October 7

Ôzbekistonda ôtkazilgan 1-2-3- xalqaro investitsiya forumi 

Barakatov Azimxon

O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro investitsiya forumlari mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan yirik tadbirlar hisoblanadi. Bu tadbirlar mamlakatimizda 3 marta bôlib ótgan.

Birinchi xalqaro investitsiya forumi 2022-yil Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Bu forum O‘zbekiston hukumati tomonidan xalqaro investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan birinchi keng ko‘lamli tadbir edi. Forumda 40 dan ortiq mamlakatlardan 300 dan ortiq xorijiy delegatlar ishtirok etdi. Forumning asosiy maqsadlari:

Investitsion muhitni yaxshilash: Oʻzbekistondagi yangi iqtisodiy siyosatni taqdim etish.
2. Chet el investorlarini jalb qilish: Investitsiya imkoniyatlari va loyiha takliflarini taqdim etish.
3. Hamkorlik o‘rnatish: Xalqaro moliya muassasalari va biznes tuzilmalari bilan aloqalarni kuchaytirish.

2023-yilda o‘tkazilgan ikkinchi xalqaro investitsiya forumi ham Toshkentda bo‘lib o‘tdi va uning miqyosi yanada kengaytirildi.

Asosiy maqsadlar:

1.Yangi investitsiya loyihalarini taqdim etish: Oʻzbekistondagi iqtisodiy imkoniyatlarni ko‘rsatish.
2. Hamkorlik o‘rnatish: Jahon investorlarini Oʻzbekiston bozoriga jalb qilish.

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan uchinchi xalqaro investitsiya forumi 2024-yil 2-3-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi.Forumda 93 davlat 2.5 ming delegat qatnashgan.Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Forum yakuniga ko‘ra jami qiymati 26,6 milliard dollarga teng kelishuvlar imzolandi.Forum 30 ta mamlakatdan 110 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan dunyoning yetakchi nashrlari “CNN”, “Euronews”, “London Post”, va “Associated Press” tomonidan yoritildi.