𝐿𝑜𝑣𝑒 𝑎𝑠 𝑓𝑎𝑖𝑟𝑦𝑡𝑎𝑙𝑒
~𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊-𝒃𝒖 𝒉𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒚𝒖𝒓𝒂𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛𝒅𝒂 𝒚𝒂𝒔𝒉𝒊𝒓𝒊𝒏𝒊𝒃 𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒐'𝒛 𝒆𝒓𝒕𝒂𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒌𝒂𝒔𝒉𝒇 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉𝒅𝒊𝒓......
3𝐁𝐎𝐁- "𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒔𝒂𝒉𝒊𝒇𝒂𝒔𝒊"
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥-𝑯𝒆𝒍𝒍𝒔𝒊𝒏𝒈𝒔
𝐀𝐯𝐭𝐨𝐫-@bexzodovvna
Kattagina oynalardan urulayotga shamolga yuzini tutgan yigit qoʻllarida ushlagan qaxvasidan bir hoʻpladida chuqur hoʻrsindi...
Honaga boʻylab yayrayotgan qadam toshuvlaridan ortga oʻgrilgan yigit asta jilmaydi...
Hana: Siz uchun tushlik olib keldim...Yuzlariga tabassum olgan Hana qoʻllarida taomni kichik stolcha joyladi..
Tae: Ishtaxam yoʻq Hana...ovora boʻlibsan...Hohlamaygina tushlikka nazar solgan yigit qayta oʻgrilgancha shamolga yuzini tutdi...
Hana: Ahir ikki kundan beri tuz ham totmadingiz bunaqada kasal boʻlib qolasiz...Yigit tomon bir ikki qadam tashladi..
Tae: Lia qayerda?...Axvoli qalay?
Qiz tomon nigoh tashlagan yigit qoʻllaridagi boʻshagan qaxva idishini stol ustiga joyladi..
Hana: Albatta uning axvoli yaxshi...menimcha u bogʻda sayr qilyapti...tort devor ichida 2 kundan beri oʻtiribdi...
Tae: Yaxshi...Qizga qarata lab chetida kulgu hosil qilgan yigit doim oʻzini bilan olib yuruvchi hassasini qoʻliga olgancha asta xonani tark etdi
Honada faqatgina uning mayin hushboʻy ifori qolarkan chuqur hoʻrsingan Hananing yuzlaridagi tabassum asta soʻnib borardi
**
Oʻz hayollari bilan bogʻda sayr qilib yurgan qizning oʻylarida hali hamon 2 kun avvalgi mayin boʻsa...
Bu yer men oʻylagandanda ajoyib ekan...qasr..men faqatgina ertaklarda va kinolarda koʻrgan oʻsha manzarani hozirda oʻzim his qilyapman...juda tasurli...haqiqiy hayotdagi insonlar bilan bu yerdagi insonlarning farqi juda katta... hattoki shu qasrning egasi boʻlmish qirol ham juda muloyim va ajoyib ikki kun oldin u meni aqldan ozishimga sababchi boʻldi...bu mening ilk boʻsam oʻ z oʻzimga uqtiryapman...u haqida oʻylamasligim kerak ammo fikrlarim markaziga joylashishga ulgurgan oʻsha qirolni hayollarimdan ketkaza olmayapman
Men telbaga aylanmasam boʻlgani...
Gullarga qiziqishim yoʻq lekin bu yerdagi gullar meni sehrlab qoʻygandek goʻyo ularning mayin ifora va rang barang koʻrinishi meni oʻziga maftun etmoqda...
Gullar ichida ularning iforidan mast boʻlishga ulgurgan Lianing hayollarini buzushga ulgurgan ovoz tomon nigohlarini yoʻnaltirgan qiz asta oʻtirgan joyidan qoʻzgʻaldi..
Unga termulub turgan yigitga koʻzi tushgan unga yengil tazim qildi..
Lia:Hayrli kun qirolim...Nigohlarini yerdan uzmagan qiz asta unga tikila boshladi..
Tae: Hayri kun Lia honim..oʻzingiz bogʻda nimalar qilyapsiz?...Axvolingiz yaxshimi?
Lia: Hammasi joyida...shunchaki zerikdim suxbatdoshim yoʻqligi sabab bogʻni sayr qilishga qaror qildim...
Tae: Togʻri qaror...qizga asta yaqinlashib borayotgan yigit...asta maysalar bagʻrigadan joy oldi..Liaga telmularkan unga koʻz ishorasi bilan "oʻtir" degandek bosh silkidi...Taehyunning yonidan joy olgan qiz unga soʻzsiz termulib turardi..
Tae: Menda biror bir savoling bormi Lia? Qizni savolga tutgan yigit uni koʻzlariga nigoh tashladi..
Anchagina oʻylanib qolgan qizni uyalyotgani shundoqqina sezilib turardi..
Lia: Haa albatta huddi sezgandek savol berdingiz...mayinlik bilan javob bergan qiz..oʻpkasiga toʻldigancha nafas oldi..
Lia: Bizni oʻrtamizdagi sevgi qachon boshlangan?
Savoldan mamnun boʻlgandek yuziga tabassum olgan yigitining...qizni koʻzlaridagi nigohlari ayni damda atrofni oʻrganmoqda..
Tae:Sevgimiz...sevgimiz...sevgimiz jumlasini qayta qayta takrorlagan yigit qoʻllaridagi hassasini maysalar ustiga joyladi..Seni ilk koʻrganimda...oʻsha payt ichimdan nimalar oʻtkani faqat oʻzimga ayon...Sen meni yuragimni oʻgʻirlagansan...qizni burnidan chimdim qoʻydi yigit..
