STP Root Bridge tanlash jarayoni
Root Bridge tanlash jarayoni barcha switchlar ishtirokida, ma’lum bir qoidalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu jarayon tarmoqda halqa (loop) muammolarini oldini olish uchun muhimdir. Quyida barcha bosqichlar aniq detallar bilan keltirilgan.
1. Switch ishga tushishi va o‘zini Root Bridge deb hisoblashi
- Switch ishga tushganda, u o‘zini tarmoqning Root Bridge i deb hisoblaydi.
- Switch o‘zining Bridge ID si bilan BPDU (Bridge Protocol Data Unit) paketlarini tarmoqqa tarqatadi.
Bridge ID nima?
Bridge ID tarmoqdagi har bir switch uchun noyob identifikator bo‘lib, u quyidagi qismlardan iborat:
- Bridge Priority – Bu qiymat switch ustuvorligini belgilaydi. Standart qiymati – 32768.
- System MAC Address – Har bir switchning noyob MAC manzili.
- Sys-ID-Ext (VLAN ID) – VLAN mavjud bo‘lsa, bu qo‘shimcha qiymat hisobga olinadi.
Bridge ID formulasi:
Bridge ID = Bridge Priority + Sys-ID-Ext (VLAN ID) + MAC Address
Bridge ID = 32769 0062.ec9d.c500
2. Switchlar BPDU paketlarini yuboradi
- Har bir switch o‘zining BPDU paketini boshqa switchlarga yuboradi.
- BPDU paketida quyidagi muhim ma'lumotlar mavjud:
- Root Bridge ID – Tarmoqdagi hozirgi Root Bridge identifikatori.
- Bridge ID – BPDU yuborayotgan switchning identifikatori.
- Root Path Cost – Switchdan Root Bridge ga boradigan yo‘lning qiymati.
- Hello Time – BPDU paketining yuborish oralig‘i (standart: 2 soniya).
- Max Age – BPDU ning amal qilish muddati (standart: 20 soniya).
- Forward Delay – Port holatlari o‘rtasidagi kechikish vaqti (standart: 15 soniya).
3. BPDU paketlarini taqqoslash (Root Bridge tanlashning birinchi bosqichi)
- Switchlar qo‘shni switchlardan kelayotgan BPDU paketlarini o‘z BPDUlari bilan solishtiradi.
- Switchlar quyidagi qoidalarga asoslanib afzal BPDU ni aniqlaydi:
Taqqoslash qoidalari:
- Bridge Priority: Pastroq priority qiymatiga ega switch afzal hisoblanadi.
- Agar Bridge Priority qiymatlari bir xil bo‘lsa, System MAC Address solishtiriladi. Pastroq MAC manzilga ega switch afzal hisoblanadi.
Misol:
Bu misolda SW3 switchi eng past Bridge Priority qiymatiga ega bo‘lgani uchun Root Bridge sifatida tanlanadi.
4. Root Bridge yangilangan BPDU paketlarini uzatadi
- Root Bridge tanlangandan so‘ng, u barcha portlari orqali yangilangan BPDU paketlarini yuborishda davom etadi.
- BPDU paketida endi Root Bridge ID qiymati sifatida o‘zi ko‘rsatiladi.
- Boshqa switchlar ushbu yangi Root Bridge ID ni qabul qiladi va o‘z BPDU larida yangilab, boshqa portlarga uzatadi.
5. Root Path Cost hisoblash
- Barcha switchlar Root Bridge ga ulanish yo‘lini aniqlaydi va Root Path Cost qiymatini hisoblaydi.
- Path Cost qiymati switchdagi port tezligiga bog‘liq. Standart qiymatlar quyidagicha:
- Root Bridge da path cost har doim 0 bo‘ladi.
- Boshqa switchlar o‘z interfeysi orqali Root Path Cost ni yangilaydi va BPDU paketlarida ko‘rsatadi.
Misol:
SW2 switchida Root Bridge ga ulanish uchun Gi1/0/1 porti orqali yo‘l mavjud bo‘lsa va port tezligi 1 Gbps bo‘lsa, path cost = 4 bo‘ladi.
6. BPDU yangilanishi va Root Port aniqlanishi
- Har bir switch BPDU paketlaridagi Root Path Cost qiymatini o‘rganadi va Root Bridge ga eng qisqa yo‘lni tanlaydi.
- Switchning Root Port i eng past path cost qiymatiga ega bo‘lgan port sifatida belgilanadi.
- SW2 ning Gi1/0/1 porti eng qisqa yo‘l orqali Root Bridge ga ulansa, bu port Root Port sifatida belgilanadi.
Switch# show spanning-tree vlan 1
7. Qo‘shimcha yo‘llarni bloklash
- Halqani (loop) oldini olish uchun ortiqcha yo‘llardagi portlar blocking state holatiga o‘tkaziladi.
- Har bir segmentda faqat bitta Designated Port faol bo‘ladi, boshqa portlar bloklanadi.
8. Root Bridge holatini tekshirish va tasdiqlash
STP tarmoqda Root Bridge tanlanganidan so‘ng, har bir switchda show spanning-tree root buyrug‘i orqali Root Bridge ni tasdiqlash mumkin.
Switch# show spanning-tree root
9. Qo‘lda Root Bridge sozlash
Ma’lum bir switchni Root Bridge qilish uchun Bridge Priority ni qo‘lda sozlash mumkin.
Switch(config)# spanning-tree vlan 1 priority 4096
Yoki avtomatik tarzda primary root bridge qilib belgilash:
Switch(config)# spanning-tree vlan 1 root primary
Xulosa
- STP protsessi orqali tarmoqda yagona Root Bridge tanlanadi.
- Switchlar BPDU paketlarini almashib, portlar uchun rollarni (Root, Designated, Blocked) aniqlaydi.
- Tarmoqning barqaror ishlashi va halqalardan qochish ta'minlanadi.