January 10

𝐿𝑜𝑣𝑒 𝑎𝑠 𝑓𝑎𝑖𝑟𝑦𝑡𝑎𝑙𝑒

#ep4
,,𝑺𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒃𝒂𝒙𝒕𝒊𝒏𝒈 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏"

Amakimning soʻzlari yuragimni tilib oʻtgandek goyo..Meni sevgimga qarshi chiqishlari haqida juda koʻp oʻyladim lekin taslim boʻlishni hatto hayolimga ham keltirishni hohlamayman...Lia mening borligʻim...Menga qarshi chiqqanlarni shunchaki chetlab oʻtaman..Hayollarga choʻmgan yigit..bir nuqtaga qaragancha nafasini rostlardi..yugari har doimgidan tartibsiz harakat qilmoqda..

**
-Nima boʻlsa ham Taehyung Sofya bilan turmush quradi..Malika Sofyaga maktub yuboring yoʻlga chiqsinlar kelishlari bilan toʻy marosimini boshlaymiz..yaqin yordamchisiga buyruq bergan Yoonho..lab chetida yovuzona kulgi hosil qilarkan...oʻylab qoʻygan rejalari haqida yana bir bor taxlil qilish bilan ovvora edi..Qoʻllarini mamnun xolda silkitgan koʻyi oshxona tomon harakatlandi...

Katta katta qadamlar bilan oshxona ichiga kirgan erkak..atrofga alanglagancha qoshlarini chimirdi...

-Bosh oshpaz qayerda...bor ovozi bilan soʻzlagan Yoonho..qoʻllarini bellariga koʻygancha qoshlarini chimirdi..

-Shu yerdaman..janob..ikki qoʻlini birlashtirgan baland boʻyli erkak..oʻrtacha vaznga ega..yoshi oʻtgan boʻlsada sochlarida oq rangni topish amri maxol..Shu yerdaman Janob Yoonho yana bir bor takidlari oshpaz..

-Qirolimizga tushlik tayyorlang...sizlarga doim men eslatishim shartmi? Oʻzingizni aqlingiz qayerda? Bosh oshpazsiz mas'uliyatni boʻyningizga olishingizni talab qilaman...Qat'iatlik bilan soʻzlagan erkak..oshpazga yana bir nimalar deya tanbex bergancha chiqish tomon shaylandi..

**
Zinalardan birma bir tushayotgan yigit..pastda unga termulgancha turgan qizga nigohi tusharkan lab chetida kulgu hosil qilgancha koʻz oynaklari chetidan unga jilmaydi.

-Lia...qizning ismini mayin soʻzlagan yigit..u tomon harakatlandi..

-Qirolim..hurmat yuzasida Taehyunga yengil tazim qilgan qiz..uyalgancha nigohlarini yerga qadadi..Tushlik tayyor boʻlmoqda..ochiqdingizmi? Qaygʻurgan holda yigitga yaqin keldi qiz...

-Yoʻq hammasi joyida..shunchaki..sen bilan gaplashib olishim zarur...kulib turgan tabassumi soʻngan yigit...chuqur hoʻrsindi..

Bir zum ichida halavati yoʻqolgan Lia..asabiy lablarini tishladi..

-Nimadur boʻldimi? Havotir ila soʻzladi qiz..

Gapirish uchun ogʻiz juftlagan yigit..nigohlari qizdan uzarkan..Lianing ortida turgan soqchilardan biri ularga yaqin keldi...

-Qirolim sizni muhim uchrashuvingiz bor ekan..amakingiz sizni majlislar zalida kutishini aytdilar..Taehyunga yengil tazim qilgan yigit ortga burulgancha ularni yolgʻiz qoldirdi..

-Menimcha hozir mavridi emas..hafsali soʻngan yigit..qizga yaqin kelgancha kelgancha uni qulogʻiga shivirladi..Seni kechga yaqin oʻz honamda kutaman..Liani yuzida mayin oʻpich qoldirgan yigit..katta qadamlar bilan undan uzoqlashdi..

