November 29, 2018

Qo'qon Mexanika Zavodi

O’zbekiston aholisi Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalariga egalik qilish evaziga daromad qilishlari mumkin bo’ladi.

Zavodning 2,2 mln aksiyalarini sotish mo‘ljallanmoqda.

💠Kompaniya neftgaz va kimyo sohasi uchun uskunalarni o‘z ichiga olgan 50 turdan ziyod mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

💠Qo‘qon #mexanika zavodining asosiy aksiyadori “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi qoshidagi “O‘zneftgazmash” Aksionerlik Jamiyatidir. Ikkilamchi joylashtirish (SPO) doirasida zavodning 2,2 mln aksiyalarini sotish mo‘ljallanmoqda, bu, o‘z navbatida, “O‘zneftgazmash” ulushini 64,08%gacha tushiradi va boshqa aksiyadorlar ulushini 35,92%ga chiqaradi.

🌐Qo‘qon mexanika zavodi aksiyalarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslar, shuningdek chet ellik investorlar sotib olishlari mumkin. Buyurtmalarni qabul qilish 2018 yilning dekabriga qadar davom etadi.