𝑳𝒐𝒗𝒆 𝒂𝒔 𝒇𝒂𝒊𝒓𝒚𝒕𝒂𝒍𝒆
~𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊-𝒃𝒖 𝒚𝒖𝒓𝒂𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛𝒅𝒂 𝒚𝒂𝒔𝒉𝒊𝒓𝒊𝒃 𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒐'𝒛 𝒆𝒓𝒕𝒂𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒌𝒂𝒔𝒉𝒇 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉𝒅𝒊𝒓...
-1Bob- "𝐇𝐚𝐲𝐨𝐭𝐠𝐚 𝐪𝐚𝐲𝐭𝐢𝐬𝐡"
-Kanal- 𝐇𝐞𝐥𝐥𝐬𝐢𝐧𝐠
-Muallif- @bexzodovvna
~Shu 2 yil ichida meni hayotim shu darajada ozgarib ketishi haqida hatto o'ylab ham kormagan ekanman......
Ularni sogindim ....meni dunyoga kelishimga, voyaga yetishimga sababchi bolgan ota onamni sogindim..........
Qalbim ...yuragimning tub tubi juda qattiq ogrimoqda.....men shunga loyiqmidim..... otq onamsiz hayotga loyiqmidim?....... Men harakat qilmoqdaman kuchli qiz bolishga harakat qilmoqdaman lekin afsus bu qolimdan kelmayabdi............
dadajon meni kechiring huddi siz kabi kuchli bolisjga vada bergandim lekin vadamni ustidan chiqa olmayabman............
Hayollar og'ushida bir muddat dardlarini yangilagan Lia telefoniga kelgan sms habar chalgitgandek boldi. Chuqur ho'rsingan qiz habar kimdan kelganini tekshirish maqsadida telefonini qolga oldi........ Chon xonim deb saqlangan raqamdan kelgan habar...... Habarni oqigan Lia yana bir bor chuqur uff tortgancha yotoqdan qozgaldi........
𝐇𝐚𝐛𝐚𝐫𝐝𝐚~ " Lia agar bugun ham universitetga kelmasang ... biz bilan hayrlashaver...Bahonalarni eshitishga toqatim yoq ! " .
Ogir qadamlar bilan yuvinish xonasiga yol olgan qiq xohlamaygina qadam bosardi....... oynada oz aksini korgach oz oziga rahmi kelib ketdi........ kop yiglashdan qizarib ketganqora shokoladni eslatuvchi qorachiqlarga ega kozlar ...... rangsiz tusga kirgan yuz terisi .......... suvsizlikdan qurib ketgan alvon rangini yoqotgan lablar. Oz aksiga bir necha muddat termulib turgan qiz yuzini sovuq suvda yuvgancha oziga kelgandek boldi....
Yengil pardoz qilib yana oz aksiga termulgancha qarab qoldi.......
- Senga kulish yarashadi Lia......tabassum qilib yur...
qiz oziga taskin bergandek yuziga nim tabassum yugurdi.
Nonushta qilishga ham eringan Lia oshxonaga biroz nazar soldiyu.. uydan chiqib ketdi.
Universitetga kech qolmaslik uchun qadamlarini tezlashtirgancha aftobus bekati tomon yugurardi. Bir necha daqiqalardan song u kutgan aftobus ham bekatga kelib toxtadi..... kech qolmaganligi uchun labiga nima tabassum yugurgan qiz bugun menga omad kulib boqdi deya aftobusdan joy oldi... doimgidek aftobus odamlarga tola deyarli aftobusdagi odamlarning yarmini oquvchilardan iborat.
Chunki aftobus doimgidek oquvchilar uchun arzon va qulay. Liani ham maxsus taxi chaqirishga ortiqcha mablagi yoq.
Hayot zarbalatiga tan bergan qiz hozirda qorni toq va usti butligidan hursand.......
