July 5, 2023

Instagram reklama akkauntingizni blokdan chiqarish qo'llanmasi

Salom! mening ismim Jakhongir, men "BiC" marketing agentligi CEO si bo'laman.

Ushbu maqolada instagramda target reklamasini yoqish knopkasi ishlamay qolsa, ya'ni reklama yoki biznes akkauntingiz bloklansa, uni qanday blokdan chiqarishni o'rgataman. Ammo avval instagram reklama akkaunti bloklanishi sabablarini ko'rib chiqsak)

Barchamiz yomon ko'rgan rasmlar)

Instagram reklama akkaunti bloklanishi sabablari:

  • Harbiylashtirilgan ijtimoiy harakatlar va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atuvchi fitnali video va rasmlar;
  • BAD (BFQ, biologik faol qo`shimcha) mahsulotlari reklamalari;
  • Tibbiy operatsiya jarayonlari, qonli video yoki foto kontentlar;
  • Go'sht mahuslotlari reklamalari (Vegetarianlar huquqlari poymol qilinishi);
  • Oson pul topish va boyib ketishga undovchi kontentlar;
  • 18+ kontentlar va shunga oid rasm va videolar;
  • Mahsulot yoki xizmatdan foydalanishning oldin va keyin holatini ko'rsatish;
  • Mualliflik huquqini buzuvchi kontentlar;
  • Ofitsial brend mahsulotlari nusxalarini sotishga urunish;
  • Target kontentining 40% dan oshiq qismi matn bo'lishi;
  • Tushunarsiz yoki maqsadsiz reklama kontentlari;
  • Ijtimoiy mavzu, saylov yoki siyosiy qarashlarini targ‘ib qiluvchi kontent;

Kabi kontentlarning targ'iboti tufayli reklama akkaunti bloklanishi mumkin. Ammo ayrim holatlarda shu qoidalarni chetlab o'tkaningizda ham, reklama akkauntingiz bloklanishi mumkin. Ular bilan tanishib o'tamiz:

  • Reklama akkauntingizga ulangan VISA yoki Master kartangiz mablag'i target reklamasi uchun sarflangan xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo'lmasligi;
  • Instagram hamda Facebook biznes sahifalaringiz bir-biriga ulanmagani;
  • Facebook hamda Instagram profillaringizda 2 faktorli himoya o'rnatilmagani;
  • Akkauntlaringizga bir vaqtning o'zida ko'p qurilmalarda kirishlari;
  • Facebook shaxsiy akkauntingizni to‘liq verifikatsiyadan o‘tkazmaganligingiz.

Ham qo'shimcha bloklanish sababi bo'lishi mumkin.

Bloklangan reklama funskiyalari haqida xabar

Reklama akkauntini qanday blokdan chiqarish mumkin?

Bu uchun siz ushbu ketma-ketlikni amalga oshirishingiz shart.

  • Target reklamasini yoqayotgan Instagram akkauntingiz ulangan Facebook biznes sahifangizga kirasiz;
Bloklangan reklama kabineti

  • Chrome qidiruviga "Ads manager" deb yozib ushbu platformaga kirishingiz lozim;

So'ngra ushbu reklama kabinetingizdan chap tarafdagi qo'shimcha funksiyalar bo'limiga o'tib "Качество аккаунта" bo'limiga o'tishingiz lozim;

"Качество аккаунта" bo'limiga o'tishi tartibi

  • "Качество аккаунта" bo'limiga o'tgach ochilgan oynada ko'rsatilgandek bloklangan reklama akkauntingizni tanlashingiz lozim;

  • So'ngra ushbu oynada ko'rsatilgan "Запросить проверку" tugmasi orqali reklama akkauntingizni ochishlari uchun ma'lumot jo'natishingiz mumkin.
  • Qo'shimcha tariqasida ushbu bo'lim sizga reklama akkauntingiz qachon bloklanganini, nima sababdan bloklanganini ko'rsatadi.

"Запросить проверку" tugmasi orqali reklama akkauntingizni blokdan ochishlari uchun ma'lumot jo'natkaningizdan so'ng, uni 48 soat ichida ko'rib chiqib gmail ingiz ga javob yuborishadi. Yoki ushbu Ads manager orqali reklama kabinetingizga kirib ham buni tekshirishingiz mumkin.

Shuni inobatga olishingizni so‘raymiz.

Agar siz o‘z vaqtida blokdan chiqish harakatini amalga oshirmagan bo‘lsangiz yangi reklama akkaunti ochishingiz yoki umuman biznes akkauntini almashtirishingiz talab etilishi ham mumkin.

Bu va boshqa Targeting hamda marketing muammolaringiz bo‘lsa, o‘zingizni qiynamasdan professional mutaxassislardan iborat BiC agentligimizga yuzlaning.

O'z sohasini mutaxassislari sizga:

  • Sotuvni oshirishga;
  • To'g'ri auditoriyaga yuzlanishiga;
  • Potensial mijozlarni xohishidan kelib chiqib ularga to'g'ri kontent berishga;
  • Brend taniqliligini oshirishga;
  • Umuman olganda biznesingizda sizni qiynab kelayotgan muammolarni yechishda yordam beradi.

Biz bilan bog'lanishingiz qulay bo'lishi uchun telegram userimizni qoldirdik)
t.me/abduganiyev_jakh

Ha albatta, kontentimiz sizga manzur kelgan bo'lsa kommentariyda yoqimli izohlaringizni kutib qolamiz 😊