Fikus kauchukanosniy
Salkin yorug joyda turadi, suv kamrok berasiz usti kurishiga karab, spray mumkin. Udobreniya baxor-kuzda berilib, kishda berilmaydi. 1 oyda bir marta shir choy berish kerak. Tuprok tarkibi; qum, biogomus, xazon, apilka, ozrok sifatli yer tuproq. Injikmas.
YORUG'LIK va HARORAT Qish kunlari ertalabki quyosh va yorug' joy kerak. Kunlar isishni boshlaganda esa ochiq havoga chiqariladi va to'g'ridan-to'g'ri quyoshdan himoya qilish zarur.
Fikus havo harorati va namligiga o'ta talabchan emas. Qish kunlari 16-25°Cda yaxshi o'sadi. 10°Cdan past haroratga tushmasin. Bunday harorat gulni kasallanishiga, stressga tushishiga olib keladi. Vaqtida chora ko'rilmasa, gulni nobud qilishi mumkin. 3-0°C past harorat esa nihoyatda xavfli. Yozda ochiq havo va yelvizaksiz joyda yaxshi o'sadi.
SUG'ORILISH Qish qunlari chanqatib sug'oriladi, ya'ni barmoq bilan tuproqni 3sm chuqurlikda kovlab ko'riladi, agar quruq bo'lsagina suv beriladi. Bahor va yoz oylarida esa ustki qavati qurishi bilan sug'oriladi. Berilayotgan suv iliq va mayin bo'lsin, bu ildiz kasallanishini oldini oladi.
OZIQLANTIRISH Bahor, yoz va kuz fasllarida Azoti (N) ko'p bo'lgan ozuqa (NPKni yashili, Kristalon barg rasmliligi, Agrikola, Gummi yoki Suyuq ozuqalar) berilib, qishda dam olishga sharoit yaratish uchun oziqlantirilmaydi.
Bargiga Kemera lyuks bilan sprey qilish foydali. Sut, pivo yoki banan bilan bargi artilsa, yanadab sog'lom ko'rinishga ega bòladi.
DAM OLDIRISH (Pakoy) Ko'pgina gullar qatori, fikus ham sovuq qish kunlari dam oladi. Bu paytda oziqlantirilmaydi va suv ham anchagina chanqatib beriladi, lekin ertalabki quyosh va yorug'likni ta'minlash zarur. Erta bahorda esa uyg'onish davri hisoblanib, tuvakka o'tqazish, shoxlash va ko'paytish kabi ishlarni bajarish mumkin. Ozuqa berish boshlanadi.
KASALLIK va DAVOLASH. Agar Fikus barglarida jigarrang dog' paydo bo'lib, barglari pastga egilib qolsa va o'sishdan to'xtab qolsa, bu ildizida muammo boshlanganidan darak beradi. Asosan ildiz kasalliklari zararlangan tuproqdan, ortiqcha suvning yig'ilib qolishidan kelib chiqadi. Tuvakda suv yig'ilishi oqibatida, zamburug' (gribok) rivojlanib, tomir o'zagini chirishiga sabab bo'ladi. Bunday holatda, zamburug'ga qarshi preparat, ya'ni fungitsid (fitosporin, sporagin, fundazol) berilib, tuproq yaxshilab quritiladi va ertalabki quyoshga qo'yiladi. Quyosh eng yaxshi immunitetni ko'taruvchi vosita hisoblaniladi. 3kundan keyin yana fungitsid beriladi. 10kun kuzatiladi. Agar o'zgarish bo'lmasa, u holda ildizi ochilib, zararlangan ildiz o'zaklari tozalaniladi va 1sutkaga fungitsidli suvga solinib, qayta yangi va sog'lom tuproqqa ekilib, Kornevin beriladi. Teplichka qilinadi.
KUTILMAGAN XOLATLAR. Odatda barcha honaki gullarda kutilmaganda STRESSga tushish holatlar yuzaga keladi.
STRESS- sovuq qotish yoki o'ta isib ketish, joydan-joyga tez-tez ko'chirib turish, haroratning birdaniga ko'tarilib-tushishi yoki tuvakdan tuvakka o'tqazilganda kuzatiladi. Bunday vaziyatda gullar uchun FITOGARMON preparatlari qo'llaniladi. Misol uchun: "Epin", "Getereuoksin-Kornevin", "Yantarnaya kislota" kabilardir. Yoki uy sharoitida banan po'stlog'ini suvda tindirilganini berish mumkin. Hamda vaqtincha teplichka yaratiladi.