Raqamli iqtisodiyot va men
Muallif: 301-guruh talabasi Alijonov Behzodjon
Kalit so'zlar: internet, raqamli texnalogiyalar, elektron hukumat, zamonaviy qurilmalar.
Raqamli iqtisodiyot o'zi nima? Nima uchun raqamli iqtisodiyot? Mana bugun biz rivojlanib borayotgan texnika va texnalogiyalar zamonida ulg'aymoqdamiz. Atrofimizni kundan kunga yangi innovatsiyalar, zamonaviy qurilmalar va elektron gajetlar qamrab olmoqda. Ular bizga hayotimizning bir bo'lagi bo'lib xizmat qilmoqda. Hayotning har bir bosqichi manashu raqamli olam ostida o'tmoqda.
Dunyo raqamli texnalogiyalar asriga aylanib bormoqda. Umuman olganda men raqamli iqtisodiyot deganda odamlarning raqamli texnalogiyalar, zamonaviy qurilmalar, va internetdan foydalanishlarini tushunaman. Biz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz desam adashmagan bo'laman. Yurtimizda ham raqamli iqtisodiyot juda tez rivojlanib bormoqda. Masalan: elektron hukumatimizda yangi platformalar yaratilishi, (my.gov.uz, soliq.uz, my.mehnat.uz va hokozo) online bozorlarimizni ommalashib borishi, ishlab chiqarishda zamonaviy texnikalarning ishtirok etishi, kriptovalyutalarni asta-sekin kirib kelishi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Albatta bularning hammasi bizga juda katta imkoniyat va qulayliklar yaratmoqda. Masalan kredit olish uchun bankka borish shart emas, kommunal to'lovlarni uyingizda turgan holda qila olasiz, oziq ovqat va kiyim-kechaklarni o'zlari siz hoxlagan paytda yetkazib berishadi. Raqamli texnalogiyalar bizga tezroq, sifatliroq va qulayroq ishlashimizda katta yordam bermoqda. Raqamli iqtisodiyotni bunday tez rivojlanishiga esa o'sib borayotgan internet foydalanuvchilari, zamonaviy texnalogiyalarga talabning yuqoriligi sabab bolmoqda deb o'ylayman. Bu esa o'z navbatida o'zaro raqobatni oshishishiga, raqobat esa uni rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.
Raqamli iqtisodiyot haqida fikrim shuki endi bu o'sishdan to'xtamaydi. Insonlarning turmush tarzi tobora yaxshilanib boradi. Bundan keyingi hayot raqamli texnalogiyalar ustida quriladi.