October 20

40-Nuriston saylov ogrugidan

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzod

40-Nuriston saylov ogrugidan хalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzod

IMOMOVA Gulchehra Muhammadievna 1960 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1981 yili Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand pedagogika institutini tamomlagan.

Imomova Gulchehra Muhammadievna Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori. 2024 yilda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi.

Imomova Gulchehra Muhammadievna Qarshi davlat universetetida 1986 yildan ish boshlab, ayni vaqtda universitetning filologiya fakulteti Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi professori vazifasida ishlab kelmoqda.

Qarshi davlat universitetining Olimalar kengashi raisi.

Imomova Gulchehra Muhammadievna faoliyati davomida o‘zbek tilining yanada sayqal topishida, filologiya yo‘nalishida innovatsion va amaliy tadqiqotlar olib borish, ixtisoslik bo‘yicha chuqur fundamental bilimlarga ega bo‘lgan shogirdlarga ta’lim berish, amaliy filologiyaga doir yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyot va ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.


Agar IMOMOVA Gulchehra Muhammadievnaga ovoz bersangiz, aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshirishda:

Pensiya yoshini o‘zgartirmasdan, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yetarli bo‘lishiga erishish;

Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tillarida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash hamda qurilish sohasida samarali nazoratni amalga oshirish;

Aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish;

Fuqaro kommunal xizmatlardan asos siz yoki ta’minotchining aybi bilan uzilgan taqdirda ta’minotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya to‘lash tizimini joriy etish; Barcha uchun malakali tibbiy xizmat imkoniyatlarini yaratish, dori-darmon, protez-ortopediya vositalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordamlarni imtiyozli taqdim etish;

Fuqarolarga ta’limning barcha yo‘nalishlarida teng imkoniyatlar yaratish; Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sonini 20 nafardan, yuqori sinflarda esa 24 nafardan oshirmaslik;

Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini amalga oshirish, iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini saqlab qolish, kambag‘allikni qisqartirish hamda bank-kredit sohasini rivojlantirish;

Ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarning narxlari ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

Ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish;

Mahalliy investorlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ularga xorijiy investorlar bilan bir xil imtiyozlar berish;

Aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qaror loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishida tashabbus ko‘rsatadi.