April 30, 2020

Onangizni asranglar

4202 - Ne'matov L. D. IF-54 guruh

Salom do'stu-birodarlar,
Katta-kichik qadrdonlar,
Bu so'zlarni unutmanglar,
Onangizni asranglar.

Go'dak edik, bola edik,
Hech narsani bilmas edik,
Ona bizni qildi tetik,
Onangizni asranglar.

Yig'lab-yig'lab to'xtamay,
Bezovta qildik tinmay,
U yupatdi uxlamay,
Onangizni asranglar.

Tashvishlar keltirdik biz,
Nuqsonlar otdi ildiz,
Ona qildi tep-tekiz,
Onangizni asranglar.

Kasal edik doktor bo'ldi,
Bizga dori, malham bo'ldi,
Bugun o'zi hasta bo'ldi,
Onangizni asranglar.

Endi yoshi o'tyapdi,
Ko'zda nuri ketyapti,
Navbat bizga kelyapti,
Onangizni asranglar.

Har kuni bo'ling ogoh,
Kuttirib qo'ymang nogoh,
Chekmasinlar hech oh-voh,
Onangizni asranglar!