May 11, 2020

3-avtobus


Ixtiyor Baxtiyorov BI-34

13-mart
Ertalabki soat 7:30.
Yotoqxonada:Deyarli barcha yuqori kurslar uyqudan uyģongan.Yosh 1-kurslar esa xali shirin uyqu oģushida.Dars boshlanishiga yarim soat vaqt qolgan.Kim oshxonaga yugurgan,kimdir esa hammomga navbat kutmoqda...
Kvartirada:Ular allaqachon avtobusda yoki piyoda yòlga chiqishgan.Qaysi birini quloģida naushnik qòshiq tinglab kelmoqda,allaqaysinisi telefonini kovlamoqda,birovini esa uyqusi xali xanuz tarqamagan...
"Dars boshlanishiga 10 daqiqa qoldi"
Yotoqxonada:Hamma yuqori kurslar darsga oshiqmoqda.Navbati kelmaganlar xam noiloj kiyinib bòlgan.Hamma yòlga chiqdi.Eshiklar qulflandi.Kimdir bir òzi,kimdir esa dòstlari bilan ketmoqda.Ammo qadamlari sekin,juda sekin.Òzaro suhbatlashib borar ekanlar òylashyapti: xali 5 minut vaqt bor,ulguramiz...
Kvartirada:Mana bosh darvoza oldiga xam yetib kelishdi.Oldinda esa taxminan 300 metrlik yòlak.Qadamlar shaxdam.Kimdir bir òzi,kimdir esa dòstlari bilan kelmoqda.Ba'zilar esa òziga-òzi yana òsha savolni bermoqda:Nimaga qurishgan ekan bunaqa uzun yòlakni,qisqaroq qurishsa bòlmaydimi???...
Yotoqxonalar orqasidagi yòl mashinalar bilan tòlgan.Xilma-xil mashinalar bor.Xuddi avtosaroyga òxshaydi.
Darslar boshlandi.1-para tugadi.
Endi nonushta qilishga ulgurmaganlar oshxona-yu dòkonlar tomon oshiqmoqdalar.Oshxona va dòkonlarda savdo qiziy boshladi.Ammo institut oldidagi dòkonda savdo juda qizģin.Sababi bu yerning òz sodiq xaridorlari bor.Borganlarning aksari nonushta uchun yegulik olsa,yana aksariyati "filtrli ovqat" dan oladi...
Dars tugadi.(1-smena)
Kunduzgi soat 12:30
Yotoqxonada:Yuqori kurslar tòp bòlib qaytmoqdalar.1-kurslarning deyarli bari uyģongan.Kimdir dars qilgan,kimdir telefon òynagan.Tushlik va nonushta birdaniga soat 11 lar atrofida qilib bòlingan-"Ekanomika"...
Kvartirada:Avtobusda yoki piyoda yòlga chiqishgan.Qaysi birini quloģida naushnik qòshiq tinglab kelmoqda,allaqaysisi telefon kovlamoqda,birovi esa òylab kelmoqda:"Avtobus buncha sekin yurmasa,kechikmasam bòldi"...
Dars boshlanishiga 10 daqiqa qoldi.
Yotoqxonada:Hamma birinchi kurslar darsga oshiqmoqda.Eshiklar qulflandi.Kimdir bir òzi,kimdir esa kursdoshlari bilan ketmoqda.Ammo qadamlari sekin, juda sekin.Òzaro suhbatlashib borar ekanlar,òylashyapti: "xali 5 minut vaqt bor,ulguramiz!!!"...
Kvartirada:Mana bosh darvoza oldiga xam yetib kelishdi.Oldinda 300 metrlik yòlak.Qadamlar shaxdam.Kimdir bir òzi,kimdir esa tanishi bilan kelmoqda.Ba'zilari esa òziga-òzi savol bermoqda:"Nimaga qurishgan ekan bunaqa uzun yòlakni, qisqaroq qurishsa bòlmaydimi???"...
Yotoqxonalar orqasidagi yòl mashinalar bilan gavjum.Xilma-xil mashinalar bor.Biroq ertalabki kabi emas.
Darslar boshlandi.5-para tugadi.
Qorni ochqaganlar oshxona-yu dòkonlar tomon oshiqmoqda.Boshqa oshxona va dòkonlarda savdo pasaygan.Ammo institut oldidagi dòkonda savdo yana avjida.Chunki u yerning òz "sodiq" xaridorlari bor...
Dars tugadi.(2-smena)
Hamma uyiga otlandi.Bekatlar tòlgan.Piyoda kelganlar piyoda ketmoqda.Avtobus keldi.Urilib-surilib bir amallab minib olishdi.
Mana men xam xonadan chiqdim va òz manzilim tomon ketmoqdaman.2-qavatdagi garderob oldidan keta turib yana òsha siljiydigan tosh zinani bosib oldim.Yana..
Bolalar yotoqxonaga borar ekan kimdir bir òzi,kimdir esa dòstlari bilan suhbatlashib ketmoqda.Allaqaysinisi qòshiq kuylay ketdi.Atrofidagilari unga jòr bòldi.Faqat bir bola juda asabiy.Qòshiq yoqmadi shekilli...
Hamma uyiga eson-omon yetib oldi.Eshiklar ochildi.Choylar ichildi.Endi esa kimdir dars qilgan,kimdir telefon òynagan yana kimlardir esa òzaro suhbatlashmoqda:
-Eshitdingmi,koronavirus avj olib boryapti.Bir nechta davlatlarga tarqalibdi.Italiya,Amerika,Rossiya...Fransiya
-Ha.Lekin òzimizda xali yòqku.
-Tòģri,qanaqa bòlarkan...
Kvartirada turadiganlar xam òz manzillariga yetib oldilar.Choylar ichildi.Endi kimdir ishga ketgan,kimdir dars qilgan yana kimdir telefon òynagan.Qaysi birlari esa òzaro suhbatlashmoqda:
-Eshitdinmi,koronavirus avj olib boryapti.Ispaniya,Turkiya,Eron...Fransiya

