𝐿𝑜𝑣𝑒 𝑎𝑠 𝑓𝑎𝑖𝑟𝑦𝑡𝑎𝑙𝑒
Men shunchaki uni qattiq sevaman uning qarashlari va kulgusi qoʻllarimdan mayin tutushi..yorqin tabassumi va menga sevgi toʻla koʻzlari bilan termulishi lekin...menga azob berayotgan bir narsa..u boshqasi bilan turmush qurushi...nima uchun meni taqdirim shunday qalbim bilan qattiq sevgan barcha insonlarim meni tark etishmoqda..
Oʻy hayollari bilan band boʻlgan qiz unga bir nimalar deya soʻzlayotgan Hanaga ham hozirda e'tibor berishni hohlamayotgandek goʻyo...
-Lia meni eshityapsanmi? Liani koʻzlari oldida qoʻllarini qarsillatgan qiz boshini eggancha unga termuldi..
-Ha eshityapman Hana..chuqur hoʻrsingan Lia uyqusizlikdan qizargan koʻzlarini ishqaladi..
-Taom tayyorlash zarur..eshitdingmi malika Sofya bizni saroyga tashrif buyuribdi...Hafsalasiz lablarini burdi qiz..
-Sofya..taajublangan Lia oʻtirgan joyidan qoʻzgʻalgancha stol ustiga qoʻllarini joyladi..Qachon kelibdi? Asabiy qoʻshlarini chimirgan Lia.
-Kecha tunda buni bizdan sir saqlashdi..Yoonho janoblari oʻzlari uni kutib olganlar..
-Menga qiziq emas...chimirilgan qoshlari bilan eshik tomon harakatlangan qiz eshik tutqichini bir muddat sukut saqlagancha qoʻllarida uslab turdida ortiga oʻgrildi..Hana meni mazam yoʻq maylimi men dam olaman?
-Albatta dam olaver taomlarni bosh oshpaz tayyorlasin deb Janob Yoonho takidlagan edi..
-Hursandman..Hohlamaygina tabassum qilgan Lia..eshikni ochgancha oshxonani tark etdi.
**
Oyna tomon qaratilgan nigohlari bilan bogʻni tomosha qilayotgan yigit unga soʻzlayotgan amakisiga ora orada koʻz tashlab qoʻyardi.
-Bazm haqida men bilan maslaxat qilish kerak edi..tanbex bergandek boʻldi yigit..
-Sen band eding..ahir men sening maslaxatching boʻlsam.. faxr bilan yoqasini toʻgirladi Yoonho..
-Maslaxatchi degani meni ruxsatimsiz biror ishni oʻzvoshimchalik bilan bajarish kerak degani emas...Jaxlini boshqara olgan yigit..qoʻshlarini koʻtargancha amakisidan javob kutardi..
-Hali bu bazm senga yoqadi Taehyung...Mamnuniyat bilan soʻzlagan Yoonho oldidagi finjondagi qaxvadan bir hoʻpladi..
**
Odamni oʻziga rom etuvchi qasr..doimgidek atrofda tozalik hukmronlik qilmoqda..bazm tayyorgarligi bilan uyoqdan buyoqqa yugurayotgan hizmatchilarga koʻprok yuk tushgan hozirda...
Uzun yoʻlak boʻylab qadam bosayotgan qiz yoʻlak ohiriga yetmasdan uni qoʻllaridan tutgan qoʻllarni sezarkan qichqirish uchun shaylangan koyi uni ogʻzi uzun barmoqlar tomonidan yopildi...
Unga tanish ovoz quloqlari yaqinida jaranglarkan qoʻrquvdan yurak ritmi tezlashgan qiz sovuq devorga tiralganini his qildi..
-Taehyung qoʻrqitib yubordingiz...qoʻllari bilan yurak qismini ushlagan qiz tartibsiz nafas olgan koyi unga termulib turgan yugitni maxkam quchdi.
-Hoy...javoban qizni quchogʻiga olgan yigit...uni sochlarini silagancha oʻziga qaratdi..Seni sogʻindim..bir saroyda boʻlsak ham sen bilan koʻrisha olmayapman..chuqur hoʻrsindi yigit..
-Albatta koʻrisha olmaysiz ahir turmush qurush arafasidasiz...asabiylik bilan yigitni oʻzidan salgina itargan qiz..Taehyung unga yanada yaqin kelganini his qildi..
-Malikam meni rashk qilyaptimi? Lablariga oʻynoqi tabassum olgan yigit baquvvat qoʻllarini qizni belidan oʻtkazgancha oʻzoga yaqinlashtirdi..
Shundoqqina uni kuydiruvchi nafasi yuzimga urulib turibdi..Har galgidek u meni aqldan ozdirmoqda..ehtiros aralash shivirlashlari meni tamom qilayotgandek goʻyo..uni sevmaslikka qancha harakat qilmay uni battorroq sevib bormoqdaman...Men yengilaman..uni teginishlari menga zavq berayotgandek..fikrlarim hiralashishni boshlaydi...oʻylab boʻlmas fikrlar ummoniga gʻark qiladi u meni...
