August 12

OXU TALABALARI O‘RTASIDA O‘TKAZILADIGAN

OXU TALABALARI O‘RTASIDA O‘TKAZILADIGAN
“MUSTAQILLIK — QALBIMDAGI SADO”
JONLI AUDIO SHE’RLAR ONLAYN TANLOVI
NIZOMI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom OXU talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Mustaqillik — qalbimdagi sado” nomli jonli audio she’rlar onlayn tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1.2. Tanlov OXU talabalari orasida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, istiqlol qadriyatlari, tinchlik va bunyodkorlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
1.3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun OXUning Ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishiga mas’ul xodimlari hamda tanlov tashkilotchilari javobgar hisoblanadi.
II. TANLOVNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Tanlovning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar qalbida Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash.
2.2. Tanlovning vazifalari:
talabalarning ijodiy va notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirish;
she’riyat va badiiy ijroga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
Mustaqillikning mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish;
milliy qadriyatlar va Vatan tuyg‘usini ulug‘lash;
iqtidorli talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish;
talabalar o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobat muhitini yaratish.
III. TANLOV ISHTIROKCHILARI
3.1. Tanlovda OXUning barcha bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalari ishtirok etishlari mumkin.
3.2. Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy va bepul.
3.3. Har bir ishtirokchi tanlovga bitta audio ijodiy ish taqdim etishi mumkin.
3.4. Ishtirokchi audio yozuv bilan birga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
ism-familiyasi;
fakultet/yo‘nalishi;
guruhi;
aloqa uchun Telegram username yoki telefon raqami.
IV. TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI
4.1. Tanlov onlayn formatda o‘tkaziladi.
4.2. Ishtirokchi Mustaqillik, Vatan, ona yurt, tinchlik, milliy qadriyatlar va yurtimiz kelajagiga bag‘ishlangan she’rni o‘z ovozida jonli tarzda ijro etib, audio shaklida taqdim etadi.
4.3. Audio ijro sun’iy intellekt orqali yaratilgan ovoz, ovoz imitatori yoki boshqa shaxsning ovozidan foydalanilgan holda tayyorlanmasligi kerak.
4.4. Audio yozuvda ishtirokchining o‘z ovozi aniq va tushunarli eshitilishi lozim.
4.5. Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini 1-sentabr sanasiga qadar quyidagi manzilga yuborishlari lozim:
📩 https://t.me/OXU_onlayn_tanlovlar
4.6. Tashkilotchilar tomonidan tanlov talablariga javob beradigan audio ijrolar OXUning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi.
V. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI
5.1. Tanlov g‘oliblari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan audio ijrolarga berilgan layk va kommentlar soni asosida aniqlanadi.
5.2. Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun berilgan layk va kommentlar tanlov yakuniga qadar hisobga olinadi.
5.3. Ovoz berish yakunida eng ko‘p layk va komment to‘plagan ishtirokchilar tegishli o‘rinlar sohibi deb topiladi.
5.4. G‘oliblarni aniqlashda soxta akkauntlar, sun’iy ravishda oshirilgan layk yoki kommentlardan foydalanish aniqlangan taqdirda, tashkilotchilar tegishli natijani bekor qilish huquqiga ega.
5.5. Layk va kommentlar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda, yakuniy qaror tanlov tashkilotchilari tomonidan qabul qilinadi.
VI. G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
6.1. Tanlov yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar I, II va III darajali o‘rinlar bilan taqdirlanadi.
6.2. G‘oliblarga: Diplom,sertifikat hamda qimmat baho sovg'alar topshiriladi.
6.3. Faol ishtirokchilar va ijodiy chiqishlari bilan ajralib turgan talabalar tashkilotchilarning tashakkurnomalari bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
6.4. Tanlov g‘oliblari haqida ma’lumot OXUning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinishi mumkin.
VII. ISHTIROKCHILARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
7.1. Taqdim etiladigan she’r tanlov mavzusiga mos bo‘lishi lozim.
7.2. Audio ijroda odob-axloq qoidalariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga zid mazmundagi so‘z va iboralardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.7.3. Ishtirokchi boshqa shaxsning ijodiy ishini o‘z nomidan taqdim etmasligi kerak.