December 8, 2025

Konstitutsiya - Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti asosi

Konstitutsiya - Yangi O'zbekiston taraqqiyoti asosi.8-dekabr – mamlakatimiz tarixidagi eng muhim sanalardan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun sifatida xalqimiz hayotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ushbu qutlug‘ sana nafaqat davlatimizning huquqiy poydevorini mustahkamlagan, balki jamiyatimiz taraqqiyotining bosh mezonlarini belgilab bergan tarixiy voqeadir.
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi uchun ham Konstitutsiya kuni alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, Asosiy qonunimizda belgilangan inson huquqlari, yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ta’lim olish, erkin fikrlash va tashabbus ko‘rsatish huquqi bizning kundalik faoliyatimizning bosh yo‘nalishidir.
Bugungi kunda yoshlarimizning ilmli, ma’naviy barkamol, zamonaviy kasblarni egallagan holda Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgani – Konstitutsiyamizda mustahkamlangan tamoyillarning amaldagi natijasidir. Yoshlar ittifoqi sifatida biz ham har bir talabaning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, fikrini erkin bildira olishi, ijtimoiy faolligini oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga intilamiz.
Shu muborak kunda Buxoro davlat universiteti yoshlarini:
Konstitutsiyaga hurmat ruhida yashashga,
Huquqiy madaniyatni oshirishga,
Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat bilan harakat qilishga,
Yangi tashabbus va g‘oyalar bilan jamiyatda faol bo‘lishga
chaqiramiz.
O‘zbekistonning ertangi kuni – bu bizning qo‘limizda. Asosiy qonunimizda belgilangan imkoniyatlarni to‘g‘ri va samarali foydalanish esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.
8-dekabr – Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligi, mustaqilligimiz barqarorligi, yoshlarimiz esa doimo ilm va ma’rifat bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shuvchi bo‘lishsin.

Xomidov Mirxon Uktamovich
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqiBoshlang‘ich tashkilot yetakchisi