Lia: Lekin...men shunchaki oddiygina bir kanizak boʻlsam siz esa qirolsiz...bizni sevgimiz haqida eshitgan har bir inson bu sevgini qoralaydi...ular bir birlariga toʻgri kelmaydi deyishadi...ohirgi gaplarida huddiki nafas yetishmagandek soʻzlagan Lia nigonlarini yigit tomon yoʻnaltirdi..
Tae: Seningcha ularning qanday oʻylasha men uchun muhummi...Bu hayotda sen bilan yashaydigan ular emas men boʻlaman...menga buni qizigʻi yoʻq sevgan insonimning tabaqasi men uchun muhum emas...Nima uchun bular haqida oʻylayapsan...Havotir olma bizning hayotimiz hali oldinda..menga ishon men seni dunyodagi eng baxtli insonga aylantiraman...
Lia: Bunga shubxam yoʻq..ortiq hech nima demagan Lia asta oʻrnida qoʻzgʻaldi..
Tae: Qayoqqa yoʻl olding..qizni yoʻllarini tosgan ulkan tana egasi boʻlmish Taehyung qizning qoʻllaridan tutdi..Senga bir narsa koʻrsatishim lozim...
**
Otxonadan zotdor ot bilan chiqqan yigitning yuzlaridan baxtiyorlik bilinib turardi.
Bugun seni xursand qilmoqchiman...qizdan javob kutmagan yigit uni bellaridan ohista tutgancha otga oʻtkazdi...Oʻzi ham qolib ketmagan holda otga mingasharkan keyingi harakatlar bilan qizni bellaridan quchdi..Maxkamroq ushla...ogohlantirgandek boʻldi...
-Men qoʻrqaman...umrida birinchi bor bunday baland otga oʻtirgan qizning koʻzlari kattalashdi..
-Qoʻrqma...men shu yerdaman...maxkanroq ushla hammasi joyida... qizga taskin bergan yigit lab chetida mayin tabassum hosil qildi...
Oyoqlarini harakatlantirgancha otga "Yur" deya buyruq berarkan ot ham soʻzsiz itoat qilib harakatlana boshladi..Qoʻrquvda koʻzlarini maxkam yumib olgan qiz bir necha daqiqalardan soʻng asta koʻzlarini ochdi...yuzlariga mayin shabboda urula ekan bu qoʻrqinchli emasligini his qila boshladi...
-Bu menga yoqyapti...quvonch ila qoʻllarini keng yoydi qiz..
-Ahir bu daxshatli emas dedimku...takidladi yigit..
Vaqt ketidan vaqt oʻtib borarkan...soat millariga qiziqmayotgan juftlikdan hali hamon darak yoʻq...
-Baliki saroyga qaytarmiz...bir me'yorda harakatlanayotgan ot ustidan asta sakrab yerga oyoqlarini qoʻygan yigit...mayinlik bilan qizni ham otdan tushurdi
-Yaxshi fikr....yigitga yaqin turganini sezgan qiz sekinlik bilan undan uzoqlashdi...
**
Oshpazlar bilan qizigan oshxona...doimgidek bu yerdagi ifor och insonning dimogʻini qitiqlaydi..shu qatorda och holdan toygandek oshxonaga qirib kelgan Liaga koʻzi tushgan Hana...oʻtirgan joyidan qoʻzgʻalgancha u tomon harakatlandi...
-Lia shuncha vaqt qayerda eding...dugonasini savolga tutgan qiz...oshxona stoliga bir qoʻli bilan tiyandi...
-Bogʻda edim...sayr qildim...ogʻriqlar va ichimdagi gʻuborlar chiqib ketdi...yelka qisqancha javob berdi qiz.
-Menham hozirgina bogʻdan keldim lekin seni koʻrmadim....Dugonasini aldayotganini isbotlamoqchi boʻlgan Hana qoshlarini tepaga koʻtardi...
-Qovun tushurdim oʻz oʻziga eshitilar darajada soʻzladi Lia...qoʻllarini pesonasiga qoʻygancha chuqur uf tortdi..
-Yaxshi taslimman..Taehyung bilan edim..u bilan sayr qildik...meni yana bir bor saroy bilan tanishtirdi...
-Nega shuni shunchaki ayta qolmading...mendan sir yashirding aaaa? Ikki qoʻlini birlashtirgancha ovozini salgina koʻtargan Hana Liaga yuz oʻgirdi..
-Ahir atayin qilmadimku Hana shunchaki dam durustdan aygani qoʻrqdim..meni ham tushunasan degan umidda edim...Hali hamon dugonasiga ort ogrib turgan Hana...qoshlarini chimirdi...
**
-Taehyung ahir sen endi yosh bola emassanku...ulgʻayding..nasl qoldirishing lozim..lekin nima uchun turmush qurmayman deyapsan...Sen menga ota onangdan qolgan yagona yodgorligimsan...men ularga vada berganman...seni tarbiya qilib voyaga yetkazib ulgaytirishga vada berganman...
Taehyunning amakisi boʻlmish Yoonho jon jaxdi bilan jiyanini uylanishga koʻndirishga urunardi..
-Ahir amaki men hohlamayman...oʻzim sevib turmush qurmoqchiman..iltimos hayotimni hal qilishga urungman...
-Yoʻq men ahdimdan qaytmayman...malika Sofyaga uylanasan bu turmush senga nafaqat baxt va yana saltanatimizga yanada koʻproq boylik ham olib keladi