Buyuk yurt qurajakmiz
4215 Allabergenova Rayxon, Iqtisodiyot fakulteti
Bosh egib xizmattamiz shu yurt uchun
Ko'zi qora niyati oq shu el uchun
Onamizdek boshimizni silagan u
Buyuk ishlar qilajakmiz Vatan uchun
Bu Vatanni kimlar orzu qilmagandi
Kimlar aziz jonin fido qilmagandi
Yurtdan ayro ne zotlar qon yig'lagandi
Biz ularni ruhini shod etajakmiz
Tuprog'ida ne daholar izi qolgan
Qulog'ida buyuk zotlar so'zi qolgan
Yurtim deya qadamidan shiddat yog'gan
Biz bu yurtga munosib xalq bo'lajakmiz
Bizga boylik kerak emas boylik shu yurt
Bizga borliq kerak emas borliq shu yurt
Gar jannatni xohlasangiz shudir jannat
Shu jannatning bog'iga gul ekajakmiz
Ey Allohning nazaridan qolmagan el
Qalblarini Qur'on nuri bezagan el
Yuzlaridan Islom nuri yog'rilgan el
Biz bu yurtga iymon nurin yog'dirgaymiz
Shu yurtmasmi Alisherni shoir qilgan?
Shu yurtmasmi Ulug'bekni olim qilgan?
Dunyolarga o'zin ziyo nurin sochgan
Bu dunyoda yangi dunyo bo'lajakmiz.
Temur bobom shu yurtni yurt qilib ketgan
Shoh Boburi bu yurtga zor bo'lib o'tgan
Islom bobom mustaqillik berib ketgan
Biz unga jon-tanni qalqon qilajakmiz.
Bu yurt uchun qancha qilsak kam bo'ladur
Qancha yonsak qancha kuysak kam bo'ladur
Qachonki biz birdam bo'lsak ahil bo'lsak
Shundagina buyuk davlat qurajakmiz