February 22, 2024

Toshkent davlat yuridik universitetida "Tsul quiz show" o'tkazildi

2024-yilning 22-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs talabalari o'rtasida "Tsul quiz show" tanlovi bo'lib o'tdi. Qiziqarli bahs va munozaralarga boy bo'lgan ushbu tanlovda 1-kurs guruh sardorlaridan iborat "Olimp" va "Van Cleef" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Berilgan shartlar asosida yig'ilgan ballarga ko'ra "Van Cleef" jamoasi 490-483 hisobida "Olimp" jamoasini mag'lub etib, tanlov g'olibiga aylandi.

G'olib bo'lgan jamoa a'zolari esdalik sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Batafsil👇👇👇👇