Sharq malikasi
Uni qichqirganidan men ham qattiq qo'rqdim. Usha ayolni shu yaqin atrofdagi biror telba yoki uysiz bir inson deb tahmin qildim. Ammo uning libosi, yuzini yopgan g'alati roʻmoli va yorqin ko'zlari bu isbotimni inkor qildi.
🦋: kechirasiz ammo insonlardan pul undirishni yangi usulini ajoyib o'ylab topibsiz,
Qoshlarimni chimarib qarab, bor ishonchim bilan yana davom etdim. Yo'zimda ishonch va qatʼiyat bo'lishimga qaramasdan , ichim dir-dir titrar, qo'llarimni beixtiyor qarsillatardim. U esa meni gaplarimga pinagini ham bo'zmadi, shunchaki, yengil tabassum bilan ...
🧕: menga o'zingni qatʼiyatli ko'rsatishni hojati yoʻq, senga kelgan usha OFAT bu juda yomon. Seni ogohlantirgan insonman, demak yo'lni ham ko'rsatishim kerak.
Uning menga qarata aytgan gapidan, biroz o'ylandim, va hammasi shunchaki tasodif deya ketmoqchi bo'ldim.
🦋: ajoyib xonim, va xayr, bu uchrashuvlarni hammasi tasodifiy holatda yo'z berdi,
Yo'zimni tezda bo'rdim va orqamga qaytib qaramasdan shahdam qadamlar bilan yura boshladim. Shu yurishim bilan uyga keldim. Ha, ajoyib hamma g'aroyib va ahmoqona bo'lgan hodisalarni o'ylab olish uchun ajoyib vaqt. Ancha vaqtdan beri kelmaganim uchun ham uy judayam chang va sovuq edi.
Uyni deyarli 4 soat tozaladim. Ha balkim undanda koʻproq. Keyin esa o'zim uchun qahva damlashga finjon olayotganimda , eshik taqilladi,
Baqirdim, oshxonadan turib. Keyin esa eshik oldiga bordim. Oddiy kuryer ovozi eshitildi.
🦸: sizga junatma bor, ya'ni xat.
Sekin eshikni ochdim, va xatni olib, kuryerga choy chaqa berdim. Uyga kirib sekin stol ustiga qoʻydim va qahva damlashga ketdim, ajoyib achchiq qahva tayyorlab stol oldidagi stulga oʻtirdim. Xatni qo'limga olib, kimdan ekanligini bilmoqchi edim. Ammo hech qanday manzil va ism yo'q edi.
🦋: ahhh menga doim uy, va kommunal xizmatlar uchun xat yoʻllashar edi.
Sekin asta ichini ocha boshladim, qogʻoz nihoyatda qimmat va noodatiy uslubdagi dizaynda edi. Ehtiyotkor bo'lishga harakat qildim. Ochdim. Ichida siyoh rang va quyuq siyoh bilan patda yozilgan kichik bir xatni ko'rdim.
""" Salom, Qadrligim. O'ylaymanki sen tasodif deya aytgan bu uchrashuvlar oddiy bir tasodif emas, bu bitik va taqdir. Shu zamon insonlari kabi bo'lib qolibsan, ha vaqt seni o'zgartiribdi. Ammo qayta seni bu yorugʻ olamda ko'raman deb o'ylamagandim. Sen tomon yuborgan men haqimdagi xabarni yetkazuvchi elchimga ishonmading, men sen tomon harakatlanayapman. Judayam tez suratlarda seni oldingda paydo bo'laman va hayoting shunchaki izidan chiqadi...... SENGA SO'Z BERAMAN.!!
🦋: Kimdir men bilan hazillashayotganga oʻxshaydi.
Sekin gapirdim. Bu meni noqulay ahvolga solib qoʻydi. Tezlik bilan hayolimga usha ko'chadagi bashoratchi keldi. Ha bu uni nayrangi. O'zimni shunday deya yupatdim. Ammo ko'nglim, ko'nglim notinch, nimadir xato, negadir o'zimni yomon his qilayapman.
Balki uxlasam o'zimga kelarman deya joyimga yotdim, ammo uxlolmadim. Ha nimadir menga xalal berayotgandek, uxlashini xohlamayotgandek edi......