Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar – ertangi kuchli jamiyat poydevori
Men- Qahhorova Mohichehra Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Besh tashabbus va loyihalar koordinatori kuni kecha boʻlib oʻtgan selektorda ishtirok etdim. Selektorda Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan tashabbuslar, jumladan, “TOP-300” reytingidagi oliygohlarga kirgan yoshlarga 100 foizlik grantlar, 20 ming dollargacha imtiyozli kreditlar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi doirasida qo‘llab-quvvatlash tizimining yangilanishi, “Bir million dasturchi” loyihasida o‘nlab minglab yoshlarning zamonaviy IT yo‘nalishlariga jalb etilishi, shuningdek, sun’iy intellekt sohasida “Bir million yetakchilar” dasturi orqali ulkan maktablar ochilishi — bularning barchasi bizga ochilgan cheksiz imkoniyatlardir.Bundan tashqari, “Harakatda daromad”, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam”, “Muvaffaqiyatli startaplar” kabi dasturlar orqali o‘n minglab yoshlar ish bilan ta’minlanayotgani, kasb-hunar o‘rganayotgani va jamiyatda munosib o‘rin egallayotgani tahsinga loyiq.Bu borada yosh avlodni kasbiy jihatdan tayyorlash, ijtimoiy faolligini oshirish, boshqaruvda salohiyatli kadrlarni tanlab olish tizimining yo‘lga qo‘yilgani — Yangi O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridandir.