GIBISKUS (KITAYSKIY RÒZA)
Gibiskus_ òziga xos òsimlik. Xona gullari safiga qòshilganiga ancha bòlgan. Òziga xos bejirim kòrinishga ega. Daraxtsimon bòlib òsadi. Baxor boshlaridan gullashni boshlaydi va yoz bóyi ochilib turadi. Uning gullari katta va ranglari turli xil. Gullarini maxroviy va oddiy turi bor. Guli uzoq gullab turmaydi, biroq òrniga yangisi ochiladi.
Uy sharoitida òstirish unchalik xam qiyin emas. Yoruģ joy kifoya. Biroq yetarli yoruģlik bòlmasa tez nobud bòladi.
Gibiskusning dushmani bu_ xalq tili bilan aytganda shiradir! Shiraga qarshi bir muncha dorilar mavjud : aktara, tayfun, B 58, iskra, inektsid va xakazolardir.
20°-26°C gibiskus guli uchun mòtadil iqlim temperaturasi xisoblanadi. Biroq kun issiqda suv kòproq purkab yoki quyib turilsa issiqga xam chidaydi.
Tuproģi : 30% biogomus 30% xazon 10% tòrf 10% qum 15% drenaj.
Gibiskuslarni erta baxorda ekish tabsiya etiladi. Òziga mos ixchamroq tuvakka ekish lozim. Agar tuvagi katta bòlsa, u òsaveradi, biroq gullamaydi. Tuvakda suv tòplanib qolishi gulni nobud qiladi. Shuning uchun drenaj kòproq solinishini taminlash shart.
GIBISKUS - Daraxtsimon ushbu òsimlikni xalq tilida "kitayskaya róza" deb nomlanadi. Erta baxordan gullashni boshlaydi va yil bòyi gullab xushnud etadi. Yoruģsevar, biroq tikka quyoshga chidamsizdir.