**

Odamni oʻziga jalb qiluvchi atmosferaga ega qasrdan uzoqlashayotgan qiz..tizza boʻyi boʻlishga ulgurgan maysalarga oyoqlari qoʻyarkan..betoqatlik bilan dugonasiga gʻinshidi..

-Taehyung bir nima demoqchi boʻldi..unin koʻngli gʻash edi..qolaversa mening koʻnglim ham gʻashlandi..Hana yuragimning ritmi oʻzgargandek..men nimanidur his qilmoqdaman...yuzlarini burushtirdi qiz..

Koʻzlarining hajmi kattalashgan Hana...yashin tezligida nigohlarini Lia tomon yoʻnaltirarkan..koʻzlarini qiri bilan qaragancha soʻzga kirdi..

-Sen hali hamon bu haqida eshitmadingmi? Hayronlik yuziga oʻralagan qiz kerakli boʻlgan giyohlarni yigʻgancha dugonasidan javob kutardi..

-Nima haqida? Turgan joyidan qimirlamay qolgan Lia hozirda Hanadan nigohlarini uzmoqda emas..

Chuqur uf tortgan Hana dugonasiga yaqin kelgancha uni yelkalaridan tutdi..

-Barchasidan habarim bor Lia..Janob Taehyung va sen...ikkingiz bir biringizni yoqtirasiz..shunday ekan sen uning sevgisiga shubxa qilma va uni umringni oxirigacha sev..toʻsiqlarga esa bardosh ber..yengilma...

-Hana..ochiqroq gapir..betoqatlandi qiz..

-Tushlik vaqti men bosh oshpazga yordamlashayotgandim birdan vajoxat bilan Janob Yoonho kirib keldilar..Uning aytishi boʻyicha tez orada saroyda bazm boʻlarkan...oshpazlarni tergadi..bazmga yaxshi tayyorgarlik koʻrishlarini uqtirdi..va yana...soʻzlashga hijolat tortgan Hana..bir zum sukut saqlagancha yana soʻzga kirdi..Janob Taehyung turmush qurar ekan..malika Sofya bilan..qizning ismini ham qoʻshgan Hana..mayus tortgan dugonasiga termuldi..Lekin Lia menga ishon janob Taehyung uni sevmaydilar..senga hiyonat qilmaydi..bunga ishonchim komil..faqat sen koʻz yosh toʻkma..ogohlantirgandek boʻldi qiz..

Butun tanasi muzlashga ulgurgan Lia...chuqur nafas olgancha oʻziga kelishga harakat qilish bilan ovvora..

-Bunga ishonchim komil Hana..men Taehyunga borligʻim bilan ishonaman...hohlamaygina tabassum qildi qiz..Yuraqol giyohlarni tezroq tabibga yetkazish zarur..gapni boshqa joyga burgan qiz koʻzlaridagi yoshlariga erkinlik berishga yoʻl qoʻymadi....

**
Oqshom...qushlarning ham chugʻurlashlari soʻngan.. Atrofda inson tanasiga yoquvchi mayin shabboda esmoqda...yozning ilk kinlari boʻlganligi sabab havo harorati iliq..

**

Eshik oldida kirish uchun shaylanib turgan qiz..fikridan qaytishni miyasida taxlil qilmoqda...yoʻq...lekin yurak bunga yoʻl qoʻymaydi..Koʻzlarini chirt yumgan holda eshikni qoqarkan.. oʻsha tanish ovoz qulogʻida yangrashi bilan eshik tutqichini pasta buragancha ichqariga kirdi..

-Bezovta qilmadimmi? Hijolat ila soʻzladi qiz..

Bir uyum qogʻozlar ichida oʻtirgan yigit nigohlarini qiz tomon yoʻnaltirarkan.."yoʻq" deya bosh silkidi...

-Seni koʻrmoqchi edim..oʻtirgan joyida qoʻzgʻalgan yigit..katta qadamlar bilan qiz tomon yaqinlashdi..Axvoling yaxshimi? Lianing haddan tashqari oqarishga ulgurgan yuzlaridan tutgan Taehyung..yuzlar muzlashga ham ulgurganini his qilmoqda..tananing harorati sovuq..