Qizni tanasi boʻylab sayr qilayotgan yigitning barmoqlari qizga zavq berayotgandek goʻyo..lekin oʻzini qoʻlga olishga urunayotgan Lia tartibsiz olayotgan nafasini rostlash bilan ovvora..Ammo yigit barmoqlar yordamida qizni erkalashdan toʻxtagani yoʻq.
-Taehyung bas qilin...kimdur koʻrib qolishi mumkin..bu ikkimiz uchun ham uyat hisoblanadi.. Tanasi boʻylab uchayotgan kapalaklar tufayli..nafas rostlay olmagan qiz yigitni qoʻllaridan maxkam tutdi..
-Menga buni farqi yoʻq..odamlarni fikri men uchun qiziq emas..qizni yuzigacha egilgan yigit..uni yanada oʻziga tortgancha tanasi bilan birlashtirdi..Oʻzingni boʻsh qoʻy..titrama masxara qilgandek boʻldi u.
-Titramaslikning ilojisi yoʻq...pastki labini tishlagan qiz oʻpkasiga toʻldirib nafas olgan koyi..yigitni qoʻllaridan maxkamroq tutdi..
Bir muddat qizni lablarini oʻrgangan yigit..asta unga yaqinlasha boshladi...Lekin bu boʻsa Lia kutgandek mayin emas...Yumshoq lablarga botirilayotgan tishlar tufayli ingroq ovoz chiqargan qizni bellaridan maxkamroq quchgan yigit..hozirda unga toʻymoqda..hayotni bir zum ichida unutgandek goʻyo..unga zavq berayotgan bu lablarga toʻymaydi u hozirda.. Hattoki nafas yetishmasa ham toʻxtamayotgan Taehyung asta sekinlasha boshladi...Qiz hali hamon sovuq devorni va issiq tana uygʻunlashuvini his qilmoqda..Qizni bellaridan oʻralgan yigitning qoʻllari ora orada tanani mayin siypalashi qizni tamom qilishga ulgurgan..Tanadagi mayinlik lekin lablardagi ogʻriq tufayli qiz butkul oʻzini yoʻqotkandek goʻyo..Asta lablar bir biridan izularkan qizdan hali toʻliq uzoqlashmagan yigit..mayin shivirlagancha..uni yuzlaridan tutdi..
-Nima uchun senga toʻymayapman? Savol ila qizni taxlikaga solgan Taehyung hozirda Liadan javob kutmoqda..Seni lablarinda asal bordek..
-Asal? Savolga savol bilan javob qilgan qiz lablaridagi ogʻriq tufayli yuzlarini burushtirdi...
-Ha asal yana bir bor shirinlik nomini tiliga olgan yigit..mayin tabassum qildi...Qizni boʻyniga yuziga koʻmgancha chuqur hidladi..Sen menimcha har kuni atirgullar orasida uhlaysan shundaymi? Chunki sendan oʻtkir atirgul ifori urulib turadi..Menga esa atirgullar yoqadi...
Yigitga javob qaytarmay shunchaki termulib turgan Lia koʻzlarini katta katta ochgancha sovuq haroratli devordan uzoqlashdi...
**
Mehmonlar bilan toʻlgan katta zal bazm boshlanganidan dalolat berardi...Oʻbroli qirollar va ularning oilasi bilan toʻlgan bazmi hayray bilan chetroqda kuzatib turgan qiz dugonasiga katta ochilgan koʻzlari bilan ora orada nazar solib qoʻyardi..
-Bazm bunday ajoyib boʻladi deb oʻylamagan edim..quvonchini yashirolmay soʻzladi Lia..
-Ha qachon biz ham shunday hashamatli koʻylaklarda bazmda ishtiroq etarkanmiz..hafsalasiz hoʻrsindi Hana..
-Taqdirimizga yozilgan kunda albatta...faqat bu uchun vaqt kerak..yelka qisgan boʻldi Lia..
-Ishonching komilmi? Hayratlangan Hana dugonasini oʻziga qaratdi..Sen folbinmisan Lia? Ahir biz malika emasmiz..bunday bazmlar biz uchun emas....
-Bazmlar faqat malikalar uchun emas albatta Hana...nigohlarini yana oʻsha boy insonlarga qadagan Lia..ular orasida oʻzi uchun tanish boʻlgan chexrani koʻrar ekan beixtiyor lablariga tabassum yugurdi..Taehyung qolganlardan ajrab turibdi...yuraksimon lablaridagi toʻrtburchak kulgusi bilan Liani aqldan ozdiradi.
**
Bazmni bir chetda kuzatayotgan qiz nozli qadamlar bilan Yoonho imlagan joyga yura boshladi...Qizga koʻzi tushgan Yoonho jiyani boʻlmish Taehyunni salgina turtgancha qizga e'tibor qaratishini hohlardi..
