Shermuxamedov Ulug‘bek Zabixullayevich brifingi
1-Savol. 2-kurs talabalarining yozgi avgust oyidagi amaliyoti bo'ladimi?
-Bu karantin vaziyati tugashi bilan bog‘liq.
2-Savol. Ko'prikdan kurs ishlarimizni kuchliroq o'rganish qiyin bo'lyaptii qanaqa maslahatlar berasiz?
-Ko’priklar va tunnellar fanidan kurs ishi mavjud emas. Agar mustaqil ishlarda muammo bo’lsa fan o’qituvchilari bilan bog’lanishlari shuningdek, video darslarni kuzatib borishlari so’raladi.
3-Savol. Kursavoylarni yechishga qiynalayapmiz va tuwinmayapmiz corona virusni hisobga olgan xolda va ishlatadigan materiallarimiz kitob chizmalarimiz toshkentda qob ketganligi sababli bu korsavoylardan vos kechish kerak dep oyleman biz bitiruvchi kors talabalarimiz qolgan narsalarni ishda organib olamiz shunga nima deysiz?
-Kurs loyihasi o’quv rejasida asosida bajarilishi zarur. Talabalar bajargan kurs ishlarini telegram orqali amaliyot o’qituvchilariga yuborishsa ular tekshirib kerakli maslahatlarini berishadi.Ba’zi chizmalar soddalashtirildi.
4-Savol. Ishga qolish masalasi boyicha Towkentda qolmoqchimiz qolsa boladimi yoki hammani ozini napravleniyasi boyicha bervoriladimi mani ozim Namangandanman MO-2 bor andijonda lekin xohlamayman Andijonda iwlashni.shuning uchun nima deyolasilar?
-Ish beruvchi korxonalar talabaning yashash joyiga qarab uning manziliga yaqin bo’lgan hududdan ish taklif qilishadi.Barcha talabalarni Toshkentdagi korxonalarda olib qololmaymiz chunki viloyatlardagi korxona va tashkilotlarga ham ishchi kuchi zarur.Mutaxasis yetishmaydigan joyga borishlari mumkin.
5-Savol.Test tizimidagi kamchiliklarni tuzatish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda.
-Ko’p darslar zoom pragrammasida online amalga oshirilmoqda. Moodle tizimiga kiritilgan testlar va ma’ruzalarda kerakli adabiyotlar ham berilgan. Agar kamchiliklar paydo bo’lsa darhol tuzatilmoqda.
6-Savol.Ko’priklar va tunnellar kafedrasi bilan bog’liq muammolar kelib chiqsa kimga murojaat qilish kerak?
-Talaba telegram orqali fan o’qituvchisiga bog’lanishi so’raladi. Shuningdek kafedra mudiriga ham murojaat qilishlari mumkin.
7-Savol. Oraliq nazoratlar uchun urinishlar soni qancha belgilangan?
-Urinishlar soni 15 ta savol uchun 30 minut va 5 marta urinishda topshirish mumkin. Oraliq muddatlari esa fan o’qituvchilar bilan kelishilgan holda olib boriladi.
Shermuxamedov Ulug‘bek Zabixullayevich telegramda @MillauBridge
Ko‘priklar va tonnellar kafedrasining online darslari:
https://t.me/joinchat/KCiCVEzmRoqVDLuhPA8XoQ