April 25

SIYOSIY MARIFIY SOAT

                                                                                                                                                                                                                                 Siyosiy ma'rifat soatini kafedra mudiri,  f.f.d.prof. D.Rajabov kirish so`zi bilan ochib berdi.  Ma’ruza davomida yurtimizda va xorijdagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari sport yo`nalishidagi yangiliklar bilan kafedra professor-o`qituvchilari tanishtirildi:
Futbol bo‘yicha U-17 O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi finalida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi. “Qirol Fahd” stadionida o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Ushbu bahsni qatarlik Muhammad Ahmad Al-Shammari boshqarib bordi. O‘yinning dastlabki daqiqalarida ikki jamoa vakillari ham faollik ko‘rsatdi. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston prezidenti kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston—Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
     O‘tkazilgan Siyosiy ma’rifat soati qizg`in bahs-munozaralar bilan davom etdi.