alekin Farishtalarda bundak katta qanot bo'lmaydi ayniqsa qora bo'lsa!
— Meni tanishing bu juda ajoyib
— Hosh Nega ulardan qorqayabsan?
— Ular menimcha Oddiy halq emas ular monster
— Bu juda qiziq / Iblis shunday deya Seraphenani boynidan qolini o'tqazib o'ziga tortdi!
— Sendan shunchalar shirin for kelyabdiki o'zimni bosolmayabman
—Istamayman dedim / Goini tugatishi bilan Iblis uning peshonasidan bos oldi va Seraphena shu on dengizga rushib ketti.
Serpahena
Qanday qilib men bu yerdaman Nega u meni dengizga tashladi u yerda yorug'lik ko'rinyabdi yorug'lik / deya yorug'lik kelayotgan tomonga qarab suzib suvdan chiqib oldi qarasaki qandaydir joy qishloqqa oxshaydi
— Bu yer qayer men qayerdaman Bu yerda bolalar bor ekan
— Alvon qiz haqidagi afsonada sen yo'qsan u sen emassan hozir senga buni isbotlayman.
Iblis qayerga borsa Seraphena ham shu yerga bordi qarasaki Otasiga o'xshash odam bir qiz bilan o'tirgan ekan u qiz juda chiroyli sochlari uzun va tillarang quyosh nuri tushganda u shunchalar tovlanib yana ham chiroyli bo'lib ketar edi.
— OTA. u bu yerda nima qilyabdi?
— U seni Otang emas. Shunchaki Kuzat
Otam bo'lmasa demak Bobom
Boom shunchalar qiz bilan gaplashar ediki men ularni chekkada kuzatib tirgan edim ikkis baxtiyor bir birini ko'rganidan ko'zlaei quvonar edi bir on ular turib bir birini bag'riga bosdi va ayrilishdi. Keyin tezda bir xonada paydo bo'ldim u xona boyagi qizning honasi edi qorong'u tushgan edi va qiz uhlayotgan uni tepasiga bordim birdan ko'zini ochdi va shunday dedi.