May 13, 2024

Raqamli iqtisodiyotni ko'raman 

Raqamli iqtisodiyotni ko'raman

Muallif: 301-guruh talabasi Alijonov Behzodjon

Kalit so'zlar: internet, zamonaviy texnalogiyalar, elektron apparatlar, raqamli iqtisodiyot.

Kirish

Raqamli iqtisodiyot deganda hayolimga birinchi bo'lib hayotimizda foydalanilayotgan internet, online bozorlar ko'z oldimga keladi. Albatta oxirgi 20 yil ichida ijtimoiy hayotimizda keskin o'zgarishlar bo'lib ketdi. Iqtisodiyotimiz juda yuqori tezlikda rivojlanib ketti. Dunyoning deyarli barcha joylariga internet tarmoqlari yetib bordi. Ulardan foydalanuvchilar soni esa kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa raqamli iqtisodiyotni rivojlanishiga katta turtki bo'ldi. Oddiy iqtisodiyot o'rnini raqamli iqtisodiyot egalladi.

Asosiy qism

Hozirgi kunda korxona, tashkilotlar zamonaviy texnalogiyalar va elektron apparatlardan foydalanishmoqda. Bu albatta ishlash samarasini bir necha barobarga oshirdi. Masalan oddiy misol banklardagi amaliyotlarni deyarli ko'pchiligini hozir online ravishda qilsa bo'ladi. Bankka borip soatlab navbat kutishning hojati yo'q. Yoki oylik maoshlar plastik karta orqali to'lanilayotganligi, kassada oxiri yo'q navbatda turgandan ko' ra bu albatta ancha yaxshi. Raqamli iqtisodiyot ijtimoiy hayotimizni tezlashtiribgina qolmay uni samaraliroq va qulayroq bo'lishida ham xizmat qilmoqda. Raqamli iqtisodiyot borgan sari aniqlik, qulaylik va yuqori samaradorlikka qarab intilmoqda.

Xulosa. Bu mavzu haqida qisqacha fikrim shulardan iborat edi. Bundan keyin texnalogiyalar tobora rivojlanib boraveradi, inson omilini robot va mashinalar egallaydi, hayotimiz osonlashib boraveradi