April 29, 2020
Zuxridin Zaynitdinovich brifingi
1-Savol. Assalomu alaykum man 3-kurs talabasiman.
Bizda Qurilish mexanikasi fanidan 2 ta loyiha hisob ishi bor edi qanaqa qilib topshiramiz.
-Yuqori kurslar uchun 2 ta loyiha hisoblash ish berilgan. 1-loyiha hisoblash ishini 1 semestrda talabalarga tushuntirib qabul qilganmiz. 2 -loyiha ishini amaliyot darslarida amaliyot o'qituvchilar telegramm orqali talabalarga tushuntirib borishmoqda. Loyiha hisoblashni topshirish uchun maxsus dastur orqali startsalarga yetkaziladi. Va ular o'qituvchilarga yetkazishadi. Moodlening zadaniya bandida berilgan LHI lar topshirilishi zarur. Qurilish mexanikasida oraliq nazorat 7 mayga belgilangan. Talabalar LHI ni topshirishmagunlaricha yakuniy nazoratni topshirolmaydilar.
2-Savol. Talabalar aynan maxsus dasturdan foydalanishlari shartmi?
-Fan o'qituvchilari ko'p tomondan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida bu qarorga kelishdi. LHI ning hajmi 12-14 listni egallaydi. Bu judayam kup megabayt bo'lishi mumkin. Biz taklif qilgan dasturda esa umumiy hajm 10 megabayt atrofida bo'ladi. Bu qulaylik faqat talabalar uchun imtiyoz.
3-Savol. Ma’ruzalar oxirida berilgan savollar negadur ma’ruzani javobi ichida yoq.
-Bu hamma fanlarga ham taaluqli emas. Hozir kafedra bilan ushbu kamchiliklar ustida ishlanmoqda. Nazorat savollarini yechib bo'lgandan keyin talabalar yana bir bir ma'ruzalarni ko'rib chiqishlari mumkin. Nazorat savollari bundan tashqari telegram orqali ham guruhlarga tashlanmoqda. Agar talabalar izlanishsa bularning javoblarini topolishadi.
4-Savol. Kefedrangizda hech korrupsiya holati aniqlanganmi?
-Ilmiy kengash tomonidan ushbu masalalar ko'rilganda kafedram nomi hali chiqmagan. Bu masalaga jiddiy e'tibor berilgan. Talaba bilan munosabat berilgan nizom bo'yicha olib boriladi. Yangi nizom bo'yicha dars bergan o'qituvchi imtihon olishga haqli emas. Bu savol bekorga paydo bo'lmagan deb hisoblayman va yanada kuchliroq o'qituvchilar bilan ish olib boraman. Bizning kafedrada korrupsiya yo'q.
5-Savol. Oraliq nazoratda cheklovlar bormi? Shu bo'yicha sizning munosabatingiz.
-Vaqt bo'yicha cheklov qo'yilishi kerak deb hisoblayman. Savollar judayam oson. Hatto berilgan misollarni qarab yechsa ham bo'ladi. Talaba bo'yicha qulay bo'lishi uchun harakat qilamiz. Hozirgi kunda oraliqlar uchun 1 kun vaqt va 3 marta imkoniyat berish ko'zda tutilgan. Lekin internet bilan muammosi bir talabalar uchun qulay bo'lishi uchun 2 kun qilishimiz mumkin. Agar shunda ham imkoniyat topolishmasa fan o'qituvchilari talabalar bilan telegram orqali aloqa qilib baholashadi. Har qanday berilayotgan shikoyat e'tiborsiz qolmaydi.
O'qituvchilar va talabalardan ochiqlik talab etiladi. Lekin barcha vazifalar talaba tomonidan bajarilishi kerak.
6-Savol. Talabada internet bilan bog'liq muammo chiqsa kimga murojaat qilishi kerak?
-Albatta birinchi navbatda fan o'qituvchisiga. Agar shunda ham muammo yechilmasa mening elektron pochtamga murojaat qilishlari mumkin. Bunda talaba anonim tarzda saqlanib qoladi. Brifingdan so'ng bu manzilni yozib qoldiramiz.
Ergashev Zuxridin Zaynitdinovich telegramda
@ErgashevZZ