Ikkinchi daraja
Ixtiyor Baxtiyorov BI-34
Kunning issiģidan jon saqlash uchun jiyda soyasi tagida òtirgan Abror otani xotiralari yana òz domiga tortib keta boshladi.Òsha dahshatli urush!Abror ota 20 yoshda edi.Urush Chor Rossiyasi xududiga kòchgandan sòng Abror òz yigitlik burchini ado qilish maqsadida urushga jònadi.2 oy Qozoģistonda maxsus tayyorgarlik kòrdi.U yerda Zafar va Abdulla ismli òzbek yigitlari bilan dòstlashdi.Zafar qorachadan kelgan, bòylari baland, oriq yigit edi.Abdulla esa òrta bòyli,tòlaroq yigit edi.Abdullaning ikki yuzi har doim anor kabi qip-qizil edi.3 dòst 1944-yilning dekabr oyida urushga qòshilishdi.Falakning ishiga boqingki uchovlon ham bir vzvodda edilar.Urush borgan suronli tus olar,Nemislar borgan sari orqaga chekinar edi.Urush qurbonlarsiz bòlmaydi.1945-yilning fevralida dòstlar òz vatanlarini dushmandan ozod etar ekanlar urush òchoģiga tushib qolishdi.Qishloq aholisining bari yov tomonidan yo òldirilgan yo kanslagerlarga surgun qilingan.SSSR qòshinlarining qòli baland kela boshladi.Hujumning oldiniga tashlangan bu dòstlar buyruq bòlishi bilan dushman hujumga òta boshlashdi.Bir necha soniyadan sòng ular dushman joylashgan yerni tozalashdi.Galaba - ajoyib his!!!Zafar osmonga qarata 2 bor òq uzib pobedaaa deb baqirdi.Ammo shu onda qayerdandir 2 nemis askari paydo bòldi.Biri Zafarga qarata òq uzdi.Ikkinchsi esa bisotida qolgan yagona quroldan foydalandi.Dushman askarlari tomon granatasini uloqtirdi.
Shu onda Abror ota kòksini qalqon qilib Zafarni tòsib qoldi.Abdullajon esa shahid ketdi.Otilgan granata ustiga òzini tashladi.Yordamga yetib kelgan askarlar ikki nemisni peshonasidan otib tashladi.
Abror ota harbiy shifoxonaga yotqizildi.Òng qòli kesib tashlandi.Abdullajonning xoki esa òsha jang maydonlarida qolib ketdi.Zafar Berlinda Reyxstag ustidan qozonilgan ģalaba jangida qatnashdi.Urush tugadi.Galaba-ajoyib his!!!
Urushdan sòng Zafar kòrsatgan jasoratlari uchun mayor darajasiga kòtarildi va birinchi darajali unvonlar bilan taqdirlandi.Abror ota esa urushdan nogiron bòlib qaytdi.Kolxozda u kishi qarsak chalindi.Urushda kòrsatgan xizmatlari uchun ikkinchi darajali medallar bilan taqdirlandi.
Mana hozir shularni òylar ekan Abror ota yana kòzlariga yosh oldi.U kishi hamon shahid ketgan dòstini òylab kòz yosh tòkar edi.7 yil avval esa kòrish qobiliyatidan ajralib bòlgan edi.Shu onda qizi Abror otaga ovqat olib keldi.Abror ota majolsiz bir qòli bilan ovqatga qòl chòzdi.Abror ota hanuz òsha shahid ketgan dòstini, mayor bòlib qaytib kòrmagan dòsti Zafarni va òsha dahshatli jangni eslab kòz yosh tòkar edi.