May 19
.
O‘zaro hamkorlik davom etmoqda
2025 yil 17 май kuni soat 08:00 da Buxoro davlat universiteti Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi K.J.Rahmonov tomonidan Buxoro shahar 24-IDUMning 8 “A” sinfida “O‘zbekiston tarixi” fanidan “Alisher Navoiy” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotiga maktabning oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi T.Qayumov, tarix fani o‘qituvchilari I. Raupov, D. Muqimovalar ishtirok etdilar.
Buxoro davlat universiteti va Buxoro shahar 24-IDUM o’rtasidagi ilmiy-nazariy hamda metodik yordam sohalari bo’yicha o’zaro hamkorlik davom etmoqda.