ONA
4101 - Ruxsora Abdullayeva Met-42 guruhi
U bugun ham kech keldi. Onasi kurib qolmasligi uchun tez xonasiga kirib ketdi.
Xonasining eshigi ohista ochildi. Onasining savollariga javob bermaslik uchun uzini uxlagandek tutdi. O'g'lining uxlayotganini kurgan ona bezovta qilmaslik uchun indamasdan eshikni yopdi.
O'g'il har doimgidek nonushta qilmay onasi bn xayrlashmay yugurganicha ishga kech bordi. Ishlari kupayib ketib onasining qung'iroqlariga javob berolmadi. Yana uyga kech keldi. Har kun shunday davom etardi. Bugun ham dustlar bilan yurib yana kech qaytdi. Tez yurib xonasiga kirdi. Nimagadir bugun xonasining eshigi ochilmadi. Uxlab qoldi. Ertalab onasi nimagadir uyg'otmadi. Bugun odatdagidan ham ancha kech uygondi. Kungliga g'ulg'ula tushdi. Hovliga qaradi nimagadir onasi kurinmadi. Oshxonada ham yuq. Onasining xonasi tomon yul oldi. Eshik yarim ochiq mayin shabada deraza pardalarini tuzg'ityotgan edi. Devor chetiga tushalgan bir qavat yupqa kurpachada onasi yotardi. Sekin onasi tomon yurdi. -Oyi , deb chaqirdi. Onasi hali ham jim. Qayta qayta 2 -3 marta chaqirdi. Onasi javob bermadi.
Endi uning qullari qurquvdan titrardi. Axir onasining yoshi bir joyga borib qolgan. Buning ustiga yuragi xasta edi.
Sekin borib onasini uygotishga urindi. -Oyi, oyijon uyg'oning. Shunday dediyu yig'lab yubordi. Onasini mahkam quchoqladi. Uning issiq bag'riga boshini quyib yig'ladi.
Shu paytda usha mehribon va issiq qullar uning boshini siladi. O'g'il seskanib ketdi. Onasiga bir nima demoqchi bulgandek tikildi.
-Oyi kecha siz bn ovqatlanolmadim, qung'irog'ingizga ham javob berolmadim , dedi.
-Bilaman bolam ishlaring kup. Kechqurun ham charchab uxlab qolasan. Shunga bezovta qilmay degandim. Agar ilojing bulganda mana shu doridan Olib kelgin, deya bir dorining bushagan qutisini kursatdi. -O'tgan hafta tugab qolgandi. Dorixona uzoq bilasan men borishim qiyin, dedi.
O'g'ilning kungli hotirjam buldi. Hovliga chiqdiyu -Ollohim onamni o'z panohingda asra, deya dorixona tomon yul oldi.