-Men yaxshiman...yigitning qoʻllaridan tutgan Lia hozirda uning oldida ojiz..yigʻlashga ming bor urunmasin lekin bu qoʻlidan kelishi amri maxol..Siz turmush qurmoqdamisiz?..men bilan shu haqida gaplashmoqchi boʻlgandingizmi? Koʻzlari yoshlanishga ulgurgan qiz nigohlarini yigitga qadagan...

-Yoʻq qanday turmush..inkor qildi yigit..Lia senga kim turmush haqida soʻzladi..bu boʻlmagan narsa..yana bir bor inkor qilgan yigit qizni maxkam bagʻriga bosdi...
Oʻzini issiq quchoqda his qilgan Lia toʻyib nafas olarkan hatto gapirishga ham holi yoʻqdek..

-Amakingiz..keyinga hafta saroyda bazm boʻlish haqida barchani ogohlantiryapdilar..bu bazm esa toʻy marosimi tufayli malika Sofya va sizning toʻyingiz...gapini yakunlagan qiz yana yuzini yigitning koʻksiga koʻmdi..

-Tentakvoy..meni bunga rozi boʻldi deb oʻyladingmi..qizni ovutgan boʻlgan yigit..uni yuziga oʻziga qaratgancha yuzidagi koʻz yoshlarni qoʻllari bilan sidirdi..Men aslo bu toʻyga rozi boʻlmayman..chunki meni yuragim oʻgʻirlangan..hozirda sababsiz koʻz yosh toʻkayotgan farishtam meni yuragimni ogʻirlagan qizni burnidan chimdib qoʻygan Taehyung uni yuzigacha egildi..

-Rostanmi? Ishonmaygina yigitga termulgan qiz uni maxkamroq qichdi..

-Ha..gapini tasdiqlagan yigit asta qizning lablariga yaqinlashdi..Doimgidek oʻsha his..uni koʻrishi bilan unga teginish bilan uni haddan tashqari hohlash..
Lablaridagi issiqlikni his qilgan qiz qarshilik koʻrsatishni hatto hohlamaydi ham...hozirda bu boʻsa unga taskin berayotgandek goʻyo...Bir ritmda harakatlanayotgan lablar soniyalar sayin qoʻpollashib borarkan..aqldan ozdiruvchanlik hissi ham oshib borardi...Koʻproq hohish va ehtiros...hozirda ikki yoshni qamrab olgan bu tuygʻu ularni tark etgisi yoʻq..Ora orada qizning lablaridan yengil tishlab qoʻyarkan..hatto botirilayotgan tishlar ham hozirda yoqimli...Nafas...oʻpkasi kislaroddan toʻsilgani bois lablardan uzulgan ikki yosh peshonarini birlashtirar ekan..bir maromda nafas ololmayotga yigit asta shivirladi..

-Doimgidek yoqimli..lazzat..va mayin atirgul ifori...yuzini qizning boʻyniga koʻmgan yigit..chuqur hidlagancha qizni oʻziga yanada birlashtirdi...Bellarida baquvvat qoʻllar oldida ojiz qolgan qiz ham hozirda hislarini jilovlash bilan ovvora...

Sofia

**
Lia Pov

Hayollar ogʻushi... men uni borgan sari qattiqroq sevib bormoqdaman..uning qarashlari mayin tabassumi..Aqldan ozdiruvchi boʻsalari..zulmatdek hayotimga baxt olib kirgan inson...lekin...u meni tashlab ketish arafasidami? Yoʻq men unga ishonaman..u meni unutmaydi..barcha barchasi uning baxti uchun..men bariga roziman..u oʻzgasi bilan turmush qursa ham..men uchun faqat uning baxti muhum...men roziman faqat sening baxting uchun........

,,𝑺𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒃𝒂𝒙𝒕𝒊𝒏𝒈 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏"

Xato va kamchiliklar uchun uzr sorayman