February 14

𝐿𝑜𝑣𝑒 𝑎𝑠 𝑓𝑎𝑖𝑟𝑦𝑡𝑎𝑙𝑒

~𝐿𝑜𝑣𝑒 𝑎𝑠 𝑓𝑎𝑖𝑟𝑦𝑡𝑎𝑙𝑒

~𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊-𝒃𝒖 𝒉𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒚𝒖𝒓𝒂𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛𝒅𝒂 𝒚𝒂𝒔𝒉𝒊𝒓𝒊𝒃 𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒐'𝒛 𝒆𝒓𝒕𝒂𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒌𝒂𝒔𝒉𝒇 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉𝒅𝒊𝒓.....

2𝐁𝐨𝐛- " 𝒀𝒂𝒔𝒉𝒊𝒓𝒊𝒏 𝒔𝒆𝒗𝒈𝒊𝒎"
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥- 𝑯𝒆𝒍𝒍𝒔𝒊𝒏𝒈𝒔
𝐀𝐯𝐭𝐨𝐫- @bexzodovvna


Kipriklarini pirpiratgancha asta koʻzlarini ochgan qizni birinchi koʻrgan manzarasi moviy va oppoq bulutlarga toʻla bepoyon osmon boʻldi...Hayronlik bilan ogʻriyotgan boshini changalladi...
-Lia ahvoling yaxshimi..uzoqdan uning ismini aytib yuragini hovuchlagancha yugurib kelayotgan qizga koʻzi tushgan Liani qoshlari chimirildi..
-Bu nimasi men qayerdaman...oʻz oʻziga shivirladi qiz..
-Tirik qolganin bu mojiza men tamom boʻldim seni yoʻqotib qoʻydim deb qoʻrqib ketdim..yigʻi aralash Liani maxkam bagʻriga bosgan qizni yuzlarini asta koʻz yoshlar yuva boshladi...
Lia: Men qayerdaman..menga nima boʻldi oʻzi..hali hamon boshini changallagan qiz uni bagʻriga bosib turgan qizga savol bilan yuzlandi..
-Nima...Lia eslay olmayapsanmi...Men Hana man hoy meni qoʻrqitma...koʻzlari yoshlarga toʻlgan Hana dugonasini maxkamroq bagʻriga bosdi..Sen tepalikdan qulading muvozanatni yoʻqotdin..yigʻi aralash soʻzladi qiz..
Lia: Boshim ogʻriyapti...ogʻriqdan yuzlarini burushtirgan Liani ham koʻzlari chidab boʻlmas ogʻriqdan yoshlana boshladi..
Dugonasini qoʻllarida qonni payqagan Hanani koʻzlari kattalashdi..
Hana: Jarohatlanibsan Lia turaqol seni tabibga olib boraman..saroyga boramiz...dugonasini turishiga yordamlashgan Hana uni qoʻllarini yelkasida oʻtkazgancha saroy tomon boshladi..
**
Yumshoqqina yostiqqa boshini qoʻygan Liani ogʻriq ancha tark etgandek edi...
-Tabib nima dedi Hanaga savol bilan yuzlandi Lia...
Yuzida gʻamgʻinlik bilan Liani yonidan joy olgan Hana...qizni qoʻllaridan asta tutdi..
-Lia sen xotirangni yoʻqotibsan..lekin bu unchalik jiddiy emas ekan...Asta sekinlik bilan xotirang tiklanar ekan...faqat bunga vaqt kerak..Quloqlarimga ishonmayapman...yuzlarini yuva boshlagan yoshlarini dastroʻmolga artgan Hana nigohlarini oyna tomon olib oʻtdi..
Lia: Hana oʻzi men kimman? qayerdaman?...barchasini bilgim kelmoqda...qiziquvchanlik bilan soʻradi qiz..
Hana: Albatta aytib beraman...men sening yaqin dugonangman..biz bitta qishloqda katta boʻlganmiz..1 yil oldin qirol Kim Taehyunni saroyiga kelganmiz yani uni kanizaklarimiz...
Lia: Ota onam bormi.?.qanday kanizak.?.hayron yuzlarini burdi qiz..odatda kanizak soʻzini tarixiy kinolarda eshitgan Liaga hozirda bu noodatiy soʻz boʻlib tuyulmoqda..
-Ota onang..asabiy lablarini tishlagan Hana..Liaga nima deyishni bilmasdi.. Ular vafot etishgan qaroqchilar saxro qaroqchilari qishlogʻimizga hujum qilishganida koʻp qishloqdashlarimiz shu qatorda ota onangdan ham ayrilganmiz..
Bir zum boshidagi ogʻriq qaytalanib qizga azob berarkan..Lia ogʻriqqa yengilmaslikka harakay qilardi...
Lia: Boshim qattiq ogʻriyapti...yuzlarini ogʻriqdan burushtirgan qizning koʻzlaridan koʻz yoshlar tomchilay boshladi..
Hana: Hozir biroz chida Lia senga tabib qoldirgan ogʻriq qoldiruvchi malhamni olib kelaman..Oʻtirgan joyidan asta qoʻzgʻalgan Hana..malham tomon odimladi..
~ Lia Pov
Bu orada oʻz hayollari bilan yolgʻiz qolgan qiz asta yostiqqa boshini qoʻydi..
Nahotki men oʻsha sirli kitob ichiga tushib qolgan boʻlsam..bu tushmi yo oʻngim ishonish qiyin..nima uchun peshonam shoʻr hatto shu yerda ham ota onam yoʻq ekan..Kanizak men kanizak ekanman..toʻgri bu biroz kulguli..kanizak soʻzini faqat tarixiy kinolarda koʻrgandim..har bir qirol va shaxzodalarning kanizaklari boʻlardi..demak men ham bu yerda shunday kanizakmanmi?..kimgadur xizmat qilamanmi..? Yoʻq nima uchun? Savollar girdomida qolgan qizni boshining ogʻriyotgan kismiga tekkan qoʻllar seskantirgandek boʻldi..
Hana: Hozir senga malham surib qoʻyaman..keyin ogʻriqlar ancha qoladi..faqat sen oʻzingni boʻsh qoy asabiylashma..dam ol..dugonasiga dalda bergan Hana unga bir nimalar deya malxam surishni davom ettirardi..Mana tugatdim...oʻz ishini yakunlagan Hana dugonasiga mayin jilmaydi..
Lia: Katta raxmat Hana..minnaddorchilik bildirgandek boʻldi Lia...
Hana: Hammasi joyida hijolat boʻlma..dam ol..meni esa ishlarim bor..sen oyoqda buguncha turmagin charchoqlarin chiqadi..oʻzi anchadan beri dam olmasdan hatto kechalari uhlamasdan ishlayotgandin..

