April 23, 2020

Azimov Farrux Qahramonovich brifingi

Azimov Farrux Qahramonovich (TTEvaTL fakulteti dekan o'rinbosari)

1.       Nima uchun hamon stipendiya tayinlash bilan bog‘liq muammolar vujudga kelayapti?

-Stependiya tayinlash jarayoni talaba bahosi va kontarkt tulovi usullari bilan bog’liq. Agar muammolar duch kelgan holda, dekanatga murojaat qilgan bo’lishlari kerak bo’ladi. Shunda ham kamchilik bartaraf etilmagan bo’lsa demak moliyaviy masalalarga aniqlik kiritilib keyingi oyda qo’shib to’lab beriladi.

2. Yosh mutaxassisni o‘sishini o‘zingiz misolingizda tushuntirib bersangiz

-Men yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritganman. Bu menga katta maktab vazifasini o’tagan.Keyinchalik “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’I lavozimida ishladim Hozirda esa TTE va TL fakulteti dekaniman. Agar birozgina intilishi bo’lsa inson barcha narsaga erisha oladi.

3.Talabalaga internet pastligini hisobga olib maslahatingiz.

-Mamlakatimizda internet ancha past. Biz talabalarning nechtasi internetdan foydalanyotganini monitoring qilyapmiz va ularning har biri bilan ishlayapmiz.

4. Masofaviy ta’lim tizimida oraliq va yakuniy nazoratlarda talabaga nechta imkoniyat berish kerak? Cheklovlar qanday bo‘lishi kerak?

-Oraliq nazoratlar uchun 3 marta cheklov berish kerak. Chunki shunda ular mavzuni chuqurroq o’zlashtiradi.Barcha mamlakatlarning online testlarida ham cheklovlar mavjudligini ko’rsak bo’ladi.

5. Nima uchun ma’naviyatdan boshqa soha o‘tgansiz?

-Institut biz uchun poligon. Men o’z mutaxasisligimni yaxshi ko’rganim sababli hozirgi kunda o’z soham bo’yicha faoliyat yurityapman.

6. Hozirgi paytda dekanat ta’lim olish, moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida talabalarga qanday yordam ko‘rsatayapti?

-Ta’lim olish jarayoni moodle tizimida amalga oshirilyapti. Dekanat talabalar muammolarini bartaraf etish bo’yicha qo’llaridan kelgancha yordam bermoqda. Bugungi kunda moddiy yordam borasida hech qanday murojaatlar bo’lmadi.

7. Institutimizda o‘qish uchun 3ta sababni ayting?

-Bu juda qiziq savol ekan.
  • Insitutda talabalarning ta’lim olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
  • Bizning insitutimizda o’ziga xos tabiatni ko’rishimiz mumkin.
  • Albatta tartib intizom yuqori ekanligi.

Azimov Farrux Qahramonovich telegramda @Bezimyanniy