Sharq malikasi 🌿
- Negadir notinch, ha qaydam balkim ota-onamni sogʻinganim uchundir deya o'zimni yupatmoqchi bo'ldim. Keyin esa nima bo'lganini bilmayman soat nechadadur uxlab qolibman. Soat 5:27 da uygʻonib ketdim. Birdan tanam muzlab qoldi va seskanib ketdim va koʻzlarimni ochdim. Hali endi tong otayotgan bo'lishiga qaramasdan shaharda hayot qaynardi. Istamasamda o'zim uchun achchiq va issiq qora qahva damladim. Uni sekinlik bilan lablarimga olib bordim, ta'mi birdan uyqumni ochdi, 🌧️🌧️negaligini bilmadimu lekin bugun yomgʻir yog'ayotganini endi payqabman. Sekin narsalarimni tayyorlay boshladim chunki bugun imtihon topshirishim kerak va men taʼtilga chiqaman. Ajoyib ,iliq , va yoqimli bo'lgan yotogʻimda uxlayman boshqa hech qanday ish emas deya o'zimga o'zim pichirlay boshladim. Narsalarim deyarli tayyor. Endi nonushta. Yo'q yoʻq nonushta qilishga umuman ishtaham yoʻq. Uydan chiqib ketarkanman hamma narsani bir bor qayta ko'zdan kechirdim. Sekin ko'chaga chiqdim, soyabon ostida harakatlanar ekanman o'zim uchun bermoqchi bo'lgan minglab savollar miyyamda aylanayotgan edi.(( Nega , nega usha yolgʻonchi bashoratchiga ishonishim kerak??? U menga qanday qilib ilakishib qoldi???? Taqdir deydimiyey, tasodif deydimiyey???? Umuman olganda u oddiy bir tilanchi. Ha oddiy tilanchi, bundan ortigʻi emas.))
- ✨✨✨ Universitetga keldim, negadir hech kim yoʻq. Hatto oʻqituvchilar ham. Sekin telefonimni chiqarib xabarlarni tekshirdim bir soat oldin imtihon bekor qilinibdi. Bu qanaqasi boʻldi.
G'azablanib ketdim, uyga bormoqchi edim lekin derazadan tashqariga qarasam, shunchalik qattiq yomgʻir yogʻar, universitet derazalarini qattiq tosh bilan kimdir urayotganga uxshash tovush chiqar edi. Afsus endi taksi chaqirmasam bo'lmaydi, ooooo yoʻq yoʻq yoʻq iltimos, ammo telefonim quvvati tugadi. Hatto falsafa fakultetida quvvatlagich tugul elektr energiyasi yoʻq. Chunki bu yer qadimiyligicha qadrlanadi.
Andio Marco: nega nega menda doim muammo , jin ursin. Elektr energiyasi yoʻq, taksi yoʻq. Unda men qanday qilib ketaman axir bunday ob havoda avtomobil yoʻllari ishlamaydiku 😩.
Albatta ,menda yomgʻir yogʻishi toʻxtashigacha kutishdan boshqa choram yoʻq edi. Qorovul qayerda ekan, aytgancha, falsafa fakultetiga alohida eʼtibor berilmaydi, ayniqsa qorovul yoʻllash , bexurmatlik hisoblanadi.
Yarim soatdan soʻng......✨😩 Haliyam qattiq yomgʻir yog'ayapti. Hatto biroz pasaygani yo'q, jin o'rsin. Menda faqat qo'l soati bor. Soat 11:49. Albatta ishonish qiyin ammo haliyam men bu ahmoqona xonadaman, biroz qorongʻuroq ammo men deraza oldidaman. Bulutlar judayam ko'p to'planishganligi uchun kun qorongʻu bo'lib qoldi.
Falsafa xonasidan pastda katta 7 xonali ombor bor, nimadir qattiq pastga tushib ketdi. Bu ovoz ombordan eshitildi. Nahotki qorovul bo'lsa 🥹. Hayajonlanib narsalarimni ham tashlab, yugurib ketdim. Ammo ombor eshigi oldiga borganimda, eshik ancha vaqtdan beri ochilmagani uchun o'rgimchak ini tutib ketgani meni biroz o'ylantirdi. Ochmadim, biroz shubhali. Agar hech kim omborga kirmagan boʻlsa, unda bu nima yoki kim edi.??????
Ortimdan eshitilgan bu yo'g'on va qattiq ammo tushunarli ovoz, meni qattiq qo'rqitdi. Hatto qo'limdagi 🕯️sham birdan o'chib qoldi. Qorongʻu shunchaki zulmat, tanamni qimirlata olmadim. Boshimdan oyogʻimgacha titrayapman. Bu kim ekanligini aniqlash uchun oxirgi kuchimni yig'ib ortimga oʻgirildim.