.
Hamkorlik davom etmoqda
Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi Akademik litsey o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 2025 yil 26 aprel kuni soat 08:30 da Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi K.J.Rahmonov tomonidan ta’lim muassasasining 2-bosqich ijtimoiy yo‘nalish guruhlari bilan kasb-hunarga bog‘liq tavsiyalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Akademik litseyning derektori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Emin Zaripovich Halimov, oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi, falsafa doktori Jamshid Qurbonov, oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi, Husniddin Boltaev va boshqalar ishtirok etdilar. Shuningdek, 5-4TAR-22 guruhi talabalari o‘quv rejaga ko‘ra “Tarix o‘qitish metodika” fanining sayyor darsini amalga oshirdilar.