June 3

𝐈'𝐦 𝐈𝐃𝐎𝐋

I'm Idol

Sen oʻylaganingdan koʻra kuchliroqman...

Author: ℒ𝒾𝒶𝓃𝒶

ー3-Bob: " Rahmat "ー Muallif: @bexzodovvna


ー Hayot tasodiflarga boy-a? Har kun qandaydir moʻjiza yoki halokat yuz beradi. Bir kun senga kulib boqqan hayot ertaga senga mayus boqadi va yana tushkunlikka tushasan lekin hecham taslim boʻlmaslik kerak iloji boricha faqat harakat va ma'suliyat.....

~Qishning sovuq koʻchalaridan birida qiz xursand boʻlib ketar ekan huddiki hamma yoq unga Bahorga aylangandek...
Tabassum bilan mehmonxonaga yetib kelgan qiz koʻzlari quvonchdan porlayotganini mehmonxona xodimlari ham koʻrib sezishdi.

-Anuv qizni qara ogʻzi qulogiga yetay dediyaaa

-Ha nimasini aytasan tilla topib oldimi deymanda

-Men tilla topib olsam ham bunday xursand boʻlmayman menimcha u o'ziga er topgan

- eee hammani ozingdek koʻrma er qidiradigan odam bitta sen

Mehmonxona xodimlari bir birlari bilan pichirlashib kulishib qolishdi...
Bu ovozlarni bittasiniyam eshitmagan qiz sekin oʻzi uchun band qilingan xonasiga borib narsalarini yigishtira boshladi. Uydan shoshib chiqqani uchun uncha kiyim ham boshqa narsalarni ham olishga ulgurmagan edi...

Hamma narsani bitta chemodaniga joylashtirib boʻlgan qiz sekin mehmonxonadan chiqib unga endi ikkinchi uy boʻlib qolgan makonga qarab yoʻl oldi.. 15 daqiqa oʻtar oʻtmas qiz uyga yetib bordi bu safar qoʻshnini itiga koʻrinmaslikka harakat qildi va buni epladi .

Mamnunlik hisi bilan Liana Thvni uyini darvozasini qo'ng'iroqini chaldi va uydan Taeni oʻzi chiqib keldi....

Tae~

Liana: Salom janob aa yoʻgʻe Tae dedi qiz jilmayib

Tae: hmm Salom dedi va qizni ichkariga kirishiga yoʻl berdi

Ikkisi bir katta hashamatli uyning ikkinchi etajiga chiqishdi va Tae qizga bir xonani korsatdi.

Tae: mana bu xona senga yonidagisi meniki bemalol qorqmasdan dam olaver

Liana: aha hop raxmat deya qiz jilmayib qoʻydi va xonaga kirib ketdi hona juda chiroyli va bejirim stilda bezatilgan edi hona tashqarisida balkon bor edi bu balkon esa yonidagi xonani balkoni bilan tutashgan edi...

Qiz narsalarini asta sekin joylashtirib boʻlgandan soʻng kiyimini almashtirib chiqib pastga tushib Taeni bunisini qidira boshladi va xonalarni qidira boshladi...

Qiz toʻsatdan bir xonaga kirib qoldi u yerda juda koʻp sertifikat va Taeni saxnadagi rasmlari bor xonalardan biri edi...

Liana Pov:
Nahotki u Idol boʻlgan boʻlsa qoyil qolmasdan iloj yoʻq. Yo tangrim bunchalar mehribonsan qandayin yelkamga baxt qushi qoʻndiyey endi Idol boʻlishimga yordam beradi. Deya qiz ichida oʻylab sevinib rasmlarni tomosha qilayotgan payt birdan orqadan ovoz eshitdi va qarasa Tae turgan edi u Lianaga shundayin nigoh bilan qarayotgan ediki huddi yeb qoʻygudek...

..~

Qizning ham kozlari erkakniga qadaldi 10 soniya oʻtmasdan Taeni ichida gʻalati his tuygu uygondi huddiki ichidan kimdir juda ogʻriq berayotgandek edi...
Va erkak kozini uzdi va qizga qarab gapirdi...

Tae: bu xonaga kirishingni taqiqilayman

Liana: nega?

Tae: shunchaki buni xohlamayabman

Liana: Tae siz rostan ham Idol boʻlganmisiz oldin?

Tae: Seni nima ishing bor

Liana: axir men ham Idol boʻlmoqchiman menga yordam bering raqsga tushishni oʻrgatin iltimos

Tae: iltijo qilganlarni xushlamayman deya boshqa xonaga chiqib ketdi....

Liana: unda nima qilay deb qoʻydi qiz oʻziga ozi

Liana uyni koʻzdan kechirar ekan juda chiroyli edi...
Hayratlanib kozidagi quvonch bilan aylanib yurar edi...

Bir payt birdan boshqa bir xonadan uyning narigi burchagidan pianino ovozi chiqardi...
Qiz hayratlanib qiziqanicha osha xona tomon yurdi va eshikni ochib qarasa Tae pianino chalyotgan edi .....

Tae~

Qizning Taega boʻlgan qiziqishi har daqiqada oshib borar edi...

Liana: siz pianino chalishni ham bilasizmi?

Tae: ha deya kuy chalishda davom etarkan

Liana: men ham sinab koʻrmoqchiman

Tae: mmmm hop kel

Qiz xursand boʻlgancha pianino qarshisizdagi stuldan joy oldi..

