May 11, 2020

Chin emasdur

4212 Toshmatov Davron Murodullo õğli
Elektromexanika fakulteti ET-716 guruhi talabasi

Gar tunlaring õtmasa bedor,
Sening sevging chin emasdur.
Gar chekmasa yuraging ozor,
Sening sevging chin emasdur.

Gar soğinmasang yorni bõlib zor,
Sening sevging chin emasdur.
Gar ovunmasang soğinib bezor,
Sening sevging chin emasdur.

Gar bõlmasa yurakda õting,
Sening sevging chin emasdur.
Gar bõlmasa toqat-u sabring,
Sening sevging chin emasdur.

Gar koyisang yoringni tanho,
Sening sevging chin emasdur.
Gar nolisang boringdan hatto,
Sening sevging chin emasdur.

Gar shoshmasang yor visoliga,
Sening sevging chin emasdur.
Gar qoqilsang ğurur tuzoğiga,
Sening sevging chin emasdur.

4213 Toshmatov Davron Murodullo õğli
Elektromexanika fakulteti ET-716 guruhi talabasi

"Bõlmaydi"

Sen tomonga borsam men, gulim,
Yõling uzoq -- yetib bõlmaydi.
Atrofingda parvona õzim,
Senda olis ketib bõlmaydi.

Oydek yuzingga termulsam giryon,
Kõzingga tik qarab bõlmaydi.
"Sevasanmu?" -- deb sõrasam hayron,
Sendan javob olib bõlmaydi.

Sõrayversam javobni takror,
Bu men uchun savob bõlmaydi.
"Sukut alomati rizo" -- deydilar,
Bundan ortiq javob bõlmaydi.

Mayli men bilarman bu kõngil sirin,
Сhin sevgini dildan yashirib bõlmaydi.
Senla õtgan onim men uchun shirin,
Visol onlarini shoshirib bõlmaydi.

Bir yilda bir marta keladi bahor,
Bir yil uchun undan ortiq bõlmaydi.
Bir kunda bir marta keladi dildor,
Shu dildor men uchun tortiq bõlmaydi.

Kunlar õtar soniya singari,
Sanab ado qilib bõlmaydi.
Daqiqalar õtar soat singari,
Yuz yilda ham õlib bõlmaydi.

Õtar mening kunlarim bejol, bemador,
Bunday charchoqlarga chidab bõlmaydi.
Õtar mening tunlarim behol-u bedor,
Sensiz bu azoblar tamom bõlmaydi.

Bu jonim xatarda kõraman, deb seni,
Seni õylamasdan kurashib bõlmaydi.
Õlsam mayli, ishq õldirsin meni,
Sensiz bir kun yashab bõlmaydi.

4214 Toshmatov Davron Murodullo õğli
Elektromexanika fakulteti ET-716 guruhi talabasi

Temir yo'lchi muhandis bo'laman! (Qõshiq she'ri):
1-kublet
Ta'lim bergan Institutim(Universitetim) uchun,
Shukur aytib, baxtga to'laman.
O'zbekiston kelajagi uchun,
Temir yo'lchi muhandis bo'laman! (2x)

Naqorat:
Temir yo'lda bo'laylik sarbon,
Kerak bo'lsa fido bo'lsin jon.
Omad bizga doimo hamroh,
Temir yo'lchi muhandis bo'laman! (2x)

2-kublet
Temir yo'lni isloh qilish uchun,
Xitoy-u Yevropaga borish uchun.
Buyuk ipak yo'lini tiklash uchun,
Temir yo'lchi muhandis bo'laman! (2x)

Naqorat:
Temir yo'lda bo'laylik sarbon,
Kerak bo'lsa fido bo'lsin jon.
Omad bizga doimo hamroh,
Temir yo'lchi muhandis bo'laman! (2x)