Xotira
4219-4221 Shavkatova Dildora O'tkir qizi, Sirtqi bo'lim, 1 kurs talabasi
Xotira
Hali ham esimdaku
Usha eski hovlimiz.
Doda,doda,dodajon,
Deb yurardim harqachon.
Dodamni ko'rganimda
Quvonardi ko'zlarim,
Baxtga to'lib uyimiz,
Kular edi ko'zlarim.
Hammani yeg'ardilar
Xontaxta atrofiga,
Mazza qilib o'ynardik,
Dodamiz quchog'ida.
O'rtoqlarim ko'rganda
Havasim ko'p keladi,
Dodajonim diganda
Ko'zimga yosh keladi.
Sizni sog'inaman ko'p,
Aytolmayman o'zizga,
Dodajonim zormanku,
Bitta shirin so'zizga...
Joyiz jannatdan bo'lsin
Mexribonim dodajon
Sizni unutmayman hech
Qalbimdasiz har qachon.
Har bir o'tayotgan kuningizni qadrlang
Yoshlik chog'i zo'r davr,
O'yna,kulgin,shod bo'lgin,
So'ngra qaytmaydi bu on
Baxtli bo'lib sen yurgin.
Ota onang yoningda,
Ularga mexr bergin
Zero umr oqar daryo
Ularning qadrin bilgin.
Birpastda ulg'ayasan,
Ko'z ochib yumgunincha,
Otang onang qadrla,
Toabad o'lguningcha.
Hazilomus she'r
Oynaga man qarab
Sochlarimi tarab,
Institutga yo'l oldim,
Manimcha man kech qoldim.
Avtobusim keldi,
Shamol kabi yeldi,
Dildor oxir oqibat,
Yarim yo'lga keldi.
Atrofni bir qarang
Hammayoq yashil rang,
Peresatka qivoldimku
Tiqilishib arang...
O'qishka oz qoldi,
Darsla kutib qoldi,
Dildor yetib kelganda
Zvanok bo'b qoldi...