-Oo malika Sofya..doimgidek goʻzalsiz..qizni qoʻllarida oʻpich qoldirgan Yoonho Taehyunga manoli qarab turardi..
Odobdan uzoqlashmagan holda qizga mayin jilmayib qoʻllaridan tutgan Taehyung hohlamaygina uni qoʻllarida oʻpich qoldirdi..
-Raxmat Yoonho..lablarini burgan holda tabassum qilgan Sofya nigohlarini Taehyunga qadagancha soxta kulgu hosil qildi...
-Menga Taehyungni kelishgan deyishgandi..tomoq qirib gap boshladi Sofya..Lekin odamlar yanglishibdi..Taehyung ular aytganchalik kelishgan emas ekan..u haddan tashqari kelishgan ekan men bunchalik tasavvur qilmagandim..Meni aqlimni oʻgʻirladingiz Janob Taehyung...koʻz qiri bilan nigohlarini uzmadi Sofya..
Lab chetida jilmaygan Taehyung qizga tashakkur degandek bosh silkigancha soʻzga kirdi.
-Mulozamatni qoyillatar ekansiz Sofya honim...
-Ahh Taehyung ahir bu mulozamat emas..siz chindan kelishgan yigitsiz..buni inkor qilmang...
**
Bazm tugash arafasida ekan charchashga ulgurgan mehmonlar asta sekinlik bilan uylariga yani qasrlariga tarqala boshladilar..
**
-Amaki u saroyda qoladi deganingiz nimasi ahir men sizga aytgandim men u bilan turmush qurmayman deb..
-Turmush qurushga majbursan Taehyung men u bilan shartnoma tuzganman..u bizni saroyda qoladi va sen bilan turmush quradi buni evaziga Sofyaning akasi bizga oltin bergan..
-Oltin...amaki aqlingizni yedingizmi? Siz qachon oltinga toʻyasiz.. shu oltinni deb uni baxtiga zomin boʻlishingiz hayolingizga kelmadimi? Asabiyligi ortgan yigit musht qilingan qoʻllari bilan stolga urdi..
Eshikdan kirib kelgan qiz chimirlgan qoshlari bilan Taehyunga boqarkan..mayda qadamlar bilan unga yaqinlashdi..
-Malika Sofya men siz bilan turmush qurmayman..qat'iatlik bilan gapini davom ettirdi yigit...madomiki sulx tuzulgan ekan endi saroyga qaytib ketishingiz bu ikki qirollik uchun ham uyat mening nazarimda..shuning uchun bir necha oy bizni saroyda qoling..lekin yana takrorlayman men siz bilan turmush qurmayman..Meni sevgan insonim bor..ikkimiz ham bir birimizni qattiq sevamiz..men faqat unga uylanaman..
Taehyungning gaplariga hayratlangan Yoonho kattalashgan koʻzlari bilan unga yaqin keldi..
-Ahir Taehyung nimalar deyapsan...Kim u? Yigitni savolga tutdi Yoonho..
-Lia..qat'iatlik bilan soʻzladi yigit..Men faqat Lia bilan turmush quraman...Gap tamom...Eslatib qoʻyay Yoonho amakisini ismi bilan tilga olgan yigit bosh barmogʻini uning peshonasiga qadagancha gapini davom ettirdi..Sofyani baxtlizligiga siz sababchisiz aybni mendan yoki Liadan dan qidirmang!
Boʻlgan ishlardan karaxt holda oʻtirgan qiz yana bir bor barini taxlil qilardi..
Naxotki u menga turmush qurushni taklif qildi..naxotki men unga turmushga chiqdim..biz bir oilamiz...Men koʻzlarimga ishonmayman bari ajoyib...men baxtliman..baxtdan oyoqlarini silkitgancha quvongan qiz kenga tabassum qilgancha oʻrnidan turarkan ochilgan eshiklar ovozini eshitgacha ortga oʻgrildi..
-Taehyung..hayajon ila soʻzladi qiz..hozirda Lianing yuragi haddan tashqari tez urmoqda..Birinchi kecha boʻlganligi sabab qorquv hissi uning butun tanasini egallashga ulgurgan...
Hech bir soʻzsiz qizga yaqinlash yigit uni maxkam quchdi..
-Endi menikisan...butkul..ehtiros ila..soʻzladi yigit.
U mukammal oʻzgalarga aslo oʻxshamaydi...uni sevaman qalbimning tub tubidan unga telbalarcha oshiqman...
Qizga yaqin kelgan yigit uni ohista koʻtargancha yotoqqa qulatdi...
-Taehyung men hali tayyor emasman..noligandek boʻldi qiz..
Hozirda uning koʻzlarida hirs nomoyon boʻlmoqda qizning gaplarini tinglamaydi...
Soniyalar ketidan daqiqalar va qizning egnidan sirpanib tushgan shoyi koʻylak....yigitning issiq nafasi va aqldan ozdiruvchi boʻsasi....