Lia: Toʻxta Hana ahir men kanizak boʻlsam meni ham ishlarim yoʻqmi..agar men bu yerda yotsam ularni kim qiladi..
Hana: Bu haqida oʻylama..men bormanku..mayin tabassum qilgan Hana..dugonasini peshonasida oʻpib qoʻygancha xonani tark etdi..
Vanihoyat butunlay yolgʻìzlikda qolgan qizning qulogʻiga mayin sayrayotgan qushlarning ovozi eshitilmoqda...endigina honaga nazar solgan qiz bu yer qandaydur oʻzgacha ekanligiga guvoh boʻldi..eski uslubda bezatilgan xona kichkina boʻlishiga qaramay juda shinam va yorugʻ..Huddi tarixdagi qasirlarning xonasiga oʻxshardi..balkim men hozirda qasirdadurman oʻyga toldi qiz.. oynadan tashkariga boqarkan..koʻrgan manzarasida lol qolgandek edi..Birdan soʻroqsiz ochilgan eshik ovozidan seskanib ketgan qiz asta ortga ogʻrildi..
-Mening malikamga nima boʻldi..u tomon katta qadamlar bilan kelayotgan yigit kelishgan va keng yelkali...yuzlari huddi sutdek tiniq va jilovli..bir qarashda oʻziga rom etuvchi koʻzlar va yuraksimon pushti rangli lablarga ega yigit edi..
Hayronlik bilan ortga qadam tashladi Lia...
Lia: Siz kimsiz..? Yigitni savolga tutgan qiz yana bir qadam ortga qadam bosdi ammo yigit borgan sari u tomon yaqinlashardi..
-Men Kim Taehyungman..baridan xabarim bor..sen xotirangni yoʻqotibsan afsusdaman..lekin bari asta sekinlik bilan tiklanadi..Lia menga ishon..masofalarni qisqartirgan yigit qizni yuzigacha egilgancha unga jilmaydi.
Tae: Seni sogʻindim bir urunishda qizni bagʻriga bosgan yigit...uni maxkam quchdi..Birdan yigitning quchogʻida oʻzini his qilgan Lia uni oʻzidan itardi..
Lia: Hoy odobsizmisiz?...mendan nari turin..janob..men qirolning kanizagʻiman menga teginmang aks holda boshingiz tanangizdan judo etiladi..lablarini burdi qiz..
Lianing soʻzlariga lab chetida kulgu hosil qilgan yigit unga yanada yaqin keldi.
Tae: Oʻsha qirol men boʻlsam...nima boʻlarkina..kim mening boshimni tanamdan judo qilarkin..hmm..oʻylangandek masxara qildi yigit..
Bir necha daqiqa oldin Hana aytgan ism yodiga tushgach peshonasiga qoʻllarini qoʻydi..
Lia: Ustimdan kulmasingizni talab qilaman..chunki men xotiramni yoʻqotganman..
Tae: Oʻsha xotirani birgalikda qaytaramiz..qizga yaqin kelgan yigit..ohistalik bilan qoʻllarini uni bellaridan oʻtkazdi..asta yuzini qizni boʻyniga koʻmarkan uni chuqur hidladi.
Tae: Hali hamon oʻsha mayin atirgul ifori..sen hech qachon oʻzgarmaysan..asta boshini qizni boynidan halos qilgan yigitning nigohlari hozirda Lianing lablarida..Ijozat ber asal tamini tatib koʻray..ijozat soʻragan yigit qizdan jabob kutmay uni lablariga oʻz lablarini bosdi..
Mayinlik bilan olinayotgan boʻsadan oʻzini yoʻqotib qoʻygan Lianing tanasi hozirda unga boʻysunmayotgandek goʻyo..butun tanasi boʻylab kapalaklar sayr qilarkan..qanday qilib yigitga javob berayotganini payqamay qoʻlgandi..
Hohlamaygina qizdan uzoqlashgan yigit..uni yuzlaridan ohistalik bilan tutdi..Bu boʻsa haqida hech kim bilmasin hatto Hanaga ham aytma..bu bizning sirimiz..
Yigitga ha degandek bosh silkigan qiz asta undan uzoqlashib ketayotgan yigitdan koʻzlarini uzmasdi..
Demak u meni yashirin sevgim...shundaymi? Yuziga hayronlik oldi qiz..

Xato va kamchiliklar uchun uzr