-Ha.Lekin òzimizda yòqku.
-Tòģri,qanaqa bòlarkan?
-Bilmadim,lekin sigaret chekkanga "yuqmasmish"...
Oraga yengil kulgu kòtarildi.Tun yarmidan oshdi.Hamma shirin uyquga ketdi.
14-mart
Tong ota boshladi.Hammasi xuddi kechagidek ròy bermoqda.Faqat bugun odam kamroq.Aksariyat "botir" talabalar uylariga ketishgan.
Dars boshlandi.
Kimdir darsga quloq solgan,kimdir esa yana telefon òynagan.Ba'zilarning xayolida -òsha dòkon.Sababi qorinlari "ochqagan"...
Dars tugadi.(1-smena)
Yuqori kurslar ildam qadamlar bilan òz manzillariga qarab bormoqdalar.Chunki bugun oxirgi dars.Dushanba kuni hech kim kelmaydi.Kelishilgan.Hamma uyiga jònaydi!!!
Dars boshlandi.(2-smena)
Kimdir darsga quloq solgan,kimdir yanaa telefon òynagan.Ba'zilarning xayolida esa-òsha dòkon.Sababi qorinlari "ochqagan"da...
Darslar tugadi
Hamma òz manzili tomon otlandi.1-kurslar ildam qadam tashlab bormoqdalar.Chunki bugun oxirgi dars.Dushanba kuni hech kim darsga kelmaydi.Butun patok.Kelishilgan.Hamma uyiga jònaydi!!!...
Bizga xam dars tugadi.404-xonadan chiqar ekanman kòzim orqa oynasi singan derazaga tushdi.Negadir bunga e'tibor bermagan ekanman.Ertaga men xam uyga ketaman.Navoiy - Òzbekistondagi eng sara gòsha!Yotoqxona tomon borar ekanmiz hamma òzicha xursand.Bir hafta dam olamiz.Yòlni yaqin qilish maqsadida yon tarafdagi maysazor bòylab,daraxtlar oralab boryapmiz.Bu yerni maysasi azbaroyi kòp bosilganidan qurib,òzi esa taqir yòlakka aylanib qolgan.
Hamma uyiga eson-omon yetib oldi.Choylar ichildi.Barcha òzicha xursand.Bir hafta dam oladi.Ustiga-ustak "NB" ham tushmaydi.Chunki arizalar topshirilgan.Kòpchilikning "akasi uylanyapti yo opasi turmushga chiqyapti".Xatto akasi yo opasi bòlmasa xam!Aksariyat bolalar bugunning òzidayoq jònadi.Qolganlari esa buyumlarini "sortirovka" qilish bilan mashģul:"Bu qoladi,buni olib ketaman,xaa bu ham qoladi,baribir bir haftadan keyin kelamankuu"!Ba'zi "Qurilish" fakulteti talabalari òquv anjomlarini ham olgan.Aslini olganda institutdagi eng yaxshi fakultet bu-"Qurilish" fakultetidir.
Kvartiradagilar ham ketishga shay.Yòl xaltalar joylandi.Lekin ba'zilar shu yerda -Toshkentda qolib dam olmoqchi,aylanmoqchi.Tun yarmidan oshdi.Hamma shirin uyquga ketdi.
15-mart
Bugun deyarli hamma barvaqt uyģongan.Kimdir avtobekat tomon,kimdir Ippodrom tomonga qarab yòlga otlangan.Ertaga ketmoqchi yoki shu yerda qolmoqchi bòlgan talabalar esa umumxalq hashariga "òz ixtiyorlari" bilan olib ketilgan.
Soat 12:30
Men va òrtoģim òz avtobusimizni kutib òtiribmiz.Qornimiz ochqadi.Yuklarimizni bir semiz xolaga ishonib òzimiz ovqatlanishga ketdik.Kelib yana kutishga tushdik.
Shu paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar tarqaldi:Òzbekistonda koronavirus bilan boģliq ilk holat qayd etildi.Soat 13:35 larda umummilliy karantin e'lon qilindi."Karantin-juda notanish sòz edi".Bir qator buyruqlar chiqdi:19-martga qadar hamma talabalar òz uylariga jònatilsin.Maktablar va maktabgacha ta'lim muassasalari karantiga yopilsin.Shundan sòng kamida 2 hafta karantin davri degan xabar tarqaldi.Kimlardir ichida sevindi:"Mazza,2 hafta dam olamiz".
Bizni avtobusimiz yòlga otlandi.Yòlda ketar ekanman mana bu misralarni òqib qoldim:
Tinimsiz shodlik ham keltiradi ģam
Uzluksiz bazm ham misoli motam
Har narsada me'yor bòlgani yaxshi
Òtdan yomon boshdan oshsa suv ham
Negadir xayolimga quyidagi fikr keldi:"Kamida 2 hafta karantin bòlsa,balki yon taraffagi taqir yòlakka aylangan joyni maysalari qaytadan chiqar!!!


