April 20, 2020

Оliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Valiyev Muhammad Sheraliyevich brifingi

deputat Valiyev Muhammad Sheraliyevich (Lokomotiv va lokomotiv xo'jaligi kafedrasi dosenti)

1

Savol: Hozirgi kunda Oliy majlis tomonidan moddiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Javob: Hozirgi kunda yoshlar bilan ishlash masalasi dolzarb masalalarda biridir. Oliy majlis qonunchilik palatasida yoshlar komissiyasi tashkil etilgan. Yoshlar komissiyasi va yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda bir necha loyihalarni tashkil etganmiz. Bu loyihalarning bir nechtasi yoshlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Bu loyihalar xususida yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumoy beriladi.

2

Savol: Siz ijtimoiy yordam ko‘rsatish va karantin vaqtida aholi bilan ishlash davrida qanday tashabbuslarni amalga oshirmoqdasiz?

Javob: TTYMI Yoshlar ittifoqi BT bilan hamkorlikda “Uyda qoling!Sport musobaqasi” ni o’tkazyapmiz. Bu 2 haftada davomida olib boriladigan loyiha bo‘lib 1-haftada 1-bosqich bo‘lib o‘tdi. Bunda ishtirokchilarning uy sharoitida bajarilgan mashqlarini komissiya tomonidan ko‘rib chiqdik. Bugun esa 2-bosqichni yakunladik. G’oliblarga ma’lum miqdorda moddiy yordam beriladi. Maqsadimiz talabalar uyda bilim olish, kitob o‘qish bilan birgalikda sport bilan ham shug‘ullanishsin.Keyingi haftada yanada yangi loyihalarni boshlashni rejalashtirganmiz.

3

Savol: Masofaviy ta’lim masalasida sizning fikringiz qanday?

Javob: Karantin bizning kelgusida bajaradigan ishlarimizda ko‘zgu bo‘ldi. Oldin ham masofaviy ta’limga e’tibor qaratilgan edi lekin bugungi kunda karantin sababli uni yanada rivojlantirmoqdamiz. O‘qituvchilarimiz bilan o‘quv metodik komplekslari yaratilgan edi va uni xorijiy tajriba bilan boyitgan edik.Endilikda esa moodle tizimini va videodarslarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqdamiz.2018 yilda ham ziyonet tarmog’i orqali videodarslar havola etilgan edi. Lekin bugungi kunda 400 ming nafar talabalarni masofaviy ta’lim olishini ta’minlash maqsadida judayam ko‘p miqdorda videodarslar olib borilmoqda. Albatta ba’zi muammolar ham yo‘q emas. Karantindan so‘ng video darslar orqali talabalar bilan mustaqil ishlash ham ken yo‘lga qo‘yiladi.

4

Savol: Interneti yo‘q talabalar semestdagi darslarni qay tartibda o‘zlashtirish kerak deb hisoblaysiz?

Javob: Bu dolzarb savol. Bu borada judayam ko‘p murojaatlar bo‘lmoqda. Talabalar albatta imkoniyat doirasida vaziyatdan yechim qidirishga harakat qilishlari lozim.Chekka hududlarda yashovchi talabalar uchun karantindan so‘ng o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratiladi.Imkoniyati bor talabalarga esa vaqtdan unumli foydalanishh tavsiya etiladi.

5

Savol: Masofaviy ta’limda yuzaga kelgan muammolarni yechish bo‘yicha talabalarga o‘z takliflaringizni bersangiz.

Javob: Talabalar vaqtdan unumli foydalanishlarini, xorijiy tillarni o‘rganishlarini tavsiya etgan bo‘lardim.Bugungi kunda dasturchilarga ehtiyoj yuqori bo‘lganligi sababli dasturlarni ham o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi. Bundan tashqari sport bilan shug‘ullanishlarini va albatta masofaviy ta’limga e’tibor qaratishlarini so‘ragan bo‘lardim.