Energetika
Fakultetda quyidagi kafedralar mavjud:
"Elektr texnikasi, elktr mehanikasi va elektr texnologiyalari" kafedrasi
"Elektr energetikasi" kafedrasi
"Fizika" kafedrasi
Bakalavirat ta'lim yo'nalishlari:
5111044 - Kasbiy ta’lim (elektr energetikasi)
5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi
5310200 - Elektr energetikasi
5312100 - Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi
5310100 – Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)
Magistatura mutaxassisliklari:
5A310104 Sanoat issiqlik energetikasi”.
5A310201 Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha)
5A310202 Energiya tejamkorligi (tarmoqlar bo‘yicha)
2019-2020 o’quv yilidan boshlab, Farg’ona politexnika instuti bilan Novosibirsk davlat texnika universiteti o’rtasidagi energetika sohasidagi qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo’yicha o’zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi. Shartnomaga ko’ra, 2019-yildan bakalavriatning:
5310100 – Energetika (sohalar bo’yicha);
5311000–Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish,
yo’nalishlari hamda magistraturaning:
5A310105 – Issiqlik texnikasi;
5A310204 – Elektroenergetik tizimlar va sohalar;
mutaxasisliklari bo’yicha talabalar qabul qilindi. Bunda, bakalavriatda o’quv 2 yil davomida Farg’ona politexnika instituti va 2 yil davomida Novosibirsk davlat texnika uniuversitetida bo’lib, ikki tomonlama diplom oladilar.
1967 yilda institutda uchta mutaxassislik uchun umumiy bir fakultet tashkil qilingan edi. 1969 yil sentyabr oyida mustaqil «Energetika» fakulteti ajralib chiqdi. Fakultet tarkibiga “Chizma geometriya va chizmachilik”, “Energetika fanlari”, “Fizika” va “Jismoniy tarbiya” kafedralari kiritilgan. 1971 yilda “Energetika fanlari” kafedrasi 2 ta mustaqil “Energetika fanlari” va “Elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish” kafedralariga bo‘lindi. Fakultetda “Elektr tarmoqlari va tizimlari”, “Elektr yuritma va sanoat qurilmalarini avtomatlashtirish” hamda “Sanoat issiqlik energetikasi” mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli injenerlar tayyorlash amalga oshirilgan.
Energetika fakultetini 1969-1974 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Ergash Gofurovich Raximov, 1974-1977 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Muxsin Muminovich Muxitdinov, 1977-1979 va 1999-2000 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Maxmud Mirzaevich Matbabaev, 1979-1982 va 1990-1992 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent J.M.Nigmatov, 1982-1984 yillarda t.f.d., professor T.M.Mirzamaxmudov, 1984-1986 va 2010-2011 yillarda t.f.n., dots N.K.Kamolov, 1987-1989 yillarda t.f.n., dotsent N.M.Aripov, 1988-1990 yillarda t.f.n., dotsent Т.H.Haydarov, 1992-1999 yillarda T.X.Xomidov, 2000-2005 yillarda t.f.n., dotsent F.YU.Polvonov, 2005-2008 yillarda t.f.d., professor S.F.Ergashev, 2008-2009 yillarda t.f.n., dotsent O.X.Kuldashov, 2009-2010 yillarda t.f.d., professor A.M.Qosimoxunova va 2011-2019 yillarda t.f.n., dotsent E.M.Yunusaliev, 2019-2020 M.A. Shaxodjaevlar boshqargan.
2020 yildan hozirgi vaqtgacha texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori O’zbekov Mirsoli Odiljanovich dekanlik vazifasida ishlab kelmoqda.