16-mart
Yoppasiga hammani uyiga jònatish boshlandi.Ròyxat tuzish hamon davom etmoqda.Ertalabdan yotoqxonalarning orqa tomoni odam bilan tòla boshladi.Kim Buxoroga,kim Jizzaxga,kim Vodiyga...Faqatgina Sirdaryo uchun avtobus chaqirilmagan.Sababi ròyxatda 2 kishigina bor edi.Kimdir xali yòlda buyumlarini olib kelmoqda,kimdir shunchaki yòldagi otgan-ketgan mashinalarni kuzatmoqda.Nariroqda esa allakim shlagbaumga payvandlangan rels bòlagiga suyanib dòstlari bilan suhbatlashmoqda.Bir necha daqiqadan sòng Qarshiga boradigan avtobus toĺdi.Ikkinchi bòlib Samarqandga boradigan avtobus joyidan qòzģaldi.Biroz vaqt òtgach 3-avtobus ham yòlga otlandi.Avtobus Xorazm tomon borar edi.
Bir necha soat ichida tòplanganlarning barchasi uylariga kuzatildi.Kvartirada qolib "dam olmoqchi" bòlgan talabalar ham uylariga ketish bòyicha kòrsatma oldilar.
Xorazm tomon borayotgan avtobus shahardan chiqqach biroz tezlashdi.Ichidagilar esa òz yumushlari bilan band edilar.Hamma hayajonda edi.Kimdir uxlab,kimdir telefon òynab borardi.Orqaroqda esa kimlardir òzaro suhbatlashrdi:
-Karantin kaminda 2 hafta?,manimcha yanam bir haftacha chòzilishi garak.Yaxshi boldi.Xamma xorģinchiliq chiqadi, baxonada
-Sòzlama,ON lardan oson qutuladiģon boldik...
Ulardan oldinda òtirgan va suhbatlarini tinglab ketayotgan talaba miyiģida kulib qòydi va òzicha sevindi,ON lardan "yengil" qutulganiga xursand edi.Ammo kelajakda nimalar sodir bòlishini hech kim tasavvur ham qila olmas edi...
Oraga yana sukunat chòkdi.Hamma òzicha kelajakdagi voqealarni,qachon qaytishini taxmin qilardi.Shu payt haydovchi zerikdi shekilli Xorazmcha shòx qòshiqni balandlatib qòydi.Kòpchilik shu qatori haydovchi ham beixtiyor qòshiqni xirgoya qila ketdi:
Oldi kònglimni mani birgina dilbargina
Tishlari gavhargina lablari shakargina..
Avtobus ichidagi deyarli barchaning kayfiyati kòtarildi.Faqat 5-qatordagi bir bola bir nimalarni sezganday,boshini avtobus derazasiga suyagancha, atrofga beparvo qarab, hamon òylab borar edi.Uning xayolida bir fikr tinimsiz charx urar edi.Shu paytda u birgina narsani - òz savoliga javob topishni istardi:"Endi qachon qaytamiz Toshkentga?qachon?qachon?qachon?...
Avtobus esa Xorazm tomon yeldek uchib borardi...


Shu òrinda men ham juda zerikdim.Sershovqin,shavqli hayotni qadriga yetyapman.Bejiz aytilmagan ekan:"Oldingdan oqqan suvni qadri yòq" deb.Mana endi tushunayapman yuqoridagi misralarning mazmunini.Hammasini soģindim-kursdoshlarimni,dòstlarimni,ustozlarimni,institutni..... òsha 404- xonadagi orqa oynasi siniq derazani,maysasi yòq taqir yòlakni va hatto 2-etajdagi qimirlaydigan tosh zinani xam!!!

Navoiy. 2020-yil 1-may