February 6, 2025

Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish yuzasidan seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish to‘g‘isida”gi farmonining mazmun-mohiyatini hududlarda targ‘ib qilish yuzasidan karantin agentligi mas’ul xodimlari, shtab a’zolari hamda Tuproqqal'a tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari ishtirokida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi. Seminarda yuqoridagi farmonning mazmun-mohiyati hamda fermerlar oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar tushuntirib o‘tildi.