Sharq malikasi
Writer: Kážuyô Mâkàto 🦉.
Albatta hikoyam sizga g'alati va biroz yo'q, ancha zerikarli tuyulishi mumkin. Xullas, avtobusim kelgunicha sizga aytib berish uchun vaqtim bor.
☄️2 yil ha, ahmoqga uxshab universitetga tayyorlanib yurgan paytlarim edi. Xush aynan falsafaga qiziqishim bor edi, musiqa ham menda yomon emas desam ham bo'ladi. Men o'rta maktabning katta kurs o'quvchisi Andio Marco edim .Hozir esa talabaman.Bu qiz bola uchun g'alati ism ekanligini menga birinchi sinfligimdayoq aytishgan. Mening sochlarim biroz uzun, qovoqlarim esa doimo shishgan edi bu judayam qattiq o'qiganimdan shekilli. Ha oilamda sharoit faqat men uchun bor edi. Dadam kompaniyaning oddiy ishchisi, oyim esa o'qituvchi edi. Opam allaqachon turmushga chiqgani sababli menda barchasiga vaqt topilar edi ammo hayotning men uchun tayyorlagan ajoyib tuhfalari hali oldinda ekanligini his qilmagan ekanman.... Inson hayotini kitoblarda ajoyib yoritib berishar edi hattoki ular juda baxtli yakunlanadi. Bu mening hikoyamdan mustasno. Oyim va dadam birgalikda Londonda ishlashayapti, men esa Rimdaman , ya'ni Italiyada bu yer ajoyib tabiati, taomlari va liboslariga ega. Ammo men doimo oilamni sog'inaman. Ular bilan har hafta gaplashaman ammo bu befoyda. Ko'nglimning tubini hech kim yorita olmaydi. Bu gaplarni avtobus bekatidagi folbin ayolga duch kelgunimcha so'zladim, hammasi aynan shu yerdan boshlangan edi..........
🧕: kechirasan qizim, shu yerga 777 avtobus keladimi?
🦋: assalomu aleykum ha shu yerga, javob berdim, biroz tortinib ammo dadil.
Ayolni yuzini koʻra olmadim, yorqin sharfni yuziga tutgan bu ayolning ko'zlari izlanuvchanlik va talabchanlik bilan menga tikildi.
🧕: Seni taniyman,shekilli. Xohlasang men senga ko'rsatgan kartalardan birini tanla men esa senga bugungi kuning haqida aytaman.
Aynan shu yerdan menga bu ayol yoqimsiz taassurot qoldira boshladi .
🦋: yo'q ,men bunaqa narsalarga ishonmayman. Va avtobus keldi. Ketishim kerak.
Ha aynan shu so'zlarni aytib avtobuslarga chiqganim esimda, va keyin ko'zlarimni shifoxonada ochdim.
Eshitishimcha usha avtobusdagi dvigatel tutab portlab ketgan emish, shifoxonani puli toʻlashim bilan ketmoqchi edim ammo yana besh kunlik muolajam borligi haqida gapirishdi.
Ajoyib, Lyukis palata, qulay, shinam, yorugʻ, eng muhimi esa issiq va tabiat qo'yniga qaragan ekan. Xonada yolgʻiz turaman, har 20 daqiqada hamshira mendan xol ahvolimni so'raydi, besh kundan keyin, tezlik bilan juftakni rostlab qoldim. Haaaaaa ajoyibbb. O'zimga o'zim pichirlab ketardim. Narsalarim deyarli yoʻqligi uchun ham avtobusga borishni avzal bildim ammo u yer yopilgan edi.
Baqirdim, yaxshiyam bu orada hech kim yoʻq edi, aks holda meni haqiqiy jinni deb o'ylashlari mumkin edi. Ha xuddi shunday.
🦋:, hoy hoy axir bu sizku, men sizni taniyman,haligi ha 777 avtobusni bekatda ko'tayotganda uchrashgandik.
🧕: ha, seni yodingdan chiqmabdi, ofarin. Balki bir dona qog'oz tanlarsan.
🦋: yanami, ohh mayli shu safar tanlayman, ammo baribir men bunga ishonmayman. Usha ayolga ishonmasam da nimadir menga tanla deyotgandek edi. Biroz o'ylanib tanladim
🦋: mennn shunisini tanlayman .
🧕: ajoyib, unda ko'raylikchi , sekin qogʻozni ochdi, ichida esa qora qargʻa rasmi bor edi.
🦋: xush, usha yolgʻon bashoratingizni aytingchi, unga ishonmasamda eshitishni xohlardim.
Ayol shunday dedi, hatto kiprik qoqmay turiboq. Ha aynan ofat dedi.
🧕: bu hazil emas, ofat deyapman. Hayotingga qora qargʻa siymosi kirib keladi.
U qattiq tikilib gapirdi, tanam seskanib qaltiradim, nega ekanligini tushunolmadim.