April 8, 2020

So'z yasalishidan test

  1. Unli va lab-lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘zni toping.
    A) ommabop B) vafoli
    C) basavlat D) pishiq
  2. Zaynab o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g‘uldurab javob berdi.
    Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
    A) 3 ta B) 5 ta C) 1 ta D) 4 ta
  3. Terimchilarga so‘zining yasalish asosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
    A.  ter B.  terim
    C.  terimchi D.  terimchilar
  4. Salim aka bu yerlarga ekin ekib, uni unumdor yerga aylantirish istagida. Ushbu gapda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
    A.  1 ta B.  2 ta C.  3 ta D.  4 ta
  5. Qaysi so‘zlar tarkibida bir tovushdan iborat so‘z yasovchilar mavjud? 1.kurak; 2.sanoqsiz; 3.sabotli; 4.achchiq; 5.badavlat; 6.unumli 7.bo‘yoqsiz 8.qoraymoq.
    A.  1, 3, 4, 5, 7 B.  2, 3, 4, 7, 8 C.  3, 4, 5, 6, 8 D.  1, 2, 4, 7, 8
  6. Men uning bu uyda qiynalib yashaganligini angladim. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
    A.  1 ta B.  2 ta C.  3 ta D.  4 ta
  7. Yasama so‘zni belgilang.
    A.  o‘chirmoq B.  pishirmoq C.  ichirmoq D.gapirmoq
  8. Qaysi qatordagi so‘zlar tarkibida faqat shakl yasovchi qo’shimchalar qo‘llangan?
    A)ochiq, tomoq, yoyish B)qo‘zichoq, bolalar, kelinchak C)toshqin, bog‘da, gullar D) o‘tni, o’roq, ishga
  9. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang.
    A) g‘uborsiz, sharsimon, ishchan B)do‘stlik, gulzor, qalamdon C)sadarayhon, sotib olmoq, tuyaqush D) ishla, ko‘kar, bo‘sha
  10. Qaysi qatorda yasama so‘z bor?
    A) dasturxonimizda B)o‘ynatmoq
    C) tushuntirmoq D) maqtanmoq
  11. Tub so‘z berilgan qatorni ko‘rsating.
    A)tiniq B) og‘riq C) yamoq D) loyiq
  12. To‘y sizsiz o‘tmaydi. Bu to‘yning rahbari sizsiz . Ostiga chizilgan –siz qo‘shimchasini ta’riflang.
    A) 1- so‘zda so‘z yasovchi, 2-so‘zda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha
    B)1-so‘zda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha , 2-so‘zda so‘z yasovchi
    C) har ikkalasida ham so‘z yasovchi
    D) 1- so‘zda so‘z yasovchi, 2-so‘zda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha
  13. So‘z yasalishi haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
    A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar ba’zan shakl yasovchi qo‘shimchalardan keyin qo‘shilishi mumkin B)qo‘shma so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin C) juft va takroriy so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin
    D) barcha hukmlar to‘g‘ri
  14. O‘zak ma’nosiga ta’sir etmaydigan qo‘shimchali so‘zlarni toping.
    A)qalamim, onamiz, hovlida, o‘qiding B)kitob, suv, xonadon, etikdo‘z
    C) ko‘chatlar, kitobxon, havo, qizil D) kuchli, chiroyli, mevali, gulli
  15. Namgarchiliklarda so‘zi nechta ma’noli qismga ajraladi?
    A)2 B)3 C)4 D)5
  1. Uyda qoling!!!