Liana: avval qanday chakishni orgatmaysizmi?

Tae: huddi bola asrab olgandek bolib qoldim tovba hop mana birinchi mana bunday qilinadi deya tushuntirishni boshladi....

Tae & Liana~

ーErkak qizga asta sekin pianino chalishni o'rgatishni boshladi avval oʻzi chalib koʻrsatib berdi keyin esa navbat qizga keldi. Qiz nozik barmoqlarini ohista pianino klavishlari boʻylab yurgizar ekan qanday kuy chiqayotgani ahamiyatsiz edi. Bu har xil ovozlar erkakning gʻashiga tegdi va qöl kaftlarini qiznikini ustiga qoyib qizning yuzini yoniga biroz egildi..Qoʻllari ustidagi qoʻllarni his etgan qiz darrov Erkak tomonga qaradi. Ikki insonning yuzi bir biriga juda yaqin boʻlib qolganidan bir birining nafasini eshitishardi va koʻzlar esa bir birinikiga qadalgan va ikkisi ham bir birining koʻzlariga ichiga shoʻngʻib ketish arafasida.....
Va birdan erkakning koʻzi qizning lablariga tushdi bu lablar uning nechchidir yilgi takrorlanmas sevgisi Elyanorani eslatib yubordi. Ha toʻgʻri koʻzlar ham lablar ham deyarli Elyanoranikidak bir xil edi....

Bir daqiqaga yetmasdan Erkak koʻzlarini olib qochib narigi xonaga oʻtib ketdi va tinchlanish uchun javondan ichkilik olib stakanga quygancha xonaning balkoniga chiqib atrofni kuzatishni boshladi.. yuzidagi gʻamgin tabassum koʻzlardagi nim yoshlar erkakning yarasi yangilanganligidan dalolat berardi...
Qiz esa pianino oldida hayron boʻlguncha qolib ketdi chunki qiz ham erkakning yuzidagi gʻamginlikni koʻrgan edi....

ーLiana va Elyanora oʻrtasidagi yana bir oʻxshashlik nima deysizmi bu ularning ikkalasi ham koreys emas inglizliklaridadir.. Liana ham erkakning uyiga kelganida Taehyungning bemalol ingliz tilida gaplasha olganligi ham bejizga emas....

Erkak ichkilik ichgancha xotiralar esiga tushaverdi. Va bu narsa Taeni juda azoblardi....

ー 6 yil oldin:

Tae: Elyanora bugun albatta bizning eng sevimli kunlarimizdan biri boʻladi

Elyanora: ha to'g'ri dedi qiz jilmayib, qandayin xursandman ham Idol boʻlamiz ham yana birgamiz

Tae: ha albatta bunga esa ikkimizni ham qattiq harakatimiz sabab endi natikasini ketamiz

Elyanora: ha albatta seni sevaman va buni nechi martada boʻlsa ham aytaveraman

Tae: Men ham deya yigit qizning labiga yaqin kelib egilib bir necha daqiqalik boʻsa oldi...

Ikki sevishgan nechinchidir osmonda uchib yurgan vaqt ularga hech narsa toʻsqinlik qilmasdi....

ー Hamma Idollar tanlab olingandan soʻng elon qilindi ammo ular orasida omadsizlar ham koʻp edi...
Elyanoraga ham Idol boʻlishi nasb qilmagan ekan...

Hakamlarning aytishi boʻyicha yo Taehyungni yo Elyanorani tanlash kerak boʻlgan va ammo qiz Idollar koʻpayib ketganligi uchun Elyanorani qabul qilishmagan ekan garchi uning chiqishi betakror boʻlsada......

Ammo Elyanora buni ataylab qilishgan va uyushtirilgan deb òylashdi chunki hamma auditoriya ham Elyanoraga koproq qarsak chalib olqishlashgan edi va Show tugadi hamma uyiga ketayotgan bir payt Elyanora va Tae gaplashib olishga qaror qilishdi....

Elyanora: Tae nahotki sen buni ataylab qilding?

Tae: nimalar deyayabsan oʻz jonimdan ortiq koʻradigan odamimga ham shunday qilamanmi

Elyanora: Tae men seni sevaman lekin mening orzuyim edi Idol boʻlish deya qiz kozidan yosh chiqardi

Tae: buni men ham orzu qilmadimmi va buning uchun uzur va rahmat, havotir olma keyingi safar eng ideali boʻlishing uchun harakat qilamiz

Elyanora: kerak emas! Deya qiz piyodalar yoʻlakchasidan shoshib oʻtib ketdi qizning orqasidan Erkak ham yugurib ketdi lekin u payti moshinalar uchun yashil chiroq yonib boʻlgan edi .....

Tae avtohalokatga uchradi va oxirgi koʻrgan nigohlari Elyanorani yiglayotgan koʻzlari edi........

Tae 1 oy shifoxonada davolandi va ancha tuzaldi lekin u paytda Elyanorani umuman koʻrmadi doktordan chiqdi qizni qidirdi lekin baribir Elyanora yoʻq edi....

Yigit taslim boʻlgancha faqat e'tiborini oʻz kasbiga qaratdi va qisqa muddat ichida juda koʻp yutuqlarga erishdi..

Va ohirgi yutugini olganda ichidan shunday deb qoʻya qoldi:

Tae: Rahmat Elyanora deya koʻziga biroz yosh ham oldi.....

"Rahmat"
Written by Liana