O'zbekistonda o'tkazilgan I, II, III Toshkent xalqaro investitsiya Forumi
1- Toshkent xalqaro investitsiyalar forumi Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashishdan manfaatdor yirik xorijiy investitsiyalar, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratilgan bo'lib, 2022 yil 24-26- mart kunlari o'tkazilgan.
Tadbirda 2 mingdan ortiq ishtirokchilar — jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.
2-Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi 2023-yil 27-28-aprel kunlari bo'lib o'tgan. Ikkinchi “Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi–2023” yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar, 167 ta hujjar imzolangan. Unda dunyoning 70 davlatidan 2,5 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etgan.
Ushbu tadbir O‘zbekistonning investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro darajada muhim e’tibor qozongan.
3-Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 26,6 milliard dollar bo‘lgan kelishuvlar imzolandi.3 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg‘or tajriba almashish maydoniga aylandi.Tadbir doirasida panel sessiyalari, muhokamalar, biznes nonushta va davra suhbatlari o‘tkazildi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda davlat, investorlar va tadbirkorlarning roli markaziy mavzulardan biriga aylandi.