Yoshlar parlamenti a’zosi sifatida mas’uliyatim ikki karra ortdi
Men — Qurbonboyev Tolibjon, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faollar jamoasi a’zosi Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatori sifatida Prezidentimizning ushbu tarixiy murojaatidan cheksiz ruh va kuch oldim. Har bir so‘zda nafaqat g‘urur, balki biz yoshlarga qaratilgan ishonch, mehr va mas’uliyat mujassam.Yoshlar parlamenti a’zosi sifatida nafaqat mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish, balki ularni amaliyotda tatbiq etish, yoshlar o‘rtasida ongli, ijtimoiy faol, innovatsion tafakkurga ega avlodni shakllantirish borasida harakat qilish — men uchun oliy maqsaddir.Biz — ishonchli avlodmiz. Buni bizga taqdim etilgan imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar va bildirayotgan ishonchning o‘zi isbotlab turibdi. Endi navbat bizda — har bir yosh, har bir g‘oya, har bir tashabbus orqali Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shish burchimizdir.Davlatimiz rahbari nutqida “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratuvchi oltin avloddir”, degan so‘zlarini aytarkan, bu fikr har birimiz qalbiga faxr, yelkamizga esa mas’uliyat yukladi. Zero, bugungi ishonch — ertangi kun taraqqiyotining garovidir.Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan tashabbuslar, jumladan, “TOP-300” reytingidagi oliygohlarga kirgan yoshlarga 100 foizlik grantlar, 20 ming dollargacha imtiyozli kreditlar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi doirasida qo‘llab-quvvatlash tizimining yangilanishi, “Bir million dasturchi” loyihasida o‘nlab minglab yoshlarning zamonaviy IT yo‘nalishlariga jalb etilishi, shuningdek, sun’iy intellekt sohasida “Bir million yetakchilar” dasturi orqali ulkan maktablar ochilishi — bularning barchasi bizga ochilgan cheksiz imkoniyatlardir.Bundan tashqari, “Harakatda daromad”, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam”, “Muvaffaqiyatli startaplar” kabi dasturlar orqali o‘n minglab yoshlar ish bilan ta’minlanayotgani, kasb-hunar o‘rganayotgani va jamiyatda munosib o‘rin egallayotgani tahsinga loyiq.Bu borada yosh avlodni kasbiy jihatdan tayyorlash, ijtimoiy faolligini oshirish, boshqaruvda salohiyatli kadrlarni tanlab olish tizimining yo‘lga qo‘yilgani — Yangi O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridandir.Bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlar hech qachon bo‘lmagan darajada e’tibor va ishonch markazida. Ilm-fan, texnologiya, san’at, sport, tadbirkorlik, startap, raqamli iqtisodiyot, “yashil” taraqqiyot, sun’iy intellekt kabi ustuvor sohalarda olib borilayotgan islohotlar bevosita biz, yosh avlod vakillarining salohiyati va orzularini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.Davlatimiz rahbari nutqida “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratuvchi oltin avloddir”, degan so‘zlarini aytarkan, bu fikr har birimiz qalbiga faxr, yelkamizga esa mas’uliyat yukladi. Zero, bugungi ishonch — ertangi kun taraqqiyotining garovidir.