March 4, 2023

Tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari va yechimlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O‘ZBEKISTON GEOGRAFIYA JAMIYATI

Axborot xati

Tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari va yechimlari

(Geografiya fanlari doktori, professor Abdusami Solievich Soliev hamda biologiya fanlari doktori, professor Savriddin Baqoyevich Baqoyevlar tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlanadi) mavzuidagi

Respublikailmiy-amaliy konferensiya

HURMATLI HAMKASBLAR!

Sizlarni Vazirlar Mahkamasining 2023 yil “2” martdagi 78-f-son farmoyishiga asosan 2023 yil 5 aprel kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari va yechimlari” (Geografiya fanlari doktori, professor Abdusami Solievich Soliev hamda biologiya fanlari doktori, professor Savriddin Baqoyevich Baqoyevlar tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlanadi) mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Konferensiyaning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda olib borilayotgan turli ko‘lamdagi iqtisodiy va ijtimoiy geografik tadqiqotlarning natijalari, dolzarb muammolari va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish, tizim-tarkib va evolyusion-dinamik yondoshuvlarga asoslangan geografik tadqiqotlar borasida tajriba almashish, iqtidorli yosh olimlarni istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarga jalb qilishdan iborat.

Konferensiya ishining asosiy yo‘nalishlari:

Anjumanning ilmiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat:

1. Biologiya fani va ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari

2. Geografiya fani va ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari

3. Kimyo fani va ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari

4. Tabiatshunoslik sohasidagi zamonaviy ta’limning dolzarb masalalari

Konferensiya o‘tkaziladigan joy – O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Buxoro davlat pedagogika instituti

Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz

Konferensiyada ishtirok etish shakllari:

- Yalpi majlisda ma’ruza (15 daqiqagacha)

- Sho‘ba yig‘ilishida ma’ruza (7 daqiqagacha)

- Konferensiya majlislarida ishtirok etmasdan, maqola chop ettirish.

Ishtirok etish uchun talabnoma va maqolalarni qabul qilish muddati:

- Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma (1-ilovaga muvofiq to‘ldiriladi) berish mudati – 2023 yil 28-martgacha;

- Maqolani taqdim qilish va badalini to‘lash muddati – 2023 yil 28 martcha. Maqolalar to‘plamining nashr harajatlarini qoplash maqsadida mualliflar har bir bet uchun 20 000 so‘mdan badal to‘lashlari lozim.

Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

1. Maqolaning hajmi – 5 betgacha.

2. Matn formati: MS Word – 2003/2007. Bet formati: A4 (210x297 mm). Har tomondan 2,5 smdan qoldiriladi. Matn faqat Times New Roman garniturasida, 14 kegl, 1,5 interval bilan teriladi.

3. Maqola matni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:

- Muallif (hammualiflar)ning familiyasi, ismi, sharifi (14 kegl);

- maqolaning katta harflar bilan 14 keglda yozilgan nomi o‘rta qismiga joylashtiriladi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);

- maqolaning qisqacha annotatsiyasi (12 kegl, kursiv; o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kenglik bo‘yicha tekislanadi;

- kalit so‘zlar (12 kegl, kursiv, 4-8ta; o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kenglik bo‘yicha tekislanadi;

- rasm va jadval nomlanishi va arab raqamlari bilan raqamlanishi (1-rasm, 1-jadval va x.k.) shart, maqola matnida ularga havola etish lozim; jadvallar ichidagi yozuvlar 11 kegldan kichik bo‘lmasligi kerak;

- foydalanilgan bibliografik manbalar “Foydalanilgan adabiyotlar” sarlavhasi ostida raqamlangan ro‘yxat tarzida maqolaning oxirida keltiriladi (12 kegl); raqamlanish – alifbo tarzida; matn ichida bibliografik havolalar faqat kvadrat kavslar ko‘rinishida ([1]) bo‘lishi lozim;

4. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan so‘ng o‘zbek, rus va ingliz tillarida 12 kegl kattaligida oddiy shrift bilan muallif (hammalliflar) haqida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, sharifi - to‘liq, ilmiy daraja va ilmiy unvon, ish joyi, lavozimi, Ye-mail).

Konferensiya materiallari to‘plamida chop ettirish uchun maqolalarni, yuqorida ko‘rsatilgan talablarga moslashtirib, quyidagi telegram profiliga yuborishingizni so‘raymiz:

1.Biologiya fani va ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari

(J.R. Raximov + 998 90 712 13 12)

2. Geografiya fani va ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari

(A.U. Usmonov + 998 91 312 92 76)

3. Kimyo fani va ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari

(N.J. Jamolova + 998 99 736 49 02)

4. Tabiatshunoslik sohasidagi zamonaviy ta’limning dolzarb masalalari

(A.K. Ergashev + 998 99 526 79 33)

Fayl nomlanishida birinchi muallifning familiyasi qo‘yiladi.

Hammualliflar soni 4tadan oshmasligi lozim.

Tashkiliy qo‘mita qo‘yilgan talablarga mos kelmagan maqolalarni konferensiya materiallari to‘plamiga kiritmaslik huquqiga o‘z zimmasida qoldiradi.

Hurmat bilan,

“Tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari va yechimlari”

Respublikailmiy-amaliy konferensiyasi tashkiliy qo‘mitasi

1-ilova

Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma

1. Familiyasi, ismi, sharifi

2. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi

3. Tashkilotning to‘liq nomi

4. Maqola (ma’ruza)ning nomi

5. Ishtirok etish shakli

6. Kontakt telefonraqami

7. Elektron pochta manzili