Sharq malikasi 🌿
( Taqdirning hazili yoxud meni adashtirgan bashoratchi ✨☘️)
Orqamga oʻgirilib qaradim, jin o'rsin bu oddiy koʻrshapalak uyasi ekan. Yaqin orada koʻpayishgan shekilli haykalchani ham yiqitib yuborishibdi. Oʻzimga oʻzim g'ung'illab bir nimalar dedim. Ammo yuragim oz boʻlsada taskin topdi.
Ha omborga kirgan ekanman, lekin sham yoʻq. Bir amallab chiqib ham oldim. Yaxshiyam devorlar bor. Ularga suyansam boʻladi. Atrof qorongʻu boʻlishiga qaramay men tezda yugurib falsafa fakultetidan chiqib ketdim. Yomgʻir qanchalik qattiq yog'ishiga eʼtibor bermasdan yugurardim. Ancha uzoq gacha yugurib boribman shekilli odamlar gavjum boʻlgan joyda paydo boʻlganimni sezdim. Ha judayam qattiq qoʻrqdim, shuning uchun ham nimalar qilganimni oʻzim ham his qila olmadim...... Kiyimlarim, sochlarim, sumkam va hatto oyoq kiyimim ham jiqqa hoʻl boʻlib ketganini biroz tinchlanganimdan keyin bildim.
*©: kechirasiz_ sizga yordam kerak shekilli.. ...
Andio Marco: A nima nima, ha meni kechiring sizni gapirganingizni payqamay qoldim shekilli.
Kimdir menga gapirdi, ha aniq eshitdim lekin nima deganini payqamadim. Erkak kishi edi, bunga aniq ishonaman. Ovozi jarangdor va qattiq. Xuddi yashindan keyingi osmonning hayqirishiga oʻxshab. Menga soya solib turardi ammo men unga xatto qaramadim, chunki hali ham vahima ostida edim va koʻzlarimni oyogʻimdan ololmasdim.
*©: Meni maʼzur tuting, ammo tezlik bilan ketishim kerak.
Andio Marco: Albatta janob. Janob ? Janob ?
Men hatto uni yuzini koʻra olmadim, lekin orqasidan ergashgan va yo'zini topgan qora shlyapasini koʻra oldim xolos . Nega axir ertaroq qaramadim. Axir u menga gapirgandi shunda ham men unga eʼtibor bermagan ekanman. Exxxx. Hatto , Toʻxta u menga qoʻlro'molcha tutqazib ketibdiku. Mayli hozir buni gapirishning mavridi emas lekin qoʻl roʻmolchaning dizayni ajoyib.
Pastga qoʻl roʻmolchaning ichidan bir xat tushdi. Sekin asta oldim. Ichini ochishdan oldin, oldimga va orqamga yaxshilab qaradim va xatni uyda ochishga qaror qildim.
Uyga keldim. Metrodan tushib 10 daqiqa yo'rib, uyga keldim. Kiyimlarimni almashtirib, sekin yotogʻimga oʻtirdim. Xatni oldim. Endi ochishga harakat qilib konvert qilib oʻralgan burchagiga sekin qaradim. U yerda bir tamgʻa bor edi.
Baribir tushunmadim. Ammo xatni ochdim.
Andio Marco, azizam bu ikkinchi marota sen uchun yozilayotgan xat. Bilaman hozir buni oʻqiyotgan boʻlsang uydasan. Bugun falsafa fakultetida eding. Omborga tushding. Va men behosdan tushirib yuborgan haykalchani koʻrding. Bu seni e'tiboringni tortish uchun edi. Va rejam amalga osha boshlayapti. Endi esa xatni ochishdan oldin qahva uchun quygan suv qaynadi, borib qahva ichib ol.
Xatdan butunlay muzlab qoldim. Va birdan suvning qaynaganini eʼlon qiluvchi hushtak ovozi eshitildi. Endi o'rnimdan turmoqchi edim ammo 🍀.