Vanihoyat aftobus kerakli bekatga kelib toxtarkan bir necha metr nariroqda joylashgan universitetga kozi tushdiyu sumkasini yelkasiga ilgancha aftobusdan tushdi....
Doimgidek oʻquvchilar bilan toʻla bilim maskani. Anchadan beri universtitetga kelmagan Lia uni eshiklaridan kirib borarkan koʻzlari atrofni oʻrganardi..Oʻsha oʻsha oʻzgarmagan dekaratsiya..taniqli yozuvchilar va ardoqli shaxslar portretlari bilan toʻlgan devorlar...sovuq ranglar uygʻunlashuvi...ogʻir qadamlar bilan ikkinchi qavatga koʻtarilgan qiz hozir professor Chon honimdan tanbex eshitishini oʻylagancha zinalardan birma bir tepaga koʻtarilardi...oʻz hayollari bilan hech kimga e'tibor bermay ketarkan oldidan chiqqan ulkan tanaga boshdan oyoq nazar solgancha joyida taxtadek qotib qoldi.
Lia: Hyunjin sen bu yerda nima qilyapsan..yoyiq turgan qoshlarini chimirgan qiz yigitga maximal darajada yaqin turganini sezgach bir qadam ortga qadam bosdi..
Hyunjin: Salom qani ohucha...yigit labiga oʻynoqi tabassum olgancha qizga yanada yaqinroq keldi..Qachongacha mendan qochib yurmoqchi boʻlganding...baribir meniki boʻlasan demaganmidim...qoʻllarini yon choʻntagiga solgan yigit qizni yuzigacha egildi...endilikda nihohlar toʻqnashgan..
Lia: Bas qil..sen chegaralarni buzyapsan mendan nariroq tur...qiz ikki kaftini yigitni koʻksiga qoʻyagncha oʻzidan itarmoqchi boʻldi ammo yigit qizni bilagidan maxkam ushlagancha oʻziga yanada yaqinroq tortdi..
Hyunjin: Doʻstligimiz haqqi meni eshit ohucham...
Lia: Meni bunday atashni bas qil...qolaversa oʻsha kuni sen meni zoʻrlamoqchi boʻlgan kunin va seni clubdaga qizlar bilan tushgan suratlaringdan soʻng sen men uchun begonaga aylangansan tushunarlimi...endi esa qoʻllarimni qoʻyib yubor...
Yigit qizni gaplariga e'tibor bermay bir qoʻlini uni bellaridan oʻtkazdi..ikkinchi qoʻli esa qizni bilaklarini maxkamlagan.
Hyunjin: Menga qara oʻsha tungi clubdagi suratlar ular fotoshop seni mendan ayrimoqchi boʻlganlarni ishi bu...menga ishon umrimni shu paytigacha men faqat seni sevdim...oʻzgasini demadim..ohucham men umrimni ohirigacha seni deyman...
Lia: Men sendan jirkanaman Hyunjin menga ishon...nima uchun...gapir nima uchun hayotimda yana paydo boʻlding..doʻstligimiz haqqi deysan....qiz telbalardek kulgancha boshini ortda tashladi bir necha muddatdan soʻng boshini koʻtargancha gapini davom ettirdi...oʻsha kuni qayerda eding doʻstim aa..hayotimning eng ogʻir davrida ota onamni yoʻqotganimda qayerda eding...qiz yigining changalidagi qoʻllarini siltagancha uning changalidan halos boʻldi...seni yaqinim degandim...doʻstim degandim...senga ishonganim lekin sen...sen shunchaki yoʻq boʻlib qolding...shunday ekan meni aslo doʻstimsan..seni sevaman deya koʻrma..sendan nafratlanaman..jirkanaman hayotimdagi eng jirkanch inson sensan...koʻzlarida toʻplangan yoshlariga erkinlik berarkan..yigitga ort oʻgirgancha yugurdi..
Joʻmrakdan muzdek suv chiqargan qiz ikki qoʻlini suvga toʻldirgancha yuzini yuvdi..yigʻlashga har qancha urunmasin lekin bari befoyda edi...yuzini yuvish barobarida sobiq doʻsti boʻlmish Hyunjin bilan oʻtkan yaxshi va yomon xotiralash miyasiga quyulib kela boshladi..
-Jin ursin...titroq ovozda oynaga mushtladi...nima uchun hayotim bunchalar mazmunsiz..oʻz oʻziga gʻinshidi qiz..barini unutishim lozim men kuchliman huddi otamdek...
**
Bir nimalar deb soʻzlayotgan professorga e'tiborini qaratmagan qiz honada kezib yurgan nigohlarini oyna tomon olib oʻtdi.. ajoyib manzara...huddiki quyosh nurlaridan kuch olayotgandek nurlarga yuzini tutarkan qalbida oz boʻlsada hotirjamlik sezdi...
**
Tushlik vaqti...barcha oʻquvchilar oʻz qorinlarini toʻydirish maqsadida oshxona tomon odimlashar ekan ularni qatoriga qoʻshilgisi kelmagan qiz shunchaki barcha shovqin suronlardan holi boʻlish maqsadida universtitet hovlisiga qarab yura boshladi..
-Yolgʻizlik shu kunlarda meni sherigimga aylangan nima uchunligi hatto oʻzim uchun ham nomalum...hech kimni hohlamayapman...boʻsh stullardan birida oz hayollari bilan oʻtirarkan...huddiki qalbida nimadur yetishmayotkandek tuyulardi..gʻamginlik esa hali hamon yuzidan qochmagan
Birdan barini unutgandek boʻlgan qiz oʻtirgan joʻyidan sapchib turib ketdi..."Kitoblar"hayoliga kelgan ilk soʻz...
**
Qora shokoladni eslatuvchi koʻzlar endilikda yuzlab kitob javonlaridan oʻzi uchun kerakli boʻlgan kitoblarni axtarmoqda...kitobga boʻlgan qiziquvchanlik...
Qoʻllarimda yangi kitoblar boʻlsa hayotimga yangi, qiziqarli va ajoyib sarguzasht kirib kelganini his qilaman..Kitoblarga boʻlgan sevgim kichiklik paytimdan boshlangan...bunga sababchi esa onam boʻladilar..ular doim tunda uyquga ketishimdan oldin menga turli hil ertaklar oʻqib berardilar...ularni tinglash esa meni sevimli mashgʻulotim boʻlgan..yillar davomida kitobga boʻlgan sevgim ortib borardi...
Oʻzi uchun kerakli boʻlgan kitoblarni olgan qiz sekinlik bilan kutubxonachi tomon qadam bosdi.Kitoblarni maxsus xaltagi solar ekan yuzida mamnunlik aks etardi..
Tun ogʻushida yerni yoritib turgan oy shulasi...son sanogʻi yoʻq yulduzlar...
Oʻz honasida mamnun holda oʻqish uchun olgan kitoblariga nazar solgan qizni yuziga hayronlik yugurdi...
-Bu kitob qayerdan keldi..men faqar beshta kitob olgandimku...lekin ajoyib ekan.
Qiziquvchanlik...kitobni asta varoqlar ekan undagi har bir detal oʻziga hos tarzda takrorlanmas edi...lekin Lia uchun yangilik...Qandaydur xaritalar...qalin oʻrmonlar orasida qad rostlagan qasrlar...bari ajoyib...kitoning qaysidur varogʻidan shula taralmoqda...hayrat ila yorunlik taralayotgan varoqni qidirayotgan qiz har bir varoq ketidan shulaning yoligʻligi oshib borayotganini sezgach koʻzlari asta yumuldi....keyingi harakatlar oʻz oʻzidan harakatlanib kitobni ichiga shoʻngʻib ketgan qizning tanasi...