August 15, 2020

TOMAS EDISON

👉 @Beruniytuman_AKM

Baʼzan bir ogʼiz yaxshi gap insonning kelajagiga poydevor boʼlishi mumkin ekan. Lampochkani ixtiro qilgan Tomas Edison bolalik paytida maktabdan uyiga kelgach onasiga konvertga solingan xatni berdi va:
Buni oʼqituvchimiz sizga berib yubordi,  dedi.
Ona xatni oʼqir ekan, koʼzlari yoshga to'ldi. Bundan xijolat yosh Tomas xavotirga tushib yigʼining sababini soʼradi. Onasi ancha xotirjamlik ila javob berdi:

Sening kuchli qobiliyating bor ekan. Mana eshit:

"Oʼgʼlingiz oʼta iqtidorli, maktab unga va uning qobiliyatiga torlik qiladi. Shuning uchun oʼgʼlingiz uyida taʼlim ola qolsin!".

Shunday qilib Edison oʼz uyida onasidan tarbiya ola boshladi. Oradan bir qancha yillar oʼtdi. U lampochkani ixtiro qildi.
Vaqti soati yetib uning onasi vafot etdi. Onasining vafotidan keyin olim shkaftdan bir konvertni topib oldi. Аncha yil oʼtgan boʼlsa-da, xatni tanidi. Bu  oʼsha bolaligida maktabdan kelgan xat edi. Bir zum tarix ogʼushiga shoʼngʼigan Edison xatni oʼz koʼzi bilan oʼqiy boshladi. Unda shunday deb yozilgan edi:
"Oʼgʼlingiz oʼta beaql va qobiliyatsiz bola. Ertadan boshlab qaytib maktabga kelmasin!"
Edison ancha vaqtgacha yigʼisini toʼxtata olmadi. Soʼng xotiralar daftariga quyidagi soʼzlarni bitib qoʼydi:
“Edison haqiqatan ham oʼta kaltafahm bola edi. Biroq onasining donoligi sababli isteʼdod sohibiga aylandi”.

👉 https://t.me/Beruniytuman_AKM