April 27, 2020
Feruza Islamovna brifingi
1-Savol. Karantin davrida murabbiylar talabalar bilan qanday tartibda ishlamoqdalar?
-Barcha fakultetlarda murabbiylar kengashi raislari bor. Bundan tashqari murabbiylar har bitta talabalarining ota-onalari bilan gaplashib ularning xolidan xabar olishmoqda.
2-Savol. Karantin davrida COVID-19 bilan kasallangan talabalar bormi?
-Hozirgi kunda bunday talabalar yo’q. Bazi talabalarimiz o'qish bilan bir qatorda ishlashar edi. Biz karantin vaqtida barcha talabalar ota-onalarining yonida bo'lib uydan chiqmasliklarini so'ragan edik. Ayrim talabalar bunga amal qilmasdan Toshkentda qolishdi va ishga ham borishdi. Ularning korxonasidan COVID 19 aniqlanganligi sababli ular ham karantinga tushishdi va 14 kun davomida karantin holatida bo'lishdi. Bunday talabalar holidan xabar olib turildi.Hozirgi kunda ulardan hech qanday virus aniqlanmadi.
3-Savol. Murabbiylar masofaviy ta’lim tizimida talabalarga yordam ko‘rsatmoqdalarmi?
-Talabalar bilan moodle tizimida uchrayotgan muammolarga murabbiylar qo’llaridan kelgancha yordam berishmoqda.Lekin hozirda ko'plab muammolar bartaraf etildi. Bugungi kunda barcha murabbiylardan hisobot olinmoqda qaysi talabalar bilan qanday aloqa o'rnatilganligi to'g'risida.
4-Savol. ON va YAN dagi turli cheklovlarga munosabatingiz va internet tezligi past
yoki internet bilan muammosi bor talabalar uchun murabbiylar biron yordam
ko‘rsatayaptimi?
-Boshida fan o'qituvchilar cheklovlar qo'yishgan edi lekin internet tezligi pastligi sababli, hozirgi kunda fanlardan cheklovlarni olib tashlashdi. Internetga umuman kirmayotgan talabalarning sharoitini o'rganib chiqib, ularga qo'shimcha darslar o'tib beriladi. Karantindan keyin ham moodle tizimiga kirolmagan talabalar uchun yana bir imkoniyat beriladi.
5-Savol. O‘zingiz o‘qitayotgan fan bo‘yicha talabalar bilan qanday ishlayapsiz?Axir CHizma geometriyasisi fanidan dars berasizku.
-Biz 1-semestrda chizma standartlari haqida ancha tushunchalar bergan edik.2-semstrda Autocad dasturida chizishni o’rgatishimiz kerak edi. Men telegram orqali guruh tashkil etganman va bu guruhga videodarslarni yuborib turaman. Talabalar autocad dasturi orqali chizmalarni chizishni o’rganishmoqda. Hozirda hech qaysi talabada muammo bo'lmayapti aksincha, ular yana bir kerakli bo'lgan programmani o'rganishyotganidan mamnun. 2 -semestrda chiziladigan proyektlarni Autocad dasturida chizishmoqda.
Feruza Islamovna telehramda @fff555999