April 27, 2024

O'zbekiston Respublikasi 

O'zbekiston Respublikasi ma'muriy huquqiy tuzilishi.

Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi 2012-yil holatiga koʻra uch bosqichga ega: birinchi bosqichga 12 viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri kiradi.

O'zbekiston Respublikasida 30 ta shahar va 170 ta tuman mavjud.

Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarga va viloyatga (respublikaga) boʻysunuvchi shaharlarga boʻlinadi. Toshkent shahri shahar tumanlariga boʻlinadi

Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston tumanlari tumanga boʻysunuvchi shaharlarga, shahar tipidagi posyolkalarga (shaharcha) va qishloq fuqarolar yigʻinlari (QFY)ga boʻlinadi.

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — oʻzbek tili. Maydoni — 448 978 km.kv. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 37 milliondan ortiq. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi.

Chegaradosh